21
faoliyatining alohida yo‘nalishlaridan tarkib topgan bo‘lib, ular ko‘p hollarda
menejmentning funksiyalari (vazifalari) deb yuritiladi.
Ularning har biri muayyan
ketma-ketlikda bajariladigan ayrim bosqichlarga bo‘linadi.
Menejmentning har qanday boshqa sohalari uchun ham quyidagilar xos:
maqsadni qo‘yish va strategiyani tanlash, davrning to‘rtta bosqichi:
-rejalashtirish;
-shartlarni belgilash va tashkil qilish;
-ijro etish;
-rahbarlik.
Innovatsion
menejmentning
bosqichlar
quyida
chizma
shaklida
berilgan.Davrning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi.
Birinchi bosqich - rejalashtirish bosqichida - strategiyani amalga oshirish
rejasi tuziladi. Ikkinchisida - shartlar va tashkil qilish belgilanadi, ya‘ni
innovatsion davrning har xil pallalarini amalga
oshirish uchun resurslarni
belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qo‘yish, ishni tashkil qilish kiradi. Ijro etish
bosqichida tekshirishlar va ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi.
Rahbarlik bosqichi nazorat va tahliliy harakatlarga tuzatish kiritish va tajriba
to‘plashni ko‘zda tutadi.(1.5-rasm)
1.5-rasm.
Innovatsion menejmentning bosqichlari
16
16
Mualliflar tomonidan tuzildi.
Maqsadni qo‘yish
va strategjyani tanlash
22
Boshqaruv vazifalarining tarkibi innovatsion tizimning darajasiga (butun xalq
xo‘jaligi, sanoat tarmog‘i, IK, alohida innovatsion loyiha yoki xususiy ishlanma)
va uning faoliyat ko‘rsatish sharoitiga ko‘ra reglamentlanishi (chegaralanishi)
mumkin. Har bir boshqaruv vazifasining bajarilishi yoki menejment alohida
funksiyasining amalga oshirilishi qat‘iy ravishda muayyan boshqaruv qarorlarining
qabul qilinishi bilan bog‘liqdir.
Innovatsion menejmentning pirovard maqsadi innovatsion korxonalarning
(IK) innovatsion jarayonlarini samarali tashkil etish va innovatsion mahsulotning
yuksak raqobatbardoshligi asosida uzoq vaqt mobaynida faoliyat ko‘rsatishini
ta‘minlashdan iborat. Hozirgi sharoitda firmada innovatsion jarayonlarni samarali
tashkil etishning mezonlari innovatsion faoliyatga
sarflangan xarajat va
innovatsion mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlarni taqqoslagan holda
o‘lchash imkonini beruvchi iqtisodiy parametrlardir. Bunda IK ning foydaliligi,
daromadliligi maqsad sifatida chiqmaydi, balki innovatsion
faoliyatni amalga
oshirishning muhim sharti va natijasi hisoblanadi. Menejment IK ning barcha ichki
va tashqi elementlarining samarali va muvofiqlashtirilgan holda faoliyat
ko‘rsatishini ta‘minlashga qaratilgan. Innovatsion tizimning bunday holati
uyg‘unlik deb ataladi. Innovatsion korxonalarning rivojlanishida uyg‘unlashtirish
innovatsion
menejmentning
asosiy
maqsadli
vazifasini
tashkil
qiladi.
Uyg‘unlashtirish vazifasi IK ga nisbatan qaralganda,
endogen va ekzogen
jihatlarga egadir.
17
Endogen uyg‘unlashtirish IK ning barcha ichki tarkibiy
elementlarini, uning subtizimlarini kelishtirishni anglatadi. Uni ta‘minlash uchun
innovatsiyalarni firma ichida boshqarishning maxsus tizimini yaratish zarur. Bu
tizim quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-strategik innovatsion konsepsiyani ishlab chiqish;
-faoliyatning mavzuga tegishli yo‘nalishlarini aniqlash hamda innovatsion
loyiha va dasturlarni shakllantirish;
-tashkiliy tuzilmani va innovatsiyalarni boshqarish tuzilmasini tuzish;
17
Endogen ta‘sir – ichki muhit ta‘siri. Ekzogen ta‘sir – tashqi muhit ta‘siri, Ekonomik-matematik lug`at,2013- b .45.
23
-ishlab chiqarish jarayonlarini va innovatsion mahsulotning sotilishini
rejalashtirish;
-qadriyatlarni tanlash va joylashtirish.
-IKning salohiyatidan samarali foydalanish;
-ishlarni taqvim bo‘yicha taqsimlash va ularning ijrosini nazorat qilish;
-ijodiy muhitni yaratish va intellektual mehnatni yuqori darajada
motivatsiyalash.
Ekzogen uyg‘unlashtirish IK ni tashqi muhitning supertizimlariga
moslashtirishni ko‘zda tutadi va innovatsion faoliyatni maqsadga yo‘naltirish
hamda ushbu muhitdagi cheklovlarni inobatga olish bo‘yicha maxsus amallarni
bajarish orqali ro‘yobga chiqariladi.
Innovatsion menejmentda ekzogen uyg‘unlashtirish
quyidagi vazifalarning
hal qilinishini taqozo etadi:
-innovatsion faoliyatning uzoq va qisqa muddatli maqsadlarini shakllantirish;
-marketing tadqiqotlarini tashkillashtirish va o‘tkazish;
-ekologik vaziyatni hisobga olish va tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni
rejalashtirish;
-raqobatchilarning ilg‘or tajribasi va yutuqlarini baholash hamda ulardan
foydalanish (innovatsiyalarni benchmarkinglash);
18
-innovatsion dasturlarda kooperatsiyani tashkil etish;
-iste‘molchilar talabini va FTT ning obyektiv tendensiyalarini inobatga olish.
O‘zining mazmuniga ko‘ra va vaqt jihatidan IK ni uyg‘unlashtirish strategik
hamda operativ (tezkor) shakllarga egadir. Uyg‘unlashtirishning strategik shakli IK
ning uzoq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashadi
va strategik
innovatsion maqsad hamda loyihalarni shakllantirishga qaratilgan strategik
menejment orqali ta‘minlanadi. Operativ uyg‘unlashtirish esa tanlab olingan
rivojlanish strategiyasini amalga oshirish vositasi sifatida chiqadi va IK dagi
operativ menejment tizimlari orqali ta‘minlanadi.
18
Млоток Е. Принципы маркетингового исследования конкуренции на рынке // Интернет. -
http://www.marketing.spb.ru/read/m3/index.htm.