Aktiv
Passiv
Xo’jalik
mablag’lari
Summa
Mablag’lar
manbalari
Summa
Uzoq muddatli aktivlar
x
O’z mablag’larining manbalari
α
Joriy aktivlar
u
Majburiyatlar
β
Jami
x+y=∑
Jami
α+β=∑
47
Shartli manbalar asosida muallif tomonidan tayyorlandi
48
Muallif tomonidan tayyorlandi
89
Buxgalteriya balansining rasm ko’rinishi quyidagi shaklga ega. Balansning
aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi (4.3-jadval):
Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish
mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Xo’jalik
yurituvchi subektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga
teng. Balans ma’lumotlarida ishlab chiqarishni uzluksiz olib borish uchun zarur
bo’lgan va hisobot tuzish davriga qiymat shaklidagi mol-mulki hamda uni
qoplashga jalb qilingan manbalari o’z aksini topadi. Bu ko’rsatkichlar mol-mulk
hajmi, tarkibi va qiymatini qay darajadaligini ifodalaydi. Shuningdek, mol-
mulkning moliyalashtirish manbalari, ya’ni o’ziga tegishli manbalar va chetdan
qarzga jalb qilingan manbalar holati ham passivda keltirilgan. Balansdagi har bir
band va bo’lim korxonalarning moliyaviy holatiga bog’liq, shuning uchun ham uni
chuqur o’rganish lozim.
Buxgalteriya hisobida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot
tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi, chunki xalqaro andazalar talablariga
yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv
moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish
imkoniyatini beradi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun xo’jalik yurituvchi subekt
faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor
qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar
zarur. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilganda, balans
-
korxona mablag’lari va
qoplash manbalarining ma’lum davrdagi holatini ko’rsatadi. Hisob-kitob ishlarini
xalqaro an’anaviy talablar bo’yicha yuritishga oz bo’lsada yaqinlashtirilishi hamda
1997 yilda joriy qilingan va korxonalar tuzadigan yangi buxgalteriya balansi bozor
iqtisodi sari qo’yilgan dastlabki qadam bo’lgan edi. Mazkur balans yillar davomida
amaliyotda qo’llanildi va uni takomillashtirish va xalqaro standartlarga yanada
moslashtirish zaruriyati tug’ildi. Shu sababli ham 2002 yilda yangi schyotlarga
asoslangan moliyaviy hisobot shakllari, jumladan, buxgalteriya balansi ham qabul
qilindi. Bugungi kunda mazkur balans amalda keng qo’llanilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdan 140-
90
sonli buyrug’i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan. Shunga
ko’ra buxgalteriya balansi 1-hisobot shakli hisoblanadi. Buxgalteriya balansi
quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi:
1. Tuzish vaqtiga ko’ra: kirish balansi, joriy (davriy) balans, tugatish
balansi,bo’lish balansi,birlashtirish balansi.
2. Tuzish manbalariga ko’ra: inventar balanslari, daftar balansi, bosh balans.
3. Axborot hajmiga ko’ra: yakka va yig’ma balanslarga bo’linadi.
4. Faoliyat xarakteri bo’yicha: asosiy balans va asosiy bo’lmagan balans.
5. Mulkchilik shakliga ko’ra: davlat, kooperativ, o’z, aralash va qo’shma
korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari.
6. Aks ettirish ob’ektiga ko’ra: balanslar mustaqil va alohida balansga
ajratiladi.
7. Tozalanish usuli bo’yicha: brutto va netto balanslarga bo’linadi.
“Brutto” atamasi italyancha «brutto» so’zidan olingan bo’lib, u dag’al, toza
emas degani, «netto» atamasining ma’nosi toza demakdir. Sobiq ittifoq davrida
ham balans-brutto, balans-netto keng foydalanilgan. Brutto-balans 1938 yilgacha
bo’lgan, 1938-1952 yillarda birinchi netto-balansga o’tilgan, 1952-1992 yillarda
yana brutto-balansga qaytilgan, 1993 yildan boshlab esa yana netto-balansga
o’tildi.
Balansga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
- balansning to’g’riligi;
- balansning realligi;
- balansning yaxlitligi;
- balansning izchilligi;
- balansning tushunarliligi,
Balansning to’g’riligi – balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to’laligi
va sifati bilan ta’minlanadi. Balansning realligi – moddalar bahosining ob’ektiv
voqelikka muvofiq kelishini anglatadi.
Balansning yaxlitligi – balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari
bo’yicha tuzilishini, ya’ni korxonaning barcha tarkibiy bo’linmalarida va
91
tarmoqlarida buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xildagi mazmuni, ularning
korrespondensiyasi va shu kabilar qo’llanilishini anglatadi.
Balansning izchilligi – har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi
lozimligida ifodalanadi. Balansning tushunarliligi – uning balansni tuzuvchilar va
uni o’qiydigan hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti tarkibini o’rganish va
buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish esa murakkab jarayon
bo’lib balans moddalaridagi o’zgarishlarga alohida e’tibor qaratishni talab etadi.
Shuningdek, auditorlik tekshiruvi yuzasidan xulosa berishda auditorlar o’zlarining
shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo’yicha yuqori darajadagi bilimlariga
tayanishlari lozim. Zero auditorlar tomonidan xo’jalik sub’ektining moliyaviy
hisobotlari to’g’risida berilgan beg’araz xulosadan mulk egalari, investorlar,
kreditorlar, banklar aktsiyalarni sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar
berish to’g’risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonunida
aktsiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma’lum iqtisodiy ishonchga ega
bo’lishni istagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z moliyaviy hisobotini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazishlari shart qilib qo’yildi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish
manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks
ettirish, iqtisodiy guruhlash usulidir. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulkiy va
moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to’playdi hamda oshkor qiladi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning muhim shakllaridan biri
bo’lganligi bois, moliyaviy hisobotlar auditida ham muhim o’rin tutadi. Agar
buxgalteriya balansida buzib ko’rsatishlar va xatolar mavjud bo’lsa bu moliyaviy
hisobotlar auditiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazadi.
Auditorlik tashkiloti buxgalteriya balansida aniqlangan buzib ko’rsatishlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni majburiy audit o’tkazishda moliyaviy hisobot
to’g’risidagi auditorlik xulosasiga, turli maqsadlar yo’nalishida o’tkazilgan
92
tashabbusli audit o’tkazishda esa – auditorlik hisobotiga kiritishi lozim.
Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda bu tekshiruv
moliyaviy hisobotning qolgan shakllarini tekshiruvi bilan bevosita bog’liqligini
ko’ramiz. Buxgalteriya balansi sub’ektning resurslari (aktivlari), resurslarga
bo’lgan da’volar (majburiyatlar) va mulk egasiga tegishli ulush (o’z) mablag’lari
to’g’risidagi iqtisodiy axborot bo’lib hisoblanadi.
Buxgalteriya balansining chap tomonida mablag’lar turlari va ularning
joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb
nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday
maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida
ko’plab xo’jalik muomalarini sodir etadi. Bu xo’jalik muomalalarining har biri
sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarni o’zgartirib
yuboradi. Shu sababli buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda
balansning xar bir moddasiga jiddiy e’tibor berish talab etiladi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotlarning shakli hisoblanganligi uchun,
buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda o’ziga xos maqsad va
vazifalarni belgilab olishni talab etadi. Buxgalteriya balansini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi bo’lib – tekshirilayotgan davrda
iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya balansini shakllanishi va undagi o’zgarishlar
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga
muvofiqligi haqida tasdiqnoma olish. Buning uchun buxgalteriya balansiga oid
barcha O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ko’rib chiqish
talab etiladi.
Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning vazifalarini
quyidagicha keltirish mumkin:
–
ichki nazorat tizimini o’rganish;
–
uzoq muddatli aktivlar hisobini tekshirish;
–
joriy aktivlar hisobini tekshirish;
–
majburiyatlar hisobini tekshirish;
93
–
xususiy kapitalni tekshirish;
–
buxgalteriya balansi ko’rsatkichlarini asosliligini va to’g’ri tuzilganligini
tekshirish;
–
tekshiruvlar natijalarini umulashtirib xolisona auditorlik xulosasini
berish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini o’rganish nafaqat
buxgalteriya balansini to’g’ri tuzilganligini, balki, buxgalteriya hisobini qanday
yuritilayotganini baholash hamda auditorlik hulosasini berishda muhim o’rin
tutadi. Shu sababli har qanday auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimini
o’rganish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yiladi.
Uzoq muddatli aktivlar hisobini tekshirish korxonaning uzoq muddatli
aktivlarini to’liqligini, ularga eskirishni to’g’ri hisoblanganligini, aktivlarning
rentabellik darajasini aniqlashda hamda mulk solig’ining to’g’ri to’langanligini
tekshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy aktivlar hisobini tekshirish esa
xo’jalik yurituvchi subektning aylanma mablag’larini nazorat qilish hamda
ko’paytirish imkonini beradi.
Majburiyatlar
hisobini
tekshirish
buxgalteriya
balansini
auditorlik
tekshiruvidan o’tkazishga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Majburiyatlar
hisobini tekshirish davomida auditor koxonaning umumiy moliyaviy holati
bo’yicha keng tasavvurga ega bo’ladi. Auditorlik tekshiruvida buxgalteriya
balansining shakllanishi va to’g’ri hisoblanganlini tekshirish zarur hisoblanadi.
Buxgalteriya balansining shakllanishi va to’g’ri hisoblanganlini tekshirish
uchun quyidagilardan foydalaniladi:
a) dastlabki hujjatlar;
b) hisob yuritishning jurnal-order usulida – jurnal-orderlar, o’zaro bog’liq
hisoblashga tegishli tahliliy hisoblash vedomostlari (kartochkalari);
v) kompyuterdan foydalanganda – sintetik schyotlarning mashinagramma-
vedomostlari;
g) hisob yuritishning soddalashtirilgan shaklida xo’jalik operatsiyalarini
hisoblash daftari, tahliliy hisobning kartochkalari (jurnal, daftar).
94
Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish
bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik
faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish,
auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga
olinishini ta’minlash maqsadida 2000 yil 22 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va
auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» gi qarori va boshqa
qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish
huquqi uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
litsenziya berish tartiblari belgilandi. 20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy
standartlari ishlab chiqildi. Shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida
faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda
birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti – O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil
etildi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunining 10-
bandida qayd etilgan sub’ektlar va tashkilotlar tarkibiga kiradigan xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar, shuningdek, kreditorlar, mol etkazib beruvchilar,
aktsiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma’lum iqtisodiy ishonchga ega
bo’lishni istagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z moliyaviy hisobotini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazishlari shart qilib qo’yildi.
Dostları ilə paylaş: |