200
6-BOB. ASOSIY VOSITALAR HOLATI VA ULARDAN SAMARALI
FOYDALANISH TAHLILI
6.1. Asosiy vositalar tahlili vazifalari, asosiy yo‟nalishlari va axborot
ta‟minoti
6.2. Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
6.3. Asosiy vositalar harakati tahlili
6.4. Asosiy vositalardan samarali foydalanish tahlili
6.1. Asosiy vositalar tahlili vazifalari, asosiy yo‟nalishlari va axborot
ta‟minoti
Asosiy vositalar –ishlab chiqarish jarayonini
harakatga keltiruvchi eng
muhim omillaridan biridir. Asosiy vositalardan yaroqli holatda va samarali
foydalanish bevosita xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning faoliyatini yakuniy
natijalariga ta‘sir qiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning
asosiy vositalari va
ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish korxonaning moliyaviy ahvoli
yaxshilanishi, jumladan mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, uning
tannarxi va unga ketadigan asosiy vositalar bilan bog‘liq xarajatlarni pasaytirishga
imkon beradi.
Asosiy vositalar – moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan, bir yildan o‘zoq vaqt
xizmat
qiladigan, o‘zining qiymatini mahsulot qiymatiga yoki xarajatlarga asta-
sekinlik bilan o‘tkazib boradigan aktivlardir.
Iqtisodiyotimizning barcha sohalarida keng iqtisodiy islohatlarning amalga
oshirilishi
jumladan, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida ishlab chiqarish
jaroyonining keng ko‘lamda modernizasiya ishlarini amalga oshirilishi yalpi ichki
mahsulot tarkibida mahalliy mahsulotlar hajmining sezilarli darajada oshishiga olib
keldi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‗zida
javob
beradigan moddiy aktivlar kiritiladi
27
:
27
Ўзбекистон Республикаси 5-сон бҳмс. Асосий воситалар. АВ 09.12.2014 й. 1299-1-сон билан
рўйхатга олинган молия вазирининг Буйруғига биноан ўзгартиришлар киритилган.
201
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
b) bir birlik (to‗plam) uchun qiymati O‗zbekiston Respublikasida (xarid
paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq
bo‗lgan buyumlar.
Korxona rahbari‚ shuningdek, hisobot yilida aktivlarni buxgalteriya hisobida
asosiy vositalar sifatida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini
belgilashga haqlidir.
6.1-jadval
Dostları ilə paylaş: