Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

6.2. Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili 
Asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatida, ayniqsa ishlab 
chiqarish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki asosiy vositalarsiz ishlab 
chiqarish jarayonini tashkil etish imkoni bo‘lmaydi. 
Asosiy vositalarning to‘g‘ri buxgalteriya hisobining zaruriy sharti – bu 
ularni baholashning yagona tamoyilidir. Asosiy vositalarni baholashning quyidagi 
bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi: 

boshlang‘ich; 

tiklanish; 

joriy; 

qoldiq; 

tugatish. 
Boshlang‟ich qiymat (5-sonli BXMS 3-bandi, d-abzats)
– to‘langan va 
qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal 
bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 
etkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa 
xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib 
bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymati. 
Tiklanish qiymati 
belgilangan narx indeksi

tiklanish qiymati aniqlab 
bo‘lingan
 
o‘xshash turdagi mahsulotlar narxi, narx o‘zgarishlarining 
yiriklashtirilgan koeffitsientlari yordamida aniqlanadi. Asosiy vositalar qiymatini 
ishlab chiqarishning o‘zgargan iqtisodiy va texnik shart-sharoitlariga 
mutanosiblikka keltirish uchun davriy ravishda asosiy vositalarni qayta baholash 
amalga oshiriladi. Tiklanish qiymati asosiy vositalarning real miqdorini qoplash 
uchun zarur asosiy vositalar miqdorini aniqlashga imkon beradi. 
Joriy qiymat
(5-sonli BXMS 3-bandi, e-abzats)
– ma‘lum sanadagi amal 
qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor 
qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni 


204 
amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli 
bo‘lgan summa. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin