Yuqoridagi jadvaldan shuni ko’rishimiz mumkinki, AT “Aloqa bank” ning jami xarajatlari 2012-2014-yillar mobaynida o’sish tendensiyasini tashkil etgan. Jami daromadlarni tahlil qilagnimizda yillar davomida o’sganligini ta’kidlagan edik. Xarajatlar ham to’g’ridan-to’g’ri ko’payib borgan. 2012-yilda bankning jami xarajatlari 66 342 620 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2014- yilda bu ko’rsatkich 101 346 142 ming so’mni tashkil etgan. Joriy yilda jami xarajatlar 2012-yilga nisbatan 52.8 foizga ko’payib, oshgan xarajat miqdori
35 003 522 ming so’mni tashkil etgan. Bank ko’proq foyda olish maqsadida yillar davomida muddatli va jamg’arma depositlar jalb qilishga alohida e’tibor
bergan. Jadval ma’lumotlaridan shuni ko’rish mumkinki, har yili xarajatlar oldingi yilga nisbatan o’sib brogan.
Keyingi 3-rasmda AT “Aloqa bank”ning 2012-2014-yillar mobaynida yillik sof foydasining o’sish dinamikasini ko’rishimiz mumkin. Shunu alohida ta’kidlash joziki, bankning yillik sof foydasining ko’payishi ular faoliyatining barqaror ekanligidan dalolat beradi.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan shuni ko’rishimiz mumkinki, AT “Aloqa bank” ning jami daromadlari o’sish tendensiyasiga ega. 2012-yilda bankning jami sof foydasi 13 126 191 ming so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2014- yilga kelib jami sof foyda 20 322 00 ming so’mni tashkil qilgan.
Sof foyda bank moliyaviy holatining yakuniy natijasi ekanligini hisobga olib aytadigan bo’lsak 2012-2014-yillar davomida sof foyda hajmi 7 195 810 ming so’mga oshgan. Demak, bankning sof foydasi 2014-yilda 2012-yilga nisbatan 54,8 foizga oshgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bankning sof foydasi tahlil etilayotgan yillar oralig’ida o’sib borgan. Bank har bir moliya yili davomida o’zining provard maqsadi bo’lgan foydani o’stirishga erishgan. Foyda ko’rsatkichining o’sishi bank, uning aksionerlari va mijozlari uchun ham ijobiy holat hisoblanadi.
Jahon ekspertlarining fikriga ko’ra, bank foydasining oshishida bank yalpi daromadining kamida 70 foizini foizli daromadlar tashkil qilishi kerak. Agar bank daromadlarining 70 foizi foizli daromadlarni tashkil qilsa, tijorat banki asosiy bank operatsiyalaridan daromad olayotganligini bildiradi. AT ”Aloqa bank” misolida jahon ekspertlarining fikrini tahlil qiladigan bo’lsak, bankning jami daromadlari tarkibida foizli daromadlari 68,12 foizni tashkil etgan. Demak, bank o’zining asosiy faoliyatidan daromad olmoqda, ya’ni mijozlarga kredit berib, boshqa banklarga kreditlar va boshqa foizli operatsiyalarni amalga oshirib daromad olmoqda.