Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Investitsion va innovatsion loyihalar samaradorligining qiyosiy –



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə173/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

16.4.Investitsion va innovatsion loyihalar samaradorligining qiyosiy – 
tahliliy ko‟rsatkichlari 

Korxonalar investitsion faoliyati samaradorligini tahlil qilish va uning


yangiliklarni hamda investitsion loyihalarni ro‘yobga chiqarish hisobidan
o‘zgarishini aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga
muvofiq va ular uchta guruhga bo‘linadi (16.2-rasm).
Birinchi guruhga yangilik kiritishlar va investitsion loyihalarni amalga
oshirilishining korxona ishlab chiqarish faoliyati ko‘rsatkichlariga ta‘sirini tahlil
qilish uchun mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar kiritilgan ular yangilik kiritishlar va
investitsion loyihalar (ilmiy – texnik tadbirlar) ning ishlab chiqarish samaradorligi
ko‘rsatkichlari deb ataladilar.
Ikkinchi guruhga yangilik kiritishlar va investitsion loyihalarning korxona
moliyaviy faoliyati samaradorligiga ta‘sirini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan,
yangilik kiritishlar va investitson loyihalarning moliyaviy samaradorligi
ko‘rsatkichlari deb ataluvchi ko‘rsatkichlar kiritilgan.



385

16.2-rasm.
Innovatsiyalar va investitsion loyihalar samaradorligining 
qiyosiy-tahliliy ko‟rsatkichlari guruhlari
216

Uchinchi guruhga yangilik kiritishlar va investitson loyihalarning korxona


investitsion faoliyati samaradorligiga ta‘sirini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan
ko‘rsatkichlar kiritilgan. Ular yangilik kiritishlar va investitsion loyihalar ilmiy-
texnik tadbirlarning investitsion samaradorligi ko‘rsatkichlari deb ataladi.
16.3-rasm.
Korxonaning ish samaradorligini tahlili natijalari
217

216
Mualliflar tomonidan tuzildi.


217
Аванесова Г.А. Сервисная деятельность: Историческая и современная практика, предпринимательство:
учебное пособие для студентов вузов. -М Аспект Пресс, 2010-С.318.



386
Nisbiy iqtisodiy tejashni hisoblash investitsiya


va 
innovatsiya samaradorligini
qiyosiy-tahliliy ko‘rsatkichlarini

aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Asosiy ekspertiza


batafsil investitsion tahlilni taxmin qiladi. Investitsiya loyihasi mujassam
bo‘lishidan oldin investitsiyani tahlil qilish va loyihani baholash zarur bo‘ladi,
olingan natijalardan amalga oshirish bo‘yicha qaror tuziladi yoki undan voz
kechiladi. Eng qiyini batafsil tahlil qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
loyihasini baholashdir. Shuning uchun 79-rasmda ko‘rsatilgan investitsiya tahlili
vazifasi va asosiy vazifalarini aniqlash muhimdir.
Investitsion tahlil jarayonida ishlatiladigan ma‘lumotlarni to‘g‘riligi
tekshiriladi, investitsiyalar samaradorligini

ko‘rsatkichlari hisobi va tahlili


(xarajatni qoplash muddati, daromadlilik indeksi va boshqalar), to‘lov qobiliyati va
likvidligi, hamda har xil stsenariylar bo‘yicha proektning sezgirligini tahlil
qilinadi.Har bir ko‘rib chiqilayotgan proektlardan, optimistik va pessimistik
taraqqiyotini hisobga olgan holda, bir necha ma‘lumotlar majmui har xil variantlar
bilan hisobga olinadi.
Yangilik kiritishlar va investitsion loyihalar ishlab chiqarish, moliyaviy va
investitsion samaradorligining butun majmuasi bundan keyin (qisqartirish
maqsadida) ilmiy - texnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatkichlari deb
ataladi.
Ilmiy-texnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash o‘rta
bosqichda o‘tkaziladi:
-birinchidan - ilmiy-texnik tadbirlarning hisobot yilidagi iqtisodiy
samaradorligi belgilanadi. Hisoblash natijalaridan ilmiy-texnik tadbirlarni aniq
sharoitlarga nisbatan amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror
qabul qilish, ya‘ni bu tadbirlarning loyihaviy (hisoblash) samaradorligini
sarmoyadorlar talablariga mos kelishi darajasini o‘rganish uchun foydalaniladi.
Shuning bilan bir vaqtda hisoblash natijalari biznes rejalarini ishlab chiqish va
korxona ishi iqtisodiy samaradorligini oshirishning xo‘jalik ichki rezervlarini
aniqlashda qo‘llaniladilar;



387
-ikkinchidan- hisobot yiliga hisoblashdagi ilmiy-texnik tadbirlarning rejaviy


va haqiqiy samaradorligi hisobot ma‘lumotlaridan korxona ishi iqtisodiy
samaradorligini oshirishning joriy rezervlari (o‘tuvchi tejalishi) mo‘ljallangan
miqdorini belgilash, hamda ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligining loyihaviy
(hisoblash) ko‘rsatkichlarini o‘zlashtirilganlik darajasini tahlil qilish uchun
foydalaniladi. Joriy rezervning miqdori bunday tadbir yil boshidan tatbiq etilgan
degan shartdan qilib chiqish bilan hisoblangan ilmiy-texnik tadbirlarning shartli
samaradorligi va tadbir tatbiq etilgan paytdan boshlab hisobot yilining oxirigacha
hisoblangan haqiqiy (rejaviy va amaldagi) samaradorlik o‘rtasidagi farq sifatida
belgilanadi;
-uchinchidan - ilmiy - texnik tadbirlarning ularni tatbiq etilgan paytidan
hisobot yilining oxirigacha rejaviy va haqiqiy samaradorligi.
Hisoblash natijalaridan ilmiy - texnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi
bo‘yicha biznes-rejalarni ishlab chiqish, ularni bajarilishini tahlil qilish, asosiysi
esa- investitsion loyihalar va yangilik kiritishlarning korxona ishlab chiqarish,
moliyaviy va investitsion faoliyati samaradorligini ta‘riflovchi asosiy texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta‘sirini belgilash uchun foydalaniladi.
Ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligi ko‘rsatkilarini ishlab chiqish uchun
ularni amalga oshirilishiga sababchi bo‘lgan yakuniy rejadan kelib chiqish zarur.
Shuning bilan birga ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimi
korxona ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion faoliyati samaradorligi
ko‘rsatkichlari tizimi bilan to‘liq moslashtirilgan bo‘lishi kerak.
Shundan kelib chiqqan holda, ayrim ilmiy - texnik tadbirlar samaradorligini
belgilash uchun, fikrimizga ko‘ra, umumlashtiruvchi va xususiy
ko‘rsatkichlarning quyidagi tizimidan foydalanish zarur.
Aniq ilmiy - texnik tadbirlar samaradorligining umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlari tizimi:
1.Ilmiy-texnik tadbirlarday foydalanishdan mahsulotlar (ishlar)ning aniq
turlarini ishlab chiqarish samaradorligini o‘sish sur‘ati yoki ilmiy-texnik
tadbirlarni amalga oshirish hisobiga mahsulotlarning aniq turlari tannarxini



388
pasayishi foizi.


218
Ushbu ko‘rsatkichlar innovatsion loyiha yoki yangilik kiritish
quyidagilarni yo‘naltirilgan holda qo‘llaniladi:
-mahsulotning
o‘zlashtirilgan
turini
ularning
texnik
ta‘riflarini
o‘zlashtirmasdan ishlab chiqarishni kengaytirish;
-texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish vositalarini tatbiq etish;
-mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarish va boshqarish usullarini
takomillashtirish;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini standartlar, texnik shartlar va
shartnoma narxlarni o‘zgartirmasdan oshirish.
Agar analoglari yo‘q, butunlay yangi mahsulot o‘zlashtirilayotgan bo‘lsa,
unda uning samaradorligini umumlashtirilgan holda baholash uchun uni korxona
tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulot bo‘yicha hisoblab chiqilgan
tegishli ko‘rsatkich bilan solishtirish uchun (so‘mlik mahsulotga xarajatlar
ko‘rsatkichidan foydalanish kerak);
2.Ilmiy-texnik tadbirlarni tatbiq etish natijasida mahsulot tannarxini nisbatan
tejalishi;
3.Foydani ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida, shu jumladan
intensiv va ekstensiv omillar hisobiga o‘sishi;
4.Qo‘shimcha qiymatni ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida,
shu jumladan intensiv va ekstensiv omillar hisobiga o‘sishi;
5.Amortizatsiyani o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha qiymatni ilmiy-texnik
tadbirlarni amalga oshirish natijasida, shu jumladan intensiv va ekstensiv omillar
hisobiga o‘sishi;
6.Daromadni ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida, shu jumladan
intensiv va ekstensiv omillar hisobiga o‘sishi;
7.Qo‘shimcha qiymat, foyda va daromadni ularni ilmiy-texnik tadbirlarni
amalga oshirilishi bilan asoslangan o‘sishining umumiy hajmidagi intensiv
omillar qo‘shimcha harakati hisobiga o‘sishining ulushi.
218
Управление инновациями. Пер с англ. –М.: Альпина Бизнес Букс
, 2008
-С.84.



389
Ish haqiga xarajatlardan foydalanish samaradorligini ilmiy-texni tadbirlarni


amalga oshirilishidan kelib chiqqan o‘zgarishning xususiy ko‘rsatkichlari:
-aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish uchastkalaridagi mehnat
unumdorligini o‘sish sur‘atlari va o‘rtacha ish haqini o‘sish sur‘atlari o‘rtasidagi
nisbat;
-aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish uchastkasidagi qo‘shimcha
qiymatni o‘sishining har bir foiziga ish haqini qo‘shish foizi;
-o‘z ichiga sotsial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni
aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida nisbatan tejalishi;
-o‘z ichiga sotsial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni
o‘zgartirishga qaratilgan aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan
bog‘liq intensiv va ekstensiv harakatlar hisobiga foydani o‘sishi;
-o‘z ichiga ijtimoiy ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o‘zgartirishga
qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirishi bilan bog‘liq intensiv va
ekstensiv harakatlar hisobiga qo‘shimcha qiymatni o‘sishi;
-o‘z ichiga ijtimoiy zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni
o‘zgartirishga qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirishi bilin bog‘liq
intensiv va ekstensiv omillarning harakati hisobida daromadni o‘sishi:
-qo‘shimcha qiymat, foyda va daromadning o‘z ichiga sotsial zaruriyatlarga
ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o‘zgartirishga qaratilgan ilmiy - texnik
tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan ularni o‘sishining umumiy
hammadagi intensiv va ekstensiv harakatlar hisobiga o‘sishlarini ulushi;
-xodimlar sonidan nisbatan tejalish.
Moddiy resurslardan foydalanishning samaradorligini ilmiy - texnik
tadbirlarni amalga oshirish natijasida o‘zgarishini xususiy ko‘rsatkichlari:
-mahsulotning aniq turlarini ilmiy - texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan
asoslangan material iste‘mol qilishini pasayishi (material qaytarilishini oshishi );
-ilmiy - texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida moddiy xarajatlarning
nisbatan tejalishi;



390
-moddiy xarajatlarni o‘zgartirishga qaratilgan ilmiy - texnik tadbirlarni


amalga oshirilishi bilan bog‘liq intensiv va ekstensiv omillar harakatlari hisobiga
foyda, qo‘shishga qiymat va daromadni o‘sishlari;
-qo‘shimcha qiymat, foyda va daromadni moddiy xarajatlarni o‘zgartirishga
qaratilgan ilmiy - texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan ularni
o‘sishlarining umumiy hajmlaridagi intensiv omillar hisobiga o‘sishlarining
ulushlari;
-ilmiy - texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarish
zaxirilarini nisbatan tejalishi.
Amortizatsiyaga xarajatlardan foydalanish samaradorligini ilmiy – texnik
tadbirlarni amalga oshirish natijasida o‘zgarishining xususiy ko‘rsatkichlari:
-ilmiy - texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida mahsulotlarning aniq
turlari amortizatsiyasiga xarajatlar samaradorligini oshishi (amortizatsion sig‘imni
pasayishi );
-ilmiy - texnik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida amortizatsiyaga
nisbatan xarajatlarni tejalishi;
-ilmiy - texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan bog‘liq asosiy ishlab
chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlardan foydalanish samaradorligini
o‘zgarishidan kelib chiquvchi intensiv va ekstensiv omillar harakati hisobiga
qo‘shimcha qiymat, foyda va daromadni o‘sishlari ulushlari;
-qo‘shimcha qiymat, foyda va daromadni ularni ilmiy - texnik tadbirlarni
amalga oshirilishi bilan asoslangan, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy
aktivlardan foydalanish samaradorligidagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi
o‘sishlarining umumiy hajmlaridagi intensiv omillar harakati hisobiga
o‘sishlarining ulushlari;
-ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida asosiy ishlab chiqarish
fondlari va nomoddiy aktivlarni nisbatan tejalishi.
Ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga boshqa xarajatlardan
foydalanish samaradorligini o‘zgarishining xususiy ko‘rsatkichlari:



391
-aniq ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bir so‘mlik


mahslotning aniq turlariga boshqa xarajatlarni pasayishi foizi;
-ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida boshqa xarajatlarni
nisbatan tejalishi;
-foyda, qo‘shimcha qiymat va daromadni boshqa xarajatlardan foydalanish
samaradorligida o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi ilmiy-texnik tadbirlarni
amalga oshirilish bilan bog‘liq intensiv va ekstensiv omillar harakati hisobiga
o‘sishi;
-qo‘shimcha qiymat, foyda va daromadni ularni boshqa xarajatlardan
foydalanish samaradorligida o‘zgarishlar ketirib chiqaruvchi ilmiy-texnik
tadbirlar bilan asoslangan o‘sishlarning umumiy hajmlaridagi intensiv omillar
hisobiga o‘sishlarining ulushlari.
Ko‘rsatkichlarning taklif qilingan tizimi aniq ilmiy-texnik tadbirlarning
ishlab chiqarish samaradorligini to‘liq ta‘riflaydi. U ilmiy-texnik tadbirlar ishlab
chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlarini korxona ishlab chiqarish samaradorligi
iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish va ilmiy-texnik tadbirlarni
amalga oshirishga ajratilgan kapital kiritmalaridan foydalanishning samaradorligi
ustidan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi.
Oldin ta‘kidlab o‘tilganidek, ko‘rsatkichlarning ushbu tizimi aniq ilmiy -
texnik tadbirlar ishlab chiqarish samaradorligini ta‘riflaydi. Xuddi shu vaqtda
biznes - rejalarni ishlab chiqish va ularni bajarilishining tahlilini o‘tkazish
jarayonida barcha ilmiy-texnik tadbirlar umuman korxona ishlab chiqarish
faoliyati iqtisodiy samaradorligiga qanday ta‘sir ko‘rsatishini aniqlash
muhimdir. Chamasi, yig‘ma ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyoti aniq ilmiy-
texnik tadbirlar samaradorligini hisoblash uslubiyotidan farqlanishi kerak.
Masalan, aniq ilmiy - texnik tadbirlarni mehnat resurslaridan foydalanish
samaradorligiga ta‘sirini belgilashda ushbu tadbirlarni tatbiq etish uchastkalarida
mehnat unumdorligi qancha foizlarga oshganligini belgilash muhimdir. Barcha
tadbirlarni mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta‘sirini baholashda



392
umuman korxona bo‘yicha ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan mehnat unumdorligi


qancha foizlarga o‘sganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Innovatsion faoliyatni natijasi sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar e‘tiborga
olinadi:
-
Qisqa muddat ichida korxonaning o‘sishi, aksiyalar narxi ko‘tarilishi,
daromad ko‘payishi;
-
Effektivlikni oshishi, ya‘ni xizmat ko‘rsatishni rivojlanishi, mahsulot sifati
oshishi;
-
Hodimlar ish jarayoni o‘zgarishi: ishlash muhiti yaxshilanishi;
-
Texnologiyalar yangilanishi;
-
To‘xtovsiz innovatsiyalar yaratilishi.
219
Shunday qilib, barcha tadbirlarni umuman korxona ishlab chiqarish faoliyati
samaradorligiga ta‘sirini umumlashtirilgan holda baholash uchun dastavval
ularning summar samaradorligini hisoblab chiqish, keyin esa korxona ishlab
chiqarish faoliyati samaradorligini o‘zgarishiga ta‘sirini belgilash zarur.
Ilmiy - texnik tadbirlar ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlarini
belgilash uslubiyotini bayon qilishdan avval bunday hisoblashlarni o‘tkazishning
ayrim bosqichlaridagi xususiyatlarini ta‘kidlaymiz.
Hisobot yilidagi ilmiy - texnik tadbirlarning samaradorligi belgilanadigan
birinchi
bosqichda
yangilik
kiritishlar
va
ilmiy
loyihalarning
texnik
parametrlaridan ularning tegishli pasport ma‘lumotlari darajasida, yangi to‘liq
quvvatda foydalanishi shartlaridan kelib chiqish kerak. Bunda yangilik kiritishlar
va investitsion loyihalarni o‘zlashtirishni rejalashtirish (me‘yoriy) muddati
tugagandan keyingi birinchi yil hisoblash yili uchun qabul qilinadi. Demak,
hisoblash yilidagi ilmiy-texnik tadbirlarning yakuniy natijalari qo‘shimcha qiymat,
daromad, mahsulotni qiymatiy va tabiiy aks Ettirilishida ishlab chiqarishini o‘sishi
va boshqa ko‘rsatkichlar tadbirlarni tatbiq etish paytidan yilning oxirigacha
hisoblangan yoki yilga hisoblashdagi tegishli natijalarga nisbatan eng katta
219
Dr. Borut Likar, «Innovation Management», Korona plus d.o.oInstitute for Innovation and Technology, 2013-
p.16.



393
bo‘ladilar. Shuning bilan bir vaqtda, qoidaga ko‘ra, hisoblash yilida mahsulot


birligiga mehnat moddiy va moliyaviy xarajatlarni tadbir o‘tkazilishining birinchi
yildagi qisqarishlarga ko‘ra ko‘proq qisqarishi ko‘zda tutiladi.
Hisoblash
yilidagi
ilmiy-texnik
tadbirlar
iqtisodiy
samaradorligini
belgilashning xususiyatlari ulardan ishlab chiqarish samaradorligining istiqbolli
rezervlarini aniqlash va investitsion samaradorlikning baholovchi ko‘rsatkichlarini
belgilash ilmiy-texnik tadbirlarni o‘tkazishga yetarli ekanligi maqsadga
muvofiqligi ustidan nazorat qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Ilmiy-texnik
tadbirlarning yiliga hisoblangan samaradorligi belgilanadigan ikkinchi bosqichda
mehnat va moddiy xarajatlarning yangidan kiritiladigan normativlari tadbirini
tatbiq etish paytida emas, balki yil boshida ko‘rib chiqilganligi, ya‘ni butun yil
davomida amalda bo‘lganligi shartidan kelib chiqish zarur.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin