218
8
Mahalliylashtirilgan
moddiy
resurslar
salmog‗I (MRm)
MRm=Mrm /
Mrj
Mrm-mahalliylashtirilgan moddiy
resurslar qiymati
9
Moddiy resurslardan
ishlab
chiqarishdan
tashqari
foydalanishning
salmog‗i(MRt)
MRt=Mrt /
Mru
Mrt-ishlab
chiqarishdan tashqari
foydalanilgan moddiy resurslar
qiymati
Mru-Umumiy
foydalanilgan
moddiy resurslar qiymati
10 Moddiy resurslarning
TMZ
tarkibidagi
salmog‗i (MRz)
MRz=Mr /
TMZ
TMZ-tovar
moddiy zaxiralar
Mr-moddiy resurslar qiymati
7.3. Ombor zaxiralari holati tahlili
Ishlab chiqarish uzluksizligini ta‘minlashda ombor zaxiralarini to‘ldirishni
to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallar bo‘yicha me‘yorlar
o‘rnatilgan bo‘lishi va shu doirada ushbu zaxiralar o‘zining maksimal miqdoridan
minimal miqdorigacha tebranishi lozim.
Korxonaning moddiy resurslar zaxirasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
normal saqlash zaxiralari – joriy va sug‘urta (ehtiyot);
texnologik va mavsumiy
zaxiralar.
Zaxiraning maksimal me‘yoriga sanab o‘tilgan tarkibiy qismlarning barchasi
kiradi va u materiallarning navbatdagi partiyasi kelib tushgan vaqtdagi zaxiralar
holatini aks ettiradi. Minimal me‘yorga joriy zaxira kiritilmaydi. Bu me‘yor
joriy
zaxira to‘liq sarflangan va etkazmalarning keyingi partiyasi kelib tushishi
kutilayotgan davrdagi zaxiralar holatini aks ettiradi.
Tahlilda materiallar ishlab chiqarish uchun sarflash
kunlarida ifodalangan
zaxiraning minimal me‘yori bilan taqqoslanadi. Shu maqsadda quyidagi shaklli
analitik jadval qo‘llaniladi (7.3-jadval)