O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi. Mamlakat oltin-valyuta zaxirasining 60,5 foizi oltinda. Birinchi o‘rinni 8,1 ming tonna zaxiralari bilan yana AQSh egallamoqda. Oltin sotib olish bo‘yicha eng faol markaziy banklar beshtaligiga O‘zbekiston ham kirgan. 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,8 mlrd dollarni tashkil qildi.
Zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan 2,3 mlrd dollarga ko‘paydi. Ular asosan oltin va xorijiy valyutadan iborat. Dekabr oyida ikkalasi ham ko‘paygan:
valyuta — 1,7 mlrd dollarga ko‘paydi (umumiy 11,6 mlrd dollar);
oltin — 600 mln dollarga ko‘paydi (umumiy 22,46 mlrd dollar).
Dekabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy ko‘paydi. Mamlakat zaxiralarida taxminan 395 tonna oltin bor va noyabrga nisbatan 3 tonnaga kamaygan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda oltinning narxi bir troya unsiyasi uchun o‘rtacha 1,9 ming dollar atrofida shakllanadi.
Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishi yaqqol misoldir. 90— yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan, mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi, buning tagzamini - mamlakatda 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq neft koni borligi edi.
Mustaqillik yillarida energetika mustaqilligiga erishishni ta’minlash bo‘yicha dasturga binoan neft va gazni qayta ishlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Fransiyaning “Teknep” va Sho‘rtangaz gazkimyo majumasi “ABB “ kabi xorij kompaniyalari bilan hamkorlikda yaratildi. Keyingi yillarda, Ko‘kdumaloq neft-gaz koni ochilgandan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda 1997-yilda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurib ishga tushirildi. Bu zavodning 1- navbati yiliga 2,5 mln tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonning g‘arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko‘mir konlariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Endilikda O‘zbekiston jahondagi 20 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kirdi. Hozirda aniqlangan gaz zaxiralari 2 trln kubometrga yaqin, ko‘mir zaxiralari 2 mlrd t. dan ortiqni tashkil qildi.
Mamlakatimizdagi eng yirik gaz konlari janubi - g‘arbiy Hisor va Buxoro -Xiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan. Bular Sho‘rtan va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir. Hozirgi paytda 3ta konda: Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida ko‘mir qazib chiqarilmoqda. O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarishni “O‘zbekko‘mir” AJ, shuningdek “Sharg‘unko‘mir” AJ va “Apartak” AJ amalga oshiradi. 2021-yil oxirida Qashqadaryoda qiymati salkam 3,5 mlrd dollarlik Uzbekistan GTL zavodining ishga tushirilishi boshlanadi.