kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o’sish
1998 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog’i 1991-yilda 1,5 foizni, 2000-yilda 31 foizni tashkil etdi. 2014-yilda fermer va dehqon xo’jaliklarini hisobga olmagan holda ularning soni 195 mingdan ziyodni tashkil etdi.
2007-2011 yillarda respublika bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, lekin litsenziyaga ega tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko‘paygan.
2020-yil respublikamizda 197 ta yirik, minglab kichik va o‘rta korxonalar hamda infratuzilma ob’ektlari barpo etildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekistondagi tadbirkorlik sub’yektlarining taxminan 50 % i yangi tashkil etilgan korxonalarga tog‘ri keladi.
O‘zbekistonda sanoat, xizmatlar sohasi, investitsiyalar va xususiy iste’molning jadal tiklanishi sharoitida mamlakat iqtisodiyoti 2022-yilda 5,5 % ga o‘sishi kutilmoqda
Davlat Statistika Qo‘mita axborotiga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes)ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 52,8 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg'armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam ravishda oshirib borildi.
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog'liq. 1992— yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o'tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo'yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.