110
ushbu koeffitsientlarning o’zgarishi ijobiy bo’lgan.
Fikrimiz davomi sifati dalillar to’plashga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak,
Dalillar to’plash amallaridan biri sifatida kuzatish amalini yuqorida ta’kidlab
o’tgan edik. Bunda auditor inventarizatsiya o’tkazishda №19 – «Inventarizatsiyani
tashkil etish va o’tkazish»
nomli BHMS umumiy qoidalariga, xususan 3.24-3.29
bandlariga rioya qilinganligini aniqlaydi. Shu bilan birga auditor inventarizatsiya
natijasini buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilishi
va soliqqa tortilishining
to’g’riligini ham tekshiradi. Auditor O’zbekiston Respublika Adliya Vazirligi
tomonidan 23 iyun 2001 yilda 1054-raqam bilan ro’yxatga
olingan
«Inventarizatsiyada aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini
buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi qaror»ga
rioya
qilinganini tekshiradi.
Nazoratlash amaliy yordamida quyidagi ma’lumotlar manbalarining o’zaro
mosligini tekshiriladi:
–
Buxgalteriya balansiga doir ko’rsatkichlar;
–
Buxgalteriya balansi va bosh daftar ko’rsatkichlari;
–
Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari.
Quyida “O’zbekiston temir yo’llari” AJda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi
ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansining asosiy
vositalarga doir shakllari
ko’rsatkichlarini o’zaro taqqoslash natijalari 4.8-jadvalda ko’rsatilgan shakl
bo’yicha ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: