O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratishga yo‘naltirilgan 400 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi va joriy etildi. Ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiy korxonalar to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida, shirkat xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.
3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, ularni samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.
58 ta tovarlar va xomashyo birjalari
496 ta auditorlik va konsalting firmalari
2010-yilda 31 ta tijorat banklari
2002 yilda 28 ta sug‘urta kompaniyalari
24 ta biznes inkubator
Xususiylashtirish to’g’risida
1991 yil 18 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” gi qonuniga binoan, davlat mol-mulkini xususiylashtirish masalalari bo’yicha 20 dan ortiq davlat dasturlari qabul qilindi. Xususiylashtirish davlat qo’mitasi tuzildi.
Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi. 2002-yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foiziga yaqini xususiylashtirildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994- yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi.
1992-1996 yillarda davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 ming kishi turar-joy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari, qishloq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldilar.
2000-2005— yillarda jami 4660 ta davlat korxona va obyekt xususiy mulkdorlarga sotildi.