Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Ixtisoslashuv turiga ko‟ra innovatsion korxonalar bo‟linishi va



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə60/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Ixtisoslashuv turiga ko‟ra innovatsion korxonalar bo‟linishi va 
qaratilishi
72

Innovatsiyalarning ustun bo‘lgan tipiga bog‘liq ravishda IK larni sinflarga


bo‘lish mumkin:
1
.
Yetakchi innovatorlar (liderlar) va izdosh innovatorlar. YYetakchi
innovatorlar –bular innovatsiyalarning tashabbuskorlari bo‘lmish IK lardir, keyin
bu innovatsiyalarni boshqa Iklar - izdosh innovatorlar ilib oladilar.
2.Yangi ilmiy kashfiyotlarga yoki pionerlik ixtirolariga yo‘naltirilgan IKlar
hamda ilgari qilingan kashfiyot va ixtirolarni qo‘llashning yangi usullari sifatida
innovatsiyalarni yaratuvchi IKlar.
3.Yangi ehtiyojlarni yaratuvchi IKlar hamda mavjud ehtiyojlarni rivojlantirish
va to‘laroq qondirishga ko‘maklashuvchi IKlar.
4.Bazaviy innovatsiyalarni yaratuvchi IKlar va faoliyat turlarini ko‘rinishini
o‘zgartirishga xos bo‘lgan innovatsiyalarni yaratishga qaratilgan IKlar. Bazaviy
innovatsiyalar yangi kashfiyotlar asosida ham, ―eski‖ kashfiyotlarga nisbatan yangi
usullarni qo‘llash vositasida ham amalga oshirishi mumkin.
5.Innovatsiyalarni keyinchalik bir tarmoqda qo‘llash maqsadida yaratuvchi
IKlar va innovatsiyalarni butun xalq xo‘jaligi uchun amalga oshiradigan IKlar.
72
Mualliflar tomonidan tuzildi.
Iхtisoslаshuv 
turigа ko‟rа 
innovаtsion 
korхonаlаr


130
6.Ilgari yaratilgan mahsulot va texnologiyalarning o‘rnini bosuvchi


innovatsiyalarni
amalga
oshiruvchi
IKlar
va
ratsionallashtiruvchihamda
kengaytiruvchi innovatsiyalarni yaratuvchi IKlar.
7.Asosiy (mahsulotli va texnologik) innovatsiyalarni yaratuvchi IKlar va
to‘ldiruvchi innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchi IKlar.
8.Mahsulot-innovatsiyalarni
amalga
oshiruvchi
IKlar
va
jarayon-
innovatsiyalarni amalga oshiruvchi IKlar.
9.Yangi bozor uchun innovatsiyani yaratuvchi IK lar va eski bozorlrda
qo‘llashning yangi sohalarini yaratishga yo‘naltirilgan IKlar.
10.O‘z faoliyatini mavjud ishlab chiqarish tizimining ayrim elementlarini
qayta guruhlash bilan bog‘liq bo‘lgan yangiliklarni joriy qilishga yo‘naltirilgan
IKlar. Bu mazkur bozorda avvaldan mavjud bo‘lgan turli elementlarni
kombinatsiyalash hisobidan yangi mahsulotlar (yangilik darajasi kamroq
bo‘lgan)ning yaratilishida, ishlab chiqarishni tashkiliy jihatdan qayta guruhlashda
namoyon bo‘lishi mumkin.
11.Ishlab chiqarish tizimining alohida, qoida bo‘yicha to‘ldiruvchi
elementlarda moslashtiruvchi innovatsiyalarni yaratuvchi yoki ushbu ishlab
chiqarish elementlarini qisman tizimning umumiy holda faoliyat ko‘rsatishini
ahamiyatli o‘zgartirishlarsiz yaxshilashga yo‘naltirilgan IKlar.
12.Yangi avlod texnologiyalari va mahsulotlarini ularning bazaviy pritsipial
konstruktsiyalari va tarkibini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqadigan IKlar.
13.Boshlang‘ich konsepsiyaning sifat jihatidan o‘zgartirgan holda ishlab
chiqarish tizimlari (mahsulot va texnologiyalar)ning yangi turlarini yaratishning
tashabbuskori bo‘lgan ammo funksional tamoyilini saqlab qolgan IKlar.
14.Yangi avlod texnika va texnologiyalarini yaratuvchi IKlar. Bu innovatsion
faoliyatning oliy tipidir.
IK faoliyatining yuqorida sanab o‘tilgan har bir tipi bir vaqtning
o‘zidaboshqalari bilan birgalikda mavjud bo‘ladi. Shu sababliIKning tipi
to‘g‘risida so‘z borganda IKda amalga oshiriladigan innovatsiyalarning tarkibini
va ustunlik qiluvchi tipini nazarda tutish lozim. IKning belgilangan shakllar xilma-



131
xilligiga olib keluvchi tashkiliy rivoji asosan amaliy (tarmoq) fanlar sohasida ikki


qarama-qarshi: integratsion va dezintegratsion tendensiyalarni uyg‘unlashtirish
sharoitida yuz bergan va yuz bermoqda. Buning natijasida ilmiy-texnikaviy
sohalar: yuqorida ko‘rib chiqilgan inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislarning
yangi tashkiliy tuzilmalari yaratilmoqda.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin