Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

 
 
 
 


218 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Pul oqimlari auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalarini 
tushuntirib bering? 
2. Pul oqimlari auditini o’tkazish tartibini tushuntirib bering? 
3. Kassa muomalalarini tekshirishda qanday hisob registrlari o’rganiladi? 
4. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi qanday amalga oshiriladi? 
5. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan xarajat moddalari auditi 
qanday amalga oshiriladi? 
6. Investitsion faoliyat bo’yicha muomalalar auditi qanday amalga oshiriladi? 
7. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditida qanday auditorlik metodlari va 
amallari qo’llaniladi? 
8. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi qanday ketma-ketlikda amalga 
oshiriladi? 
9. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi qanday yo’nalishlar bo’yicha tashkil 
etiladi? 
10. Moliyaviy faoliyat bo’yicha pul oqimlari auditi qanday tartibda amalga 
oshiriladi? 
Tayanch tushunchalar: 
1. Pul oqimlari 
2. Pul oqimlari auditi 
3. Investitsion faoliyat bo’yicha pul oqimlari auditi 
4. Moliyaviy faoliyat bo’yicha pul oqimlari auditining ma’lumot manbalari 
5. Pul oqimlari auditini o’tkazish ketma-ketligi 
6. Pul oqimlari harakati auditi 
7. Yo’ldagi pul mablag’lari auditi 
8. Kassa muomalalari auditi 
9. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot 
10. Hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditi 
11. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi 


219 
7- MAVZU. XUSUSIY KAPITAL TO’G’RISIDAGI HISOBOT AUDITI 
7.1. Korxona o’z kapitali holati va uni shakllantirish manbalari bo’yicha 
xarajatlar auditi 
Ma’lumki amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, xususiy kapital 
to’g’risidagi hisobotda xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir, deb 
ko’rsatilgan: ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan 
foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar. 
Xususiy kapital deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lgan 
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan 
kapitalning o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni
Kx=Kj-Kq. 
Bunda, Kx-xususiy kapital, Kj-jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital. 
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha 
belgilari bo’yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni 
tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish 
manbalarini olish zarur, deb hisoblaydilar. Ularni tasniflashda moddiylik belgisini, 
turgan joyi, faoliyatda ishtirok etish darajasini ham e’tirof etishni maqsadga 
muvofiqdir. Bundan tashqari, tasniflash belgilarini ierarxiyasini to’g’ri asoslash 
ham uni o’rganishda muhim omildir. Chunki bu tizimni aniq belgilash xususiy 
kapital elementlarini bosqichma-bosqich birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali 
schyotlarda aks ettirish, ular to’g’risidagi ma’lumotlarni umumiylikka qarab 
yig’ish, jamlash, to’plashning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi. Bu esa 
nazariy va metodologik jihatdan kata ahamiyat kasb etadi. 
Aktsiyadorlik jamiyatining xususiy kapitali asosan, quyidagi manbalar 
hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya’ni: aktsionerlarning mablag’laridan, 
ta’sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib bermaslik sharti 
bilan olingan mablag’lardan va hokazolardan. Korxonalar, shu jumladan
aktsiyadorlik jamiyatining xususiy kapitalini shakllantirish manbalari ichida eng 
muhim rolni ustav kapitali o’ynaydi. Hisob-kitoblarga ko’ra ustav kapitalining 
hajmining jami xususiy kapitaldagi hissasi ko’pchilik korxonalarda, shu jumladan 


220 
aktsiyadorlik jamiyatlarida 90% gacha boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi 
tashkil etilayotgan korxonalar o’z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil 
shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta’sischilari tomonidan o’z 
xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shish bilan yaratiladi(7.1-
rasm).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin