98
o’rniga №315 “Sub’ekt va uni holatini bilish, muhim xatoliklar riskini baholash”
deb nomlanuvchi yangi auditning xalqaro standarti qabul qilindi va bu standart
2007 yili takomillashtirilgan.
Auditorlik tashkiloti ichki nazorat tizimini ishonchliligini baholashda uchta
darajadan foydalanishi lozim: yuqori, o’rta, past.
Ichki nazorat tizimini
ishonchliligini baholashni ob’ektivligin oshirishda auditorlik tashkiloti yuqorida
keltirilgan darajalardan tashqri boshqa darajalardan ham foydalanishi lozim. Xorij
mamlakatlarida uni ishonchliligini besh-o’n balli sistemada, ayrimlari esa foizlarda
(0-100) baholaydilar. Ichki nazorat tizimini batafsil baholashda, uni chuqurroq
o’rganishga – turli test amallarini ishlab chiqishga, namunali savollar ro’yxatini
tuzish; olingan
natijalarni tahlil qilish, ballar shkalasi, koeffitsientlar va
formulalardan foydalanish lozim.
Ilmiy izlanishlarimiz davomida shunga amin bo’ldikki auditor ichki nazorat
tizimini faqatgina test savolnomasidan foydalanibgina qolmasdan quyida
keltirilgan shakllardan ham foydalanishi mumkin:
–
rahbar xodimlar va buxgalteriya hodimlarinining fikrlarini aniqlash uchun
namunaviy savollar ro’yhatidan;
–
tahliliy amallar bajarish yo’li bilan olingan ma’lumotlardan;
–
maxsus blankalar va tekshiruv varaqalaridan;
–
bloksxemalar va grafiklardan;
–
kamchiliklar ro’yhati, bayonnomalar yoki dalolatnomalardan.
O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi
qonunda ichki
nazoratga taalluqli qandaydir maxsus talablar qo’yilmagan. Shu sababli
R.Do’smurotov
ichki
nazorat
tizimini
baholashda
ikkita
omilga
tayanish lozim deydi:
–
ichki nazoratning maqsadi korxona rahbariyati uchun ham, auditor
uchun ham bir xil-buxgalteriya balansining ishonchliligi va ob’ektivligini
ta’minlash;
–
auditorlik
hisobotning
tahliliy
qismida
ichki
nazorat
holatini
99
ekspertiza qilish natijalarini aks ettirish zarur.
51
Yuqoridagi
talablarga
qo’shilgan
holda
biz
auditorlar
xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlar ichki nazarot tizimini samarali ishlashi uchun
auditorlik hisobotida aniq takliflarini berishlari lozim deb o’ylaymiz.
Audit o’tkazishda auditorlarga dastak bo’luvchi
auditning umumiy
rejasi va dasturi ham auditorlik tashkilotining ham eng muhim asosiy
hujjatlardan biri hisoblanadi. Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki,
buxgalteriya balansining, moliya xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va
qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya hisobi schetlarida
aks ettirilishining
to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishini ta’minlashi
zarur.
Buxgalteriya
balansining
auditni
rejalashtirish
quyidagilarni
ta’minlashi lozim:
–
hisobotining
holati
hamda
ichki
nazorat
tizimining
samaradorligi to’g’risidagi zarur axborotlarni olish;
–
bajarilishi
lozim
bo’lgan
nazorat
amallarining
mazmunini,
o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash.
Buxgalteriya
balansining
auditni
rejalashtirish
kutilayotgan
ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga
oladi.
Kutilayotgan
ishlar
rejasida
quyidagi
ko’rsatkichlar
aks
ettiriladi(4.5-jadval):
–
audit o’tkazish muddati va ishlarining davomiyligi;
–
bajariladigan ishlar xajmi;
–
auditor qo’llaydigan usullar va amallar.
–
Amerikalik
olimlar
E.A.Arens
va
Dj.Lobbeklar
samarali
va
unumli audit rejasi va dasturini ishlab chiqishda auditorga eng avvalo
beshta
bosqichdan
iborat
ishlarni
amalga
oshirish
zarrligini
ta’kidlaydilar.
Bu
beshta
bosqich:
dastlabki
rejalashtirish;
umumiy
51
R.D.Do’smuratov “Auditorlik faoliyati: nazariya, uslubiyot va amaliyot” T: Moliya 2007 yil. 110 bet
100
ma’lumotlarni
to’plash;
mijozning
xuquqiy
majburiyatlari
to’g’risida
ma’lumotlar to’plash; muhimlik, auditorlik riski,
biznes riski va ichki
xo’jalik
risklarini
baholash;
ichki
xo’jalik
nazorati
tizimi
bilan
tanishish va ichki nazorat riski; auditning umumiy rejasi va dasturini tuzish.
Dostları ilə paylaş: