Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


-jadval  Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

4.5-jadval 
Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning
namunaviy umumiy rejasi
52
 
Tekshiriladigan tashkilot 
Audit davri kishi-soatlar miqdori 
Auditorlik guruhining rahbari 
Auditorlik guruhining tarkibi 
Rejalashtirilgan auditorlik riski 
Rejalashtirilgan muhimlik darajasi 
№ 
Rejalashtirilgan ishlar turlari 
O’tkazish 
davri 
Bajaruvchi 
Eslatma 

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan 
tanishish 
16-18.09.2018 
3 ta auditor 

Buxgalteriya balansi bo’yicha ichki nazorat 
tizimini baholash 
19-20.09.2018 
5 ta auditor 

Asosiy vositalar hisobini to’g’riligini 
tekshirish 
21-25.09.2018 
2 ta auditor 

Nomoddiy aktivlar hisobini to’g’riligini 
tekshirish 
26-28.09.2018 
3 ta auditor 

Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini 
to’g’riligini tekshirish 
29.09.2018- 
02.10.2018 
2 ta auditor 

Ishlab chiqarish zahiralari hisobini 
to’g’riligini tekshirish 
03-04.10.2018 
4 ta auditor 

Tayyor mahsulot va tovarlar hisobini 
to’g’riligini tekshirish 
05-22.10.2018 
2 ta auditor 

Debitorlik qarzlari hisobini to’g’riligini 
tekshirish 
23-29.10.2018 
5 ta auditor 

Pul mablag’lari hisobini to’g’riligini 
tekshirish 
30.10.2018 
3 ta auditor 
10. 
Qisqa muddatli investitsiyalar hisobini 
to’g’riligini tekshirish 
01-02.11.2018 
2 ta auditor 
Auditorlik tashkiloti nomidan 
auditorlik xulosasini imzolash huquqiga ega rahbar Vaxidov U. 
Auditorlik guruhining rahbari Qosimov Sh. 
Rossiyalik 
olimlar 
A.D.Sheremet 
va 
V.P.Suytslar 
esa 
auditni 
52
Shartli ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi 
“O’zbekiston temir yo’llari” MChJ 
16 kishi*1kunda 1kishi 6 st*45 kun=4320 k.st
Qosimov Sh. 
16 kishi (ro’yxati ilovada keltiriladi) 
5% 
4% 


101 
rejalashtirishdan 
oldin 
quyidagi 
bosqichlarni 
bajarilishini 
nazarda 
tutadilar: tayyorgarlik, mijoz biznesi (faoliyat husuiyatlari, tuzilishi va 
aloqalari, siyosati , xuquqiy holatlari va b.) to’g’risida axborotlar to’plash, 
muhimlikni baholash, auditorlik rikini baholash, ichki nazorat tizimini 
o’rganish va uning samarasizlik riskini baholash. 
Auditorlik 
tekshiruvini 
amalga 
oshirish 
chog’ida ko’p hollarda 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini 100% to’liq tekshirish mumkin 
bo’lmaydi. Shu boisdan rejada auditorlik tanlash qay tarzda amalga 
oshirilishini ko’rsatish zarur. Audit umumiy rejasi va dasturining ayrim 
bo’limlarini rahbariyat bilan kelishish ko’zda tutilgan bo’lib, bunda auditorlik 
tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo’lib qoladilar. Ko’p 
hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastkalarini batafsilroq 
tahlil etish bilan bog’liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko’zda tutish, 
auditorning tekshiruv chog’idagi hatti – harakatlari mijoz-korxona rahbariyati 
uchun tushunarli bo’lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab 
qilinadigan hujjatlar mijoz tomonidan tezkorlik bilan taqdim qilinishi va 
tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo’ladigan moliyaviy xizmat xodimlarini 
ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir. 300-sonli xalqaro audit standartiga 
muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi tuzilib, unda 
barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. Dastur 
auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan 
buxgalterliya hisobining barcha bo’limlarini tekshirish, shuningdek ichki nazorat 
tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha hatti-harakatlari aks ettirilgan 
bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u 
auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturning har 
bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik 
xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim. Auditor o’z ishini 
shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterliya (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-
xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya 
hisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik 


102 
tekshiruvidan o’tkazilishi zarur.
Moliyaviy hisobotni tarkibiy qismi bo’lgan buxgalteriya balansini tekshirish 
boshlangan paytda auditor balans va uning boshqa shakllarining mazmunini ko’rib 
chiqib, ularning orasidan tekshirilishi lozim bo’lgan aniq elementlarni ajratib oladi. 
O’zaro bog’liq bo’lgan alohida elementlar auditor segmentiga birlashtirilishi 
mumkin, axborotni baholashga davriy
yondoshuvni ta’minlaydigan auditor bu 
segmentlarning ba’zilaridan qaytaqayta foydalanishga majbur bo’ladi. Bu 
elementlar va segmentlar orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
a) balans bo’limlari va ularning nisbati (ular yuzasidan tahliliy 
hisobotlar 
odatda 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditor tomonidan 
amalga oshiriladi); 
b) balansning bo’limlari va ularning bo’limlari ichidagi o’zaro 
nisbati 
(auditor 
hisobotdagi 
qoldiq 
Summalarning 
haqiqiyligini, 
ularning o’zaro nisbati to’g’riligini axborotning faqat balans bilan emas, boshqa 
shakllar, 
doimiy 
hisob 
yozuvlari 
bilan 
o’zaro 
muvofiqligini 
tekshiradi); 
v) 
hisob 
registrlaridagi 
yozuvlar
boshlang’ich hujjatlar (faqat 
buxgalteriyaga oid emas, shu bilan birga shartnomaga oid hujjatlar va 
boshqalar hamdir). 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda auditor balans to’g’ri tuzilganligini 
tekshirishda asosan quyidagilarga tayanishi lozim: 
1. Balans moddalarining davr boshiga ko’rsatkichlari balansning 
oldingi davr bo’yicha ko’rsatkichlariga mos kelishi. Agar oldingi yil bo’yicha 
hisobot balansiga nisbatan yil boshidagi balansda o’zgartirishlar bo’lsa, bu 
to’g’risida tegishli tushuntirishlar berilishi lozim. 
2. Davr oxiriga balans moddalarining ko’rsatkichlari inventarizatsiya 
natijalari bilan asoslangan bo’lishi kerak 
3. Balans moddalarining moliya, soliq idoralari, bank muassasalari 
bilan 
hisob-kitoblar 
bo’yicha Summalari ular bilan kelishilgan va 
muvofiq bo’lishi lozim. 


103 
4. Yakuniy balans ma’lumotlari hisobot yilining oxiriga Bosh kitob schetlari 
yoki 
shunga 
o’xshash 
buxgalteriya 
hisobi 
registrlari 
bo’yicha 
aylanmalar va qoldiqlarga muvofiq bo’lishi kerak.
 
Yil 
boshiga 
va 
yil 
oxiriga 
balans 
ma’lumotlarini solishtirish 
imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Kirish va yakuniy balanslar moddalarini 
shakllantirish 
uslubiyotidagi 
har 
bir 
farqlar 
yuzasidan 
tushuntirishlar 
berilishi kerak. Buxgalteriya balansi va bosh kitob ko’rsatkichlarning 
muvofiqligini tekshirish natijalari auditorning ish hujjatida umumlashtiriladi. 
Buxgalteriya balansida ko’rsatkichlar «netto» baholangan hollarda (masalan, 
«Asosiy vositalar moddasi») auditorning ish hujjatida oldindan bosh kitob 
ma’lumotlari bo’yicha qiyosiy tarzda hisoblab chiqiladi. Agar buxgalteriya 
balansida aks ettiriladigan ko’rsatkichlar bir necha o’zaro bog’liq (sintetik) 
schyotlar (masalan, «Xom ashyo, materiallar va shunday qadriyatlar» moddasi) 
bo’yicha saldo qiymatidan iborat bo’lsa, yoki kichik schyotlar bo’yicha bo’lsa, 
tegishli schyotlar (kichik schetlar) bo’yicha qoldiqlarni jamlashning to’g’riligi 
auditorning ish hujjatidagi yozuvlar va hisoblar bilan tasdiqlanadi. 
Buxgalteriya 
balansidagi 
o’zgarishlarni 
ma’lum 
muddatlarda 
tekshirishdan 
o’tkazib 
turish 
lozim. 
Chunki 
buxgalteriya 
hisobi 
ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilar 
uchun 
balansdagi 
ko’rsatkichlarni 
asosligi va ularning tahlili to’g’risidagi axborotlarga bo’lgan ehtiyojlari 
mavjuddir. Auditor o’z vazifasini bajarar ekan hisobotdagi axborotning har bir 
alohida 
elementi 
ishonchliligini 
tasdiqlovchi 
alohida 
dalillarni 
to’playdi. Dalillar nazorat qilishda, testlash chog’ida hamda u yoki bu 
xo’jalik operatsiyalarining mohiyatini tekshirish chog’ida to’planadi. 
Auditor buxgalteriya balansi moddalari bo’yicha dalillar to’plash 
jarayonida, 
to’plangan dalillarni buxgalteriya balansining xaqqoniylik 
darajasini tasdiqlash maqsadida tahlil qiladi. Auditor bunda O’zbekiston 
Respublikasi 
“Auditorlik 
faoliyati 
to’g’risida”gi 
qonunga, 
auditorlik 
faoliyati standartlariga, hamda ichki standartlarga tayanadi. “Auditorlik 
faoliyati 
to’g’risida”gi 
Qonunda 
noto’g’ri 
shakllantirilgan 
auditorlik


104 
xulosasi 
uchun 
javobgarlik 
belgilanganligi 
sababli, 
auditorlar 
profssional 
auditorlik 
etikasi 
printsplariga 
rioya 
qilgan 
xolda 
to’la 
xajmda 
auditorlik 
dalillarini 
to’plash 
amallarini 
bajarishga 
majburdirlar. 
Hozirgi 
davrda 
auditorlik 
dalillarini 
to’plash 
bilan 
bog’liq 
masalalar №500-sonli “Auditorlik dalillari” deb nomlanuvchi auditorlik 
faoliyatini 
milliy 
standarti 
orqali 
tartibga 
solinadi. 
Bu 
standart 
moliyaviy hisobotni audit qilish hamda audit muolajalarini tasdiqlashda 
auditorlik dalillariga yagona miqdoriy va sifat o’lchamlarini belgilaydi. 
Shu standartda “auditorlik dalillar”iga ta’rif berilgan: “Auditorlik dalillari – 
auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvi vaqtida yig’ilgan va 
auditorlik 
xulosasini 
asoslovchi 
ma’lumot 
(axborot) lardir”. 
Ta’kidlash joizki, auditorlik dalillari – audit o’tkazilayotgan shaxsning 
moliyaviy axborotlarining to’g’riligini tasdiqlovchi, rad qilib bo’lmaydigan dalillar 
to’plamidir. Auditorlik dalillarini olishda auditor buxgalteriya balansining asosi 
bo’lgan boshlang’ich hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari, shuningdek boshqa 
manbalardan olingan tasdiqlovchi ma’lumotlardan foydalanadi. Standartga 
muvofiq etarlilik va moslik tushunchalari keltirilgan. 
Auditorlik dalillarining etarliligi auditorlik tashkilotiga fikr bildirish uchun 
zarur bo’lgan auditorlik dalillarining Miqdoriy o’lchamini (chegarasini) ifodalasa, 
auditorlik dalillarining mosligi auditorlik tashkilotining fikr bildirishida auditorlik 
dalillarining ahamiyati va ishonchliligini (aniqligini) bildiruvchi auditorlik 
dalillarining sifati o’lchamini ifodalaydi. Etarlilik tushunchasi juda muhim 
hisoblanadiki, qachonki xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya balansida aks 
ettirilishiga qandaydir shubxa uyg’onsa. Bunday holda auditor shubxadan xoli 
bo’lishi uchun etarli va mos dalillarni to’plashi lozim. Agar auditor etarli va mos 
dalillarni to’plash imkoni bo’lmaganda auditorlik xulosasi berishdan bosh tortishi 
mumkin. 


105 
Xalqaro amaliyotga e’tibor beradigan bo’lsak “Auditorlik dalillar” (Audit 
evidence) nomli maxsus bo’lim ajratilib, u 9 ta standartni o’z ichiga oladi. Auditor 
buxgalteriya balansi moddalari bo’yicha dalillar to’plash jarayonida bir qancha 
amallardan foydalanadi. Bularga: 

nazorat qilish; 

so’rov; 

kuzatish; 

hisoblash; 

analitik amallar va hokozolarni kiritishimiz mumkin. 
Nazorat qilish – yozuvlar, hujjatlar va moddiy aktivlarni tekshirishni o’z 
ichiga olsa, kuzatish – boshqa shaxslar tomonidan bajariladigan jarayon va ishlarni 
o’rganishni masalan, auditorlik tashkilotining xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
tomonidan amalga oshiriladigan tovar-moddiy zahiralarning inventarizatsiyasini 
kuzatishni o’z ichiga oladi. So’rov xo’jalik yurituvchi sub’ekt va undan 
tashqaridagi shaxslardan ma’lumot yig’ish; hisoblash – boshlang’ich hujjatlar va 
buxgalteriya yozuvlaridagi arifmetik hisobkitoblarning aniqligini tekshirishdir. 
Yuqoridagi amallardan eng muhimi sifatida analitik amallarni olishimiz 
mumkin, ya’ni tahliliy amallar bu – auditorlik tashkiloti tomonidan olingan 
ma’lumotni tahlil qilish va baholash, buxgalteriya hisobida xo’jalik faoliyatidagi 
g’ayriqonuniy va noto’g’ri aks ettirilgan holatlarni aniqlash maqsadida xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini tekshirish, 
shuningdek, xato va kamchiliklar sababani surishtirish. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya balansini xaqqoniyligini 
tasdiqlashda tahliliy amallarning quyidagi shakllarda utkazilishi mumkin: 

gorizontal tahlilda xisobot davridagi moliyaviy holatni 

ifodalovchi ko’rsatkichlar o’tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu 
ko’rsatkichlarning dinamikasi aniqlanadi; 

vertikal tahlilda moliyaviy holatga taallukli bo’lgan ko’rsatkichlarning 
tarkibiy tuzilmasi o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining yoki ularni 


106 
koplovchi manbalarining xisobot davridagi tarkibi va uni o’tgan davrga nisbatan 
uzgarishi ifodalanadi; 

nisbiy ko’rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko’rsatkichlari o’rtasidagi 
aloqa o’rganiladi. Masalan korxona mablalarining va ularning manbalari 
o’rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o’rtasidagi aloqa 
ifodalanadi; 

taqqoslash tahlilida korxona bo’yicha moliyaviy holat uning alohida
bo’limchalari moliyaviy holati bilan takkoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati 
boshka korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi va pirovardida, omillar 
tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil etiladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya balansini tahlil qilish orqali 
quyidagi holatlarni aniqlashimiz mumkin:

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin