208
Kya =
x 100% = 10,2 %.
Yangilash koeffitsienti fondlarning barcha qiymati kabi ularning aktiv qismi
bo‘yicha ham, shuningdek, uskunalar guruhlari bo‘yicha
hisoblanadi va odatda
qator yillar uchun dinamikada ko‘rib chiqiladi. Bizning misolimizda yillik
yangilanish koeffitsienti 10,2% ga teng. Uskunalarning yosh tarkibi asosiy
vositalarning texnik darajasini ham tavsiflaydi. Bu
uning ishga yaroqliligi va
almashtirish zarurati haqida mulohaza qilishga, shuningdek,
fond qaytimini
oshirishning potentsial imkoniyatlarini bilishga imkon beradi. Tahlil uchun
amaldagi uskunalar turlari bo‘yicha, ularning ichida esa foydalanish davomiyligi
bo‘yicha guruhlanadi
va amaldagi muddatlar normativ, mazkur sanoat uchun
umumiy o‘rnatilgan xizmat muddatlari bilan taqqoslanadi. Bundan
tashqari,
foydalanilishi fond qaytimining etarli darajasini ta‘minlay
olmaydigan eskirgan
uskunalarning ulushi aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari kirimi asosan ikki yo‘nalishda amalga
oshiriladi:
yangi qurilish va texnik qayta qurollantirish;
amaldagi korxonalar rekonstruktsiyasi.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan
biri – bu birinchi navbatda mamlakatning
makroiqtisodiy barqarorligini, umuman
iqtisodiy o‘sishning lokomotivlariga aylanishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish,
tarmoq va sohalarni jadal rivojlantirishga,
demografik xususiyatlar, ish bilan
bandlik, aholi daromadlarini oshirish va boshqalar bilan bog‘liq O‘zbekiston uchun
o‘ziga xos bo‘lgan o‘ta muhim muammolarni hal qilishni ta‘minlashga
yo‘naltirilgan iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash
hisoblanadi.
Bundan tashqari, investitsiya mablag‘larining aksariyat qismi korxonalar
uskunalarini
modernizatsiyalash
va
texnik
qayta
qurollantirishga
yo‘naltirilayotganligi kam xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab
chiqarishni ko‘paytirishga zamin yaratadi.
209
Asosiy vositalarni muomaladan chiqarish koeffitsienti
Dostları ilə paylaş: