218
Takrorlash uchun savollar:
1. Pul
oqimlari auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalarini
tushuntirib bering?
2. Pul oqimlari auditini o’tkazish tartibini tushuntirib bering?
3. Kassa muomalalarini tekshirishda qanday hisob registrlari o’rganiladi?
4. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi qanday amalga oshiriladi?
5. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan xarajat moddalari auditi
qanday amalga oshiriladi?
6. Investitsion faoliyat bo’yicha muomalalar auditi qanday amalga oshiriladi?
7. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditida qanday auditorlik metodlari va
amallari qo’llaniladi?
8. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi qanday ketma-ketlikda amalga
oshiriladi?
9. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditi qanday yo’nalishlar bo’yicha tashkil
etiladi?
10. Moliyaviy faoliyat bo’yicha pul oqimlari auditi
qanday tartibda amalga
oshiriladi?
Tayanch tushunchalar:
1. Pul oqimlari
2. Pul oqimlari auditi
3. Investitsion faoliyat bo’yicha pul oqimlari auditi
4. Moliyaviy faoliyat bo’yicha pul oqimlari auditining ma’lumot manbalari
5. Pul oqimlari auditini o’tkazish ketma-ketligi
6. Pul oqimlari harakati auditi
7. Yo’ldagi pul mablag’lari auditi
8. Kassa muomalalari auditi
9. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot
10. Hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditi
11. Bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi
219
7- MAVZU. XUSUSIY KAPITAL TO’G’RISIDAGI HISOBOT AUDITI
7.1. Korxona o’z kapitali holati va uni shakllantirish manbalari bo’yicha
xarajatlar auditi
Ma’lumki amaldagi qonunchilik
talablariga muvofiq, xususiy kapital
to’g’risidagi hisobotda xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir, deb
ko’rsatilgan: ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan
foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Xususiy kapital deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lgan
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan
kapitalning o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni
Kx=Kj-Kq.
Bunda, Kx-xususiy kapital, Kj-jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital.
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha
belgilari bo’yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni
tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish
manbalarini olish zarur, deb hisoblaydilar. Ularni tasniflashda moddiylik belgisini,
turgan joyi, faoliyatda ishtirok etish darajasini ham e’tirof
etishni maqsadga
muvofiqdir. Bundan tashqari, tasniflash belgilarini ierarxiyasini to’g’ri asoslash
ham uni o’rganishda muhim omildir. Chunki bu tizimni aniq belgilash xususiy
kapital elementlarini bosqichma-bosqich birinchi, ikkinchi
va uchinchi darajali
schyotlarda aks ettirish, ular to’g’risidagi ma’lumotlarni umumiylikka qarab
yig’ish, jamlash, to’plashning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi. Bu esa
nazariy va metodologik jihatdan kata ahamiyat kasb etadi.
Aktsiyadorlik jamiyatining xususiy kapitali asosan,
quyidagi manbalar
hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya’ni: aktsionerlarning mablag’laridan,
ta’sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib bermaslik sharti
bilan olingan mablag’lardan va hokazolardan. Korxonalar,
shu jumladan,
aktsiyadorlik jamiyatining xususiy kapitalini shakllantirish manbalari ichida eng
muhim rolni ustav kapitali o’ynaydi. Hisob-kitoblarga ko’ra ustav kapitalining
hajmining jami xususiy kapitaldagi hissasi ko’pchilik korxonalarda, shu jumladan
220
aktsiyadorlik jamiyatlarida 90% gacha boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi
tashkil etilayotgan korxonalar o’z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil
shakllantiradi.
Bunday resurslar, odatda, korxona ta’sischilari tomonidan o’z
xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shish bilan yaratiladi(7.1-
rasm).
Dostları ilə paylaş: