202
asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni
amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‗rtasida bitimni
amalga oshirishda aktivni sotib
olish yoki majburiyatlarni
bajarish uchun yetarli bo‗lgan summa
Qoldiq (balans)
qiymat
jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy
vositalarning boshlang‗ich (tiklash) qiymati
Tugatish
qiymati
asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‗yicha kutilayotgan
xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat
muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‗ida olinadigan
aktivlarning faraz
qilinayotgan summasi
Asosiy vositalarni tahlil qilish xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar faoliyatida
muhim ahamiyatga ega. Tahlil natijalarining aniq, ishonchli va samarali bo‘lishi
tahlilni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Buning uchun asosiy vositalar tahlilining
vazifalar ketma-ketligini belgilab olish zarurdir.
Asosiy vositalar tahlili vazifalari:
-
asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili;
-
asosiy vositalar texnik holati tahlili;
-
asosiy vositalar harakati tahlili;
-
asosiy vositalardan samarali foydalanish tahlili;
-
xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt asosiy vositalar bo‘yicha foydalanilmagan
ichki imkoniyatlarni aniqlash;
-
asosiy vositalardan optimal foydalanish strategiyasini ishlab chiqish.
Tahlil natijalarining sifati
axborotlar ishonchliligi, ya‘ni buxgalteriya
hisobini yo‘lga qo‘yish sifati, asosiy vositalar ob‘ektlari bilan operatsiyalar tizimi
va ro‘yxatga olish nuqsonsizligi, ob‘ektlarni hisob-malaka guruhlariga kiritish
aniqligi, inventarizatsion ro‘yxatga olishlar ishonchliligi, analitik hisob registrlarini
ishlab chiqish va yuritish mukammalligiga bog‘liq bo‘ladi.
Asosiy vositalar tahlilining axborot manbalari:
1-shakl – ―Buxgalteriya balansi‖;
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi ichki hisobotlar;
Bosh daftar(asosiy vosita bilan bog‘liq sintetik schyot ma‘lumotlari)
203
―Ishlab chiqarish quvvatlari balansi‖, asosiy vositalar
hisobining inventar
kartochkalari.
Dostları ilə paylaş: