352
15-BOB. INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION
FAOLIYATNI DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
15.1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish asoslari
15.2. Innovatsiyalarning moliyaviy tartibga solinishiniamalga oshirish
15.3.O‘zbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan
tartibga solinishining
xususiyatlari.
15.1.Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
asoslari
Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurati birinchi
galda ularning iqtisodiyot uchun va umuman jamiyat uchun ahamiyati tobora oshib
borayotganligi bilan bog‘liq. Iqtisodiy o‘sish negizida ekstensiv va intensiv
omillarning uyg‘unligi yotadi.
Ekstensiv omillardeganda ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshlang‘ich
resurslar- ishchi kuchi,
moddiy tarkibiy qismlar, yer va h.k. massasining o‘sishi
tushuniladi.
Intensiv omillar deganda esa qo‘llanilayotgan resurslar sifatining
yaxshilanishi va ulardan foydalanish darajasining oshirilishi tushuniladi.
Hozirgi davrda mehnatga layoqatli aholining bandligini oshirish va iqtisodiy
faoliyatga yangi tabiiy resurslarni jalb qilish hisobidan mahsulot va xizmatlarni
ishlab chiqarish imkoniyatlari tobora cheklanib bormoqda. Intensiv omillar
iqtisodiy dinamika uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.O‘z
navbatida
xodimlar malakasining yuksalishi va mehnat unumdorligining, materiallar va
uskunalar qaytimining o‘sib borayotganligi fan va texnika yutuqlari bilan, ilg‘or
tajriba va xo‘jalikda ulardan foydalanish darajasi bilan, ya‘ni
yangiliklarning
ommalashuvi bilan belgilanmoqda. Fan-texnika taraqqiyotining eng rivojlangan
mamlakatlardagi yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga qo‘shgan hissasi har xil
baholashlar bo‘yicha 75-90 % ni tashkil qilmoqda.
353
Hozirgi vaqtda innovatsiyalarga bo‘lgan talab davlat xavfsizligining g‘oyatda
muhim determinantalaridan biriga aylangan. Bu holat ham tashqi, ham ichki
tarkibiy qismlarga ega. Xalqaro nuqtai nazardan
qaralganda bu yerda
mamlakatning ilmiy-texnologik xavfsizligining ta‘minlanishi haqida, ya‘ni ilg‘or
texnologiyalarga kirib borishining cheklanganligi, qaror topgan asosiy texnologik
zanjirlarning uzilishi bilan bog‘liq holda tashqaridan bo‘ladigan har qanday
diktatga qarshi tura olish imkonini beradigan, yetarli
darajada qudratli ilmiy-
innovatsion salohiyatning mavjudligi haqida so‘z boryapti.
Davlat bevosita innovatsion faoliyatni tartibini boshqaradi, u yangiliklarni
tashabbuskori hisoblanadi va ularni byudjetdan moliyalshtiradi, hamda bilvosita,
innovatsiya uchun qulay shart-sharoitlar yaratib
innovatsion infratizimlarni
yaratadi.Shunday qilib, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
yo‘nalishlari 15.1 - rasmda ko‘rsatilgan.
15.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: