19
Innovatsion faoliyat quyidigilarga bo‘linadi:
13
- izlanish;
- texnologik tayyorlanish va ishlab chiqarishni tashkil qilish, bu yangi
mahsulot ishlab chiqarish uchun tashkilotning texnologik bazasini yangilash
deganidir;
- ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, bu o‘z ichiga yangi texnologiyalarni
qo‘llash uchun ishchilarni bilimini oshirishni, namuna mahsulotni ishlab
chiqarishni qamrab oladi;
- yangi mahsulotni marketingini o‘tkazish, ya‘ni bozorni o‘rganish, yangi
mahsulotni bozorga olib chiqish, mahsulotni turli xil bozorlarga moslashtirish va
reklama;
-yangi texnologiyalar sotib olish – ya‘ni nou – xau, patentlar, litsenziyalar;
- ishlab chiqarishni loyihalashtirish.
Innovatsiyalardagi kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion
faoliyat innovatsion - investitsion faoliyat deyiladi. ―Innovatsion faoliyat‖
tushunchasiga biz bergan ta‘rifda keltirilgan xuddi shunday ta‘rif bilan juda yaqin.
Innovatsion faoliyat butun bir ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va
tijoriy tadbirlar majmuini ko‘zda tutadiki, ular birgalikda innovatsiyalarni keltirib
chiqaradi.
1.2.Innovatsion menejmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari
Innovatsion menejment iqtisodiyot fanining va kasbiy faoliyatning mustaqil
sohasi bo‘lib, har qanday tashkiliy tuzilmaning moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslardan oqilona foydalanish yo‘li bilan innovatsion maqsadga erishishni
shakllantirish va ta‘minlashga qaratilgan.
Nayman Rikover aytishicha : «Yangi mahsulot bozorda birdaniga qabul
qilinmaydi, buning uchun sabr va Menedjment kerak»
14
Innovatsion menejment funksional menejmentning bir turi hisoblanadi. Uning
bevosita obyekti xalq xo‘jaligining barcha sohalarida amalga oshiriladigan turli -
13
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшееобразование. 2010- С.13.
14
Djek Traut, El Rays «Botton – up Marketing», 2012- p. 137.
20
tuman innovatsion jarayonlardir. Oldingi paragrafdan ko‘rinib turibdiki,
innovatsion jarayonlar yetarli darajada o‘ziga xos, keng ko‘lamli, murakkab va
mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan boshqaruv obyektidan iborat bo‘lib, samarali
rivojlanish uchun boshqaruv orqali ta‘sir o‘tkazishning maxsus shakl va
uslublaridan foydalanishni taqozo etadi.
Mamlakat iqtisodiyotini tubdan isloh qilishning hozirgi sharoitida yangiliklar
davlat boshqaruvi organlaridan tortib mayda korxonalargacha bo‘lgan barcha
tuzilmalarning muhim va zarur elementiga, innovatsion menejmentning ilmiy
uslublaridan foydalanish esa mamlakat rivojining, har qanday korxonaning faoliyat
ko‘rsatishi va tijoriy muvaffaqiyatlarining muhim omiliga aylanib qolmoqda.
―Innovatsion menejment‖ tushunchasining mazmunini kamida uch jihatdan
ko‘rib chiqish mumkin: innovatsiyalarni boshqarish ilmi va san‘ati, faoliyat turi va
innovatsiyalarda
boshqaruv
qarorlarini
qabul
qilish
jarayoni
hamda
innovatsiyalarni boshqarish apparati(2-rasm).
1.4-rasm.
Dostları ilə paylaş: