Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod


jadval Tijorat banklarning foydaliligini baholovchi koeffisentlar43



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə17/19
tarix18.05.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#116435
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Foiz va Foizsiz

jadval Tijorat banklarning foydaliligini baholovchi koeffisentlar43




Koeffisentlar



Belgilangan me’yor darajasi

1

K1 = sof foizli daromad / jami aktivlar

3-4%

2

K2 = foizsiz daromad / jami aktiv

Har bankning o’ziga
bog’liq







1-sinf 48%







2-52%

3

K3 = foizsiz daromad – foizsiz xarajat / sof foizli daromad

3-57%
4-61%







5-64%







6-67%







1-sinf 4.6%







2-3.4%

4

K4 =foizli daromad / jami aktivlar

3-4.0%
4-3.7%







5-3.4%







6-3.2%

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan shuni ko’rish umkinki, belgilangan me’yorlar darajasi aniq belgilab berilgan. Tijorat banklari faoliyati foydalilik ko’rsatkichlarning belgilangan me’yorlarda mos kelishi, ular faoliyatining ijobiy ekanligidan dalolat beradi. Mamlakatimiz tijorat banklarining bu ko’rsatkichlar bo’yicha natijalari doim tahlil qilinib boriladi. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida 2013-2014-yillar mobaynida tijorat banklarining foydalilik koeffisentlarining o’rtacha miqdorini ko’rishimiz mumkin.




43 Рeйтинговое Агентсво “Ahbor-reyting”, “Аналитический обзор банковского сектора Узбекистана по итогам 2013 года”. Февраль, 2014 год.

III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA BANK FOYDASINI OSHIRISH VA BARQARORLIGINI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI


Mustaqillik yillarida mustahkam bank tizimini shakllantira oldik, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Bunga jahonda yuz beragan moliyaviy inqirozlarning yurtimiz bank tizimiga ta’sir qilmaganligini hamda ushbu holatning dunyo hamjamiyatida katta obro’ga ega bo’lgan xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ham e’tirof etilayotganligini dalil sifatida keltirishimiz mumkin. O’z navbatida, mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi bilan birgalikda bank faoliyati ham takomillashib bormoqda, respublikamiz banklari tomonidan mijozlar uchun zamonaviy bank xizmatlari tez sur’atlarda joriy qilinmoqda.


Bank tizimi bozor iqtisodiyotida o’z mazmun-mohiyati va tashkiliy darajasi bo’yicha islohotlarning hozirgi bosqichida eng ilg’or va ahamiyatli bo’g’in bo’lishi uchun zaruriy choralar ko’rilmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab bank tizimini mustaqkamlashga alohida ahamiyat berilayotganligi va bu sohadagi islohotlarning izchil amalga oshirilishi o’z samarasini bermoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini qo’llagan holda juda ko’p bank operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Mijozlarning joylashgan joyidan qat’i nazar, banklar aloqa vositalari orqali uzoq masofadan turib ularga xizmatlar ko’rsatmoqda. Texnologik rivojlanishdagi yutuqlar tufayli bank operatsiyalarini amalga oshirishda geografik omil ta’siri kamayib, bank xizmatlari hajmi yanada kengaymoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, respublika tijorat banklari xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatishga va xalqaro moliya bozorlarida faoliyat yuritishga intilar ekanlar, ularning faoliyatlari bank nazoratining xalqaro andozalariga javob berishi taqozo etiladi. Bank nazorati amaliyotini xalqaro andozalarga va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablariga mos ravishda tashkil etish maqsadida, 1996 yildan boshlab Respublika Markaziy banki Jahon
banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bank rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ustida ish olib bora boshladi.
O’sha davrda dunyoning bir qator davlatlarida yuzaga kelgan moliyaviy inqirozlar ushbu loyihalarning Markaziy bank nazorat xizmatini takomillashtirish uchun nechog’li muhim ekanligini namoyon qildi. Respublikada bank nazorati tizimini samarali shakllantirish maqsadida “Barents grupp” va “IBTCI” xalqaro maslahat xizmatining yuqori malakali xodimlari jalb etildi. Xorijiy hamkorlar bilan yaqin hamkorlik natijasida banklarni masofadan turib nazorat qilish va joyida tekshirish uslublari to’liq qaytadan ko’rib chiqildi va bank nazorati xizmatining tarkibi optimallashtirildi. Banklar faoliyatini tartibga solish bo’yicha ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi va yangi hujjatlar ishlab chiqildi.
Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish. Bunda asosiy e’tiborni qo’shimcha aksiyalar, hamda obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish hisobiga banklar kapitallashuvni oshirish mumkin. Tijorat banklari resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni ham samarali bo’ladi. Bunda omonatlar turlarini ko’paytirish va reklamalar orqali ular jozibadorligini oshirish mumkin deb o’ylayman.
Tijorat banklari faoliyatida ularning oladigan daromadlari va manbalarini o’rganish muhim hisoblanadi. Tijorat banklarining daromadlarni shakllantirish borasidagi amalga oshirilishi zarur bo`lgan yo`nalishlarni takomillashtirish bizning fikrimizcha quyidagilar hisoblanadi:

  • ehtimoliy хatarlar darajasi cheklangan holda eng katta daromad olish maqsadida bank balansining eng maqbul tuzilishini shakllantirish;

  • sarmoya yetarliligi va likvidlikni nazorat qilish;

  • sarmoya bazasi bankning aktiv operatsiyalari o`sishiga adekvat tarzda o`sishini ta’minlash;

  • mijozlarning manfaatlarini muhofaza qilish;

  • standart teхnologiyalarni har bir mijozga individual yondashuv bilan uyg`unlashtirish asosida mijozlar bilan ishlash ideologiyasini takomillashtirish;

  • mijozlar bazasini kengaytirish;

  • operatsiyalar rentabelligi va bozordagi shart-sharoitni baholash asosida yagona foiz va tarif siyosatini hayotga tadbiq etish;

  • boshqaruv tizimini takomillashtirish;

  • mijozlar ishonchi, хizmat ko`rsatish tariхi, an’analari va tajribasi kabi raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish;

  • bank balansi yanada o`sishini ta’minlash va hokazolar.

Bank faoliyatidagi risklarni aniqlash va likvidlilikning muvozanat- lashmaganligini aniqlash, o’zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini har kunlik nazorat qilish uchun maxsus tizim tuzish kerak. Shuning uchun, operativ holatda analitik ishlarni bajarish uchun ma’lumotlarni olinishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar bazasini tuzish kerak. Bunga asosan, bankning strategik rivojlanish siyosati aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda manba sifatida kredit va depozit shartnomalar bo’yicha xulosalar, kreditga rejali bo’lgan ehtiyoj xaqida ma’lumotlar, hisobraqamlar bo’yicha ma’lumotlar, kreditlarning aylanishi haqida ma’lumotlar va boshqa shu kabi ma’lumotlar ishlatilishi mumkin. Hamda banklar tomonidan kredit berilayotganda, mijozni kreditga layoqatliligini baholashda faqat uchta koeffisiyent bilan cheklanib qolmasdan, ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, hamda ularni baholashni skoring usulini kengaytirish.
Ma’lumotlar bazasiga asosan bank tomonidan har kunlik likvidlilik va to’lovga layoqatlilik haqida ma’lumotlar olinishi mumkin va bank operatsiyalarini kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilish kerak. Bu esa bank mablag’larini joylashtirish, resurslarni jalb qilish, o’z mablag’larini oshirish, bankning boshqa muassasalarga ulush qo’yishni ko’paytirish, yangi daromad topish yo’llarini ishlab chiqish va yangi operatsiyalarni rivojlantirish masalalarini bog’lab bitta yechim topishga yordam beradi.
Banklar faoliyatida foyda ko’payishida ularning aktivlarining daromadliligi asosiy masala hisoblanadi. Bugungi kunda ko’pgina banklarimizda daromad keltirmaydigan aktivlar sezilarli miqdorlarni tashkil etgan. Mamlakatimiz tijorat banklari foydasini ko’paytirish asosiy vazifalardan biri garomadlar keltirmay- digan aktivlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Quyidagi 9-rasmda aktivlarining umumiy hajmida pul shaklida daromad keltirmaydigan aktivlarning salmog’i ko’rishimiz mumkin bo’ladi.


    1. Yüklə 1,53 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin