379
2.Foyda va uni o‘tgan yilga yoki rejaga nisbatan o‘sishi. Foyda, foydaning
umumiy summasidan farqli ravishda, mahsulot
tannarxiga kiritiladigan
soliqlarni o‘z ichiga olmaydi;
3.Sof foyda (faoliyatning oddiy turlaridan foyda) va uni o‘tgan yilga yoki
rejaga nisbatan o‘sishi;
4.Taqsimlanmagan foyda (favqulodda daromadlar va xarajatlar saldosiga
tuzatish kiritilgan sof foyda) va uni o‘tgan yilga yoki rejaga nisbatan o‘sishi;
5.Jamg‘arma fondi, sotsial soha fondi, iste‘mol fondi, dividendlarni to‘lash,
rezerv sarmoyalariga yo‘naltirilgan foyda, hamda bu foydani o‘tgan yilga yoki
rejaga nisbatan o‘sishi;
6.Foydaning jamg‘arma fondi, sotsial soha
fondi va rezerv sarmoyalari,
foydaning umumiy summasiga yo‘naltirilgan ulushi va bu ulushni o‘tgan yilga
yoki rejaga nisbatan o‘zgarishi;
7.Amalga oshirilgan qo‘shimcha qiymat, shu jumladan amortizatsiyaning
umumiy summasi, va uni o‘tgan yilga yoki rejaga nisbatan o‘sishi;
8.Amortizatsiya, ish haqi, jamg‘arma fondi, sotsial soha fondi, iste‘mol fondi
va dividendlarni jamlashga xarajatlarni o‘z ichiga oluvchi sof qo‘shimcha qiymat
va uni o‘tgan yilga yoki rejaga nsibatan o‘sishi;
9.Amorizatsiyani o‘z ichiga oluvchi sof qo‘shimcha
qiymatning
amortizaitsyani o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha qiymatning umumiy summasidagi
ulushi;
10. Daromad va uni o‘tgan yilga yoki rejaga nisbatan o‘sishi;
11.Sof daromad va uni o‘tgan yilga yoki rejaga nisbatan o‘sishi;
12.Sof daromadning daromadning umumiy summasidagi ulushi;
13.Mahsulotning daromadning umumiy summasi bo‘yicha hisoblab
chiqarilgan rentabelligi va uni o‘tgan yilga yoki rejaga nisbatan o‘sishi;
14.Mahsulotning sof daromad bo‘yicha hisoblab chiqilgan rentabelligi va
uni o‘tgan yilga yoki rejaga nisbatan o‘sishi;
15.Mahsulotning mahsulotni sotishdan foyda bo‘yicha
hisoblab chiqilgan
rentabelligi, va uni o‘tgan yilga yoki rejaga nisbatan o‘sishi;
380
16.Mahsulotning taqsimlanmagan foyda bo‘yicha hisoblab chiqilgan
rentabelligi va uni o‘tgan yilga yoki rejaga nisbatan o‘sishi.
Foydaning umumiy summasi sotishlardan foyda, mahsulot tannarxiga
kiritilgan soliqlar miqdoridan katta amortizatsiyani o‘z
ichiga oluvchi amalga
oshirilgan qo‘shimcha qiymatning umumiy summasi quyidagilarni jamlash yo‘li
bilan hisoblab chiqiladi:
-ish haqining sotsial zaruratiga ajratmalar bilan birga xarajatlari;
-asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalari;
-foydaning umumiy summasini;
Amortizatsiyani o‘z ichiga oluvchi sof qo‘shimcha qiymat quyidagilarni
tanlash yo‘li bilan hisoblab chiqiladi:
-ish haqining sotsial zaruriyatlarga ajratmalar bilan birga xarajatlari;
-asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizatsiyalari;
-jamg‘arma, iste‘mol,
sotsial soha fondlari,
rezerv sarmoyalari va
dividendlarini to‘lashga yo‘naltirilgan sof foydani.
Daromadning umumiy summasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-foydaning umumiy summasi;
-asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining
summasini.
Sof daromadni umumiy summasiga quyidagilar kiradi:
-jamg‘arma, iste‘mol, sotsial soha fondalari, rezerv sarmoyalari va
dividendlarni to‘lashga yo‘naltirilgan sof foyda;
-asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining
summasini.
Mahsulotning daromad, sof daromad, mahsulotni sotishdan foydalar,
taqsimlanmagan foyda bo‘yicha hisoblab chiqilgan rentabelliligi aytib o‘tilgan
ko‘rsatkichlarning sonli miqdorlarining sotilgan
mahsulot qiymatiga nisbati
sifatida belgilanadi.