117
Jadvalda tizimlashtirilgan ma‘lumotlar innovatsion menejmentning o‘ziga xos
xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
-innovatsion menejmentning obyekti murakkab,
iyerarxik jihatdan aralash
ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardir;
-innovatsion menejmentning obyekti maqsadga
erishish haqida turlicha
tasavvurlarga ega bo‘lgan xilma-xil innovatsion tizimlardan iborat;
-innovatsion jarayonlar ehtimollik xususiyatiga ega bo‘lib, o‘zining
mohiyatiga ko‘ra kam determinantlangan bo‘ladi;
-innovatsion jarayonlar ijodiy xususiyatga ega va kreativ menejment
uslublarining qo‘llanishini taqozo etadi;
-innovatsion tizimlarning
markaziy subyekti innovator, ya‘ni innovatsion
soha xodimi hisoblanadi;
-innovatsion faoliyatning subyekti sifatida
novator va innovatsion
menejerning shaxsiyatiga ta‘sir o‘tkazishning eng yangi ijtimoiy-ruhiy,
evristik,
didaktik uslublarning qo‘llanilishini talab qiluvchi murakkab ijtimoiy tizim sifatida
qarash lozim;
-innovatsion faoliyatning natijaviyligini oshirish uchun egiluvchan,
moslashuvchan, axloqiy-etik va individual yondashuvlardan foydalanish kerak.
Dostları ilə paylaş: