Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


 Ustav kapitali, qo’shilgan kapital va zahira kapitali



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

7.3. Ustav kapitali, qo’shilgan kapital va zahira kapitali
auditining xususiyatlari 
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditi yoppasiga yoki tanlab olib 
tekshiruv o’tkazilganda auditor hisob registrlarida buxgalteriya hisobvaraqlari, 
qayd etilgan registrlarda xo’jalik muomalalari iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib, 
to’g’ri korrespondentlanganligini baholashi va kelajakda to’g’rilash maksadida, 
tasodifan sodir etilgan xatolarni va tasodifiy noto’g’ri buxgalteriya yozuvlarini 
(o’tkazmalarini) aniqlashi lozim. Shuning bilan bir qatorda, hisobot ma’lumotlari. 
ayniqsa, korxona moliyaviy faoliyati natijalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni, 
uning asosiy aylanma aktivlar miqdorini, o’zining moliyaviy va mulkiy holatini 
yaxshi tomondan ko’rsatish uchun boshqa korxonalar va banklarga bo’lgan 
qarzlarni yashirib ko’rsatish maqsadida ataylab sodir etilgan xatolar aniqlanadi va 
bular haqida korxona rahbariyatiga ma’lumot taqdim etiladi. 
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditi jarayonida quyidagi auditorlik 
metodlaridan foydalaniladi: 
- solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja 
bilan solishtirish); 
- gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni 
e’tiborga olgan holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” 
natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi); 
- tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar 
asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi); 


238 
- taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha 
muomalalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi); 
- inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi); 
- kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning 
sotilish bahosi aniqlanadi); 
- ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat 
ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi); 
- buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli (korxona aktivlari va 
majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali 
tekshiriladi); 
- balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylashtirish, dastlabki 
ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish). 
Xususiy 
kapital 
to’g’risidagi 
hisobot 
auditi 
jarayonida 
auditor 
me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari 
har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik 
jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam 
berishi kerak. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda 
qo’llaniladigan usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus 
adabiyotlarda xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditining quyidagi usullariga 
katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar 
o’tkazish, tekshirilayotgan tashkilot bo’yicha muqobil balans tuzish, audit 
ob’ektlari bo’yicha testlar, anketalar o’tkazish, kompyuter axborotlari 
texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. Shuni ham qayd qilish kerakki, 
auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy 
(an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan 
yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham 
foydalanishlari mumkin. Audit o’tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga 
asoslanadi. Shunday qilib, xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditida 


239 
qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. 
Bizning fikrimizcha, xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditi quyidagi 
ketma-ketlikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 
-
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot auditining umumiy rejasi va ishchi 
dasturini tayyorlash; 
-
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va taqdim etish bo’yicha 
korxona ichki nazorat tizimi ma’lumotlarining ishonchliligini baholash va unga 
asosan auditorlik tanlash hajmini belgilash; 
-
Korxona hisob siyosatining xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish 
bo’yicha talablariga rioya etilganlik holatini o’rganish; 
-
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot va buxgalteriya hisobi registrlar 
ko’rsatkichlari bir biriga muvofiqligining auditi; 
-
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot va buxgalteriya hisobi registrlar 
ko’rsatkichlari bir biriga muvofiqligining auditi; 
-
Xususiy kapitalni shakllanishi va foydalanilishi bo’yicha amalga oshirilgan 
muomalalarning qonuniyligini yoki davlat tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-
huquqiy hujjatlar talablariga mosligini o’rganish; 
-
Xususiy kapital bo’yicha tahliliy hisob ko’rsatkichlarini bosh kitob va 
balans moddalaridagi ko’rsatkichlar bilan solishtirish; 
-
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot qonunchilikda belgilangan muddat va 
tartib asosida taqdim etilganligini tekshirish; 
-
Xususiy kapitalni shakllanishi va foydalanilishi bo’yicha amalga oshirilgan 
muomalalarni qonuniyligini yoki davlat tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-
huquqiy hujjatlar talablariga mosligini o’rganish; 
-
Xususiy kapitalni shakllanishi va foydalanilishi amalga oshirilgan xo’jalik 
muomalalarini buxgalteriya hujjatlari va schyotlarida to’g’ri, to’liq va o’z 
muddatida aks ettirilganligini tekshirish; 
-
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini yoki
-
amaldagi birlamchi hujjatlar ma’lumotlariga mosligini baholash; 
-
Buxgalteriya balansining xususiy kapital bo’yicha ko’rsatkichlarini 


240 
ishonchliligini yoki xususiy kapital bo’yicha rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlar 
ma’lumotlariga muvofiqligini o’rganish;
-
Xususiy kapital to’g’risida hisobot auditi natijalarini oraliq va umumiy 
auditorlik ma’lumotnomalari(dalolatnomalari)da umumlashtirish, rasmiylashtirish 
va baholash va boshqalar.
-
Hozirgi paytda ayrim korxonalar rahbarlari, soliq to’lovlarini kamaytirish, 
kelajakda kredit olinishini ta’minlash va tashqi foydalanuvchilarga noto’g’ri 
ma’lumotlar taqdim etish maqsadida o’zlarining xozirgi kundagi haqiqiy moliyaviy 
va mulkiy holatini ko’rsatishni istamaydilar, korxonaning xususiy kapital 
to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini, shu jumladan, tegishli moliyaviy xo’jalik 
muomalalari bo’yicha aylanmalarni noto’g’ri aks etish hisobiga, buzib ko’rsatishga 
harakat qiladilar. Xususiy kapital bo’yicha buxgalteriya hisobvaraqlaridagi 
yozuvlar, buxgalteriya hisobvaraqlari korrespondentlanishi hamda pul ifodasida 
to’g’ri asoslanganligini aniqlash uchun tekshirilayotgan buxgalteriya yozuvlariga 
taalluqli bo’lgan va amalda sodir etilgan xo’jalik muomalalarini yozma ravishda 
tasdiqlovchi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga huquqiy maqom beruvchi 
dastlabki hujjatlarni diqqat bilan o’rganib chiqish lozim. Xatolar to’g’risidagi 
auditorlik dalillarini ushbu va boshqa belgilarga qarab Amalda buxgalteriya hisobi 
va hisobotida tez-tez uchraydigan muhim xatoliklarni ayrim vaziyatli misollarda 
keltirilgan (7.4-rasm). Audit qilinayotgan buxgalteriya hisobotidagi ehtimoli 
bo’lgan xatolar va suyiste’mollar tahlili ularni muayyan qo’shimcha belgilariga 
qarab farqlanmasa, to’la hisoblanmaydi. Masalan, auditorlar hisob va hisobotda 
xatolarni va me’yordan chekinishlarni, ya’ni g’arazlilikni, jumladan su’iste’mol 
bilan bog’liq xatoliklarni aniqlashlari mumkin: 
a) xatolar-sabablar va xato-natija; 
b) bir martalik va doimiy; 
v) muhim va rasmiy; 
g) katta va arzimas; 
d) haqiqiy va loyihalashtirilgan va boshqalar. 


241 
-

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin