Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

6
.2.-jadval 
Investitsion faoliyatda pul mablag’larining harakati
75
 
 
Pul mablag’larining kirimi 
Pul mablag’larining chiqimi 
Er, binolar, jihozlarning nomoddiy va boshqa 
uzoq muddatli aktivlarni sotishdan tushumlar 
Erni, 
binolarni, 
jihozlarni, 
nomoddiy 
aktivlarni va boshqa uzoq muddatli aktivlarni 
sotib olish to’lovlari, tajriba konstruktorlik 
ishlari hamda er bilan bog’liq kapital 
xarajatlarga to’lovlar, pudratchilarni jalb 
qilmasdan korxona tomonidan yaratilgan bino 
va jihozlar 
Boshqa tashkilotlarning aktsiyalarini yoki 
boshqa qarz majburiyatlarini chiqib ketishidan 
yoki sotilishidan kirimlar (pul mablag’larining 
ekvivalentlari deb hisoblangan yoki sotuv 
uchun 
saqlangan 
majburiyatlar 
uchun 
bo’ladigan to’lovlardan tashqari) 
Boshqa korxonalarning aktsiyalariga yoki 
qarz majburiyatlariga qo’yilmalar. Kapitalda 
ishtirok 
etish 
ulushiga 
badallar 
(pul 
mablag’larining ekvivalentlari hisoblanadigan 
yoki sotish uchun saqlanayotgan to’lov 
hujjatlari bo’yicha to’lovlardan tashqari) 
Boshqa korxonalarga berilgan bo’naklarning 
qaytarilishi va qarzlarning to’lanishidan 
kirimlar (operatsion faoliyat bo’lgan, foiz 
daromadidan boshqa) 
Boshqa 
korxonalarga 
berilgan 
bo’nak 
to’lovlari va qarzlar 
«Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»ni tuzishga xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning qaysi tarmoqqa tegishliligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, qurilish 
va h.k.) va ularda sodir bo’ladigan muomalalarning turlari bevosita ta’sir qiladi. 
Shuning uchun ham «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»ni tuzish bo’yicha 
ko’rsatmalar talabidan kelib chiqqan holda ularning muhim xususiyati sifatida 
quyidagilarni qayd etish mumkin.
Hisobotni tuzishning uslubiy ko’rsatmalari talabidan kelib chiqqan holda 
bevosita korxonaning investitsion va moliyaviy faoliyatiga bog’liq bo’lgan 
holatlardan tashqari barcha to’lanadigan soliqlar va ularning majburiy to’lovlari 
joriy faoliyat bo’yicha pul oqimlarida ko’rsatilishiga mos bo’lishi lozim. Har xil 
faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi bosh korxona albatta har bir faoliyat turlari 
bo’yicha alohida hisob olib borishi va shunga mos ravishda har bir faoliyat turlari 
bo’yicha soliqlarni hisoblashga majburdir. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda 
«to’langan» soliqlarning har bir turi bo’yicha alohida hisob-kitob yuritilmaydi. 
Bunday holatda korxonaning to’lagan soliqlarini qancha qismi joriy xo’jalik 
75
Jadval mualliflar tomonidan tayyorlangan. 


190 
faoliyati, investitsion yoki moliyaviy faoliyat bo’yicha ekanligini aniqlash 
birmuncha murakkab jarayondir. 
Operatsion va moliyaviy faoliyat bo’yicha tushumlar mavjud korxonalarda 
to’langan soliqlar summalarini joriy faoliyatdagi pul mablag’larining chiqimi 
tariqasida aks ettirish maqsadga muvofiqdir. Chunki hozir to’langan dividendlar 
bo’yicha soliqlarni ushlanmasi alohida ko’rsatiladi. Xorijiy valyutalarni sotib 
olishga sarflangan pul mablag’larini joriy faoliyat bo’yicha aks ettirishda 
valyutalarning ishlatilishi maqsadidan kelib chiqib alohida aks ettirilishi lozim. 
Masalan, agar xorijiy valyuta tovarlar qiymatini to’lash uchun olinsa, u holda 
to’langan «so’m»lar «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» shaklining tegishli 
qatorlarida aks etadi. Sarflangan xorijiy valyutalar qiymati alohida qatorda yoki 
boshqa tushumlar qatorida hisobga olinishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt pul oqimlari to’g’risidagi hisobotining izohlarida, 
hisoblarida va tushuntirishlarida pul oqimlari tarkibiy elementlari tahlilini 
guruhlashtirib ko’rsatishi kerak. Amaliyotda ko’pgina korxonalarning faoliyati 
ko’p qirrali bo’ladi va bu pul oqimlari to’g’risidagi hisobotdan foydalanuvchilar 
uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Yillik 
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot qo’shimcha ravishda tuziladigan moliyaviy 
sharhni o’z ichiga olishi kerak, chunki u korxonaning moliyaviy faoliyatini
moliyaviy ahvolini va ular bilan bog’liq bo’lgan asosiy noaniqliklarni bartaraf 
etadi. 
Moliyaviy sharh korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Bu sharh 
korxonaning moliyaviy ahvoli va moliyaviy faoliyatining asosiy belgisini, 
shuningdek, foydalanuvchi hisobot bilan tanishish jarayonida duch kelishi mumkin 
bo’lgan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotdagi noaniqliklarni izohlab berishi va 
tushuntirib berishi lozim. Qo’shimcha ma’lumotlar: izohlar, eslatmalar va hisoblar 
korxona tomonidan maxsus shakllarda ham, shuningdek, ixtiyoriy ko’rinishda ham 
taqdim etiladi. Zaruriyat tug’ilganida statistik hisobotning shakllari pul oqimlari 
to’g’risidagi hisobotga beriladigan qo’shimcha ma’lumotlar orqali zaruriy 
foydalanuvchilarga taqdim etilishi mumkin. Bundan tashqari, korxona rahbariyati 


191 
qo’shimcha ma’lumotlar sifatida sub’ekt doirasida ma’lumotlarni taqdim etish 
shakli hisoblanuvchi jadvallar va ma’lumotnomalarni taqdim etishi mumkin.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot asosida investorlar kompaniyaning 
faoliyatini o’rganadi va ularning faoliyatiga baho beradi. Jumladan, korxona 
rahbariyati pul mablag’lari harakatini boshqara olish, korxona schyotidan kreditor 
qarzlarni uzish hamda hissadorlarga dividend to’lash, qo’shimcha moliyalashtirish 
maqsadlari uchun etarli miqdorda pul mablag’larini jamlash imkoniyatlari 
aniqlanadi. Bu hisobot shakli orqali sof foyda bilan pul mablag’lari harakati 
o’rtasidagi bog’liqlik va tafovutlari aniqlanishi mumkin. Pul oqimlari to’g’risidagi 
hisobot korxonani investitsiya va moliyaviy faoliyati natijalarini o’zida aks ettiradi. 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishdan maqsad - pul oqimlari ning 
hisobot davri boshiga va oxiriga bo’lgan holati hamda hisobot davri mobaynida 
uning tarkibidagi o’zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi. 
Hozirgi amaliyotda «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» shaklini tuzish quyidagi 
bosqichlarda amalga oshirilmoqda. 
Birinchi bosqich. Korxonaning 5010-"Kassa" schyoti bo’yicha, 5110-"Hisob-
kitob schyoti" bo’yicha va 5510-"Bankdagi maxsus schyotlar" schyoti bo’yicha 
yuritiladigan aylanma vedomostlarini tuzish lozim. Chunki umumlashtirilgan 
aylanma vedomostlarda kirim va chiqim ko’rsatkichlari qoldig’i schyotlarini debet 
va kreditidagi aylanmalar summasi hisob-kitoblarni aniqlashtirish uchun tuziladign 
aylanma vedomostlarning summasiga mos kelishi lozim. 
Ikkinchi bosqich. Xorijiy valyutalardagi pul mablag’larining harakatini albatta 
aylanma (oborot) vedomostlarda ifodalash lozim. Buning uchun har bir valyuta 
turlari bo’yicha alohida aylanma vedomost tuzilishi lozim. Alohida valyuta turlari 
bo’yicha tuzilgan aylanma vedomostlar ma’lumotlari umumlashtiriladi. 
Uchinchi bosqich. Ushbu aylanma vedomostlar ma’lumotlari hisobot 
shaklining mos qatorlari bo’yicha tarqatiladi. Agar zaruriyat bo’lsa bunda 
yordamchi jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
To’rtinchi bosqichda buxgalteriya yozuvlari asosida pul oqimlari to’g’risidagi 
hisobotning belgilangan qatorlariga summalarni taqsimlash hamda ularni joriy, 


192 
investitsion va moliyaviy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha alohida ustunlar bo’yicha 
aks ettirilishi lozim. 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish xalqaro standartlarga muvofiq 
ikkita uslub, ya’ni to’g’ri va egri uslublar keng qo’llaniladi. Jahon amaliyotida 
xo’jalik sub’ektlari pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda asosan to’g’ri 
usulni ichki foydalanuvchilar qo’llashadi. Ya’ni korxonadagi boshlang’ich 
buxgalteriya manbalariga asoslangan holda pul oqimlari to’g’risidagi hisobot 
tuziladi. 
To’g’ri usul qo’llanilganida, asosiy yalpi tushum va pul mablag’larining yalpi 
to’lovi to’g’risidagi ma’lumot quyidagilardan olinishi mumkin: 
- hisob registrlaridan; 
- sotishdan olingan daromadni, sotishning tannarxi va quyidagilar hisobga 
olingan holda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning boshqa moddalarini 
tuzatish orqali; 
a) hisobot davri davomida TMZdagi, debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi 
o’zgarishlar; 
b) pulsiz moddalar; 
v) natijalari pul mablag’larining harakatiga ta’siri ko’proq investitsion va 
moliyaviy faoliyatga tegishli bo’lgan boshqa moddalarni (berilgan yoki olingan 
kreditlar bo’yicha foizlar va boshqalar). 
Egri usulda moliyaviy natijalar (foyda) bilan pul mablag’lari hajmining 
mutlaq o’zgarishi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniqlash imkoniyati mavjud 
bo’ladi. Uning ijobiy jihatlari ham ana shunda. Egri usul qo’llanilganda, operatsion 
faoliyat natijasida pul mablag’larining harakati, quyidagilarni hisobga olgan holda 
sof foyda yoki zararni tuzatish orqali aniqlanadi: 
- Hisobot davrida sodir bo’lgan operatsion faoliyatdan debitorlik va 
kreditorlik qarzlarida tovar moddiy boyliklarda o’zgarishlarni; 
- Eskirish, zahiralar, muddati uzaytirilgan soliqlar, chet el valyutasining 
milliy valyutaga almashtirishdagi sotilmay qolgan tushumlar va zararlar, uyushgan 
kompaniyalarda taqsimlanmagan foyda va aktsiyalarning ba’zi paketlari kabi 


193 
pulsiz moddalarni; 
- Natijalari pul oqimlariga ta’sir etadigan investitsion va moliyaviy faoliyatga 
tegishli boshqa barcha moddalarni (asosiy vositalarning sotishdan tushumlar 
zararlar va boshqalar). 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tuzilganda quyidagilar ta’minlanishi kerak: 
- hisobot davri ichida amalga oshirilgan hamma xo’jalik muomalalari va pul 
mablag’lari, asosiy vositalar, moddiy qimmatliklar va hisob-kitoblarning to’la aks 
ettirilishi; 
- analitik hisob ma’lumotlarining har oyning birinchi sanasida bo’lgan tegishli 
sintetik schyotning oborot va qoldiq summalari bilan bir xilligi; 

buxgalteriya 
hisoboti va balanslari ko’rsatkichlarining sintetik
va analitik hisob ma’lumotlari bilan bir xilligi. 
Yuqorida keltirilgan asosiy shartlarni bajarmasdan tuzilgan hisobot noto’g’ri 
tuzilgan deb hisoblanadi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishdan oldin 
hisobotning to’g’ri va real tuzilishini to’la ta’minlay oladigan zarur
ishlar 
qilinishi 
shart. 
Joriy 
buxgalteriya 
hisobot 
ma’lumotlarini
umumlashtirish, sintetik va analitik schyotlarda hamma xo’jalik muomalalarini aks 
ettirish, 
sintetik 
hamda 
analitik 
schyotlar 
bo’yicha 
oborot
qaydnomalarini 
tuzish 
va 
ular 
bo’yicha 
qoldiq 
summalarini
aniqlash 
va 
boshqa 
ishlar 
buxgalteriya 
hisoboti
tuzishdan avval bajarilgan bo’lishi kerak. 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot choraklik moliyaviy hisobot
shakllari 
turkumiga 
kirib, 
uni 
xo’jalik 
yurituvchi 
sub’ektlar 

oydalanuvchilarga har chorakda bir marotaba taqdim etadilar. Pul oqimlari 
to’g’risidagi hisobot auditini o’tkazishdan maqsad – korxonada pul oqimlari 
bo’yicha 
amalga 
oshirilgan 
muomalalarning 
qonuniyligini
aniqlash va ular bo’yicha hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini
yoki 
birlamchi 
hujjatlar 
ma’lumotlariga 
mosligini
hamda 
hisobotni 
o’z 
muddatida 
taqdim 
etilganlik 
holatini 
baholashdan iboratdir. 


194 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin