Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Ish haqi xarajatlari tahlili. 
Ish haqi xarajatlari ishlab chiqarish 
korxonalarida salmog‗i bo‗yicha moddiy xarajatlardan keyin ikkinchi o‗rinda 
turuvchi xarajat elementi hisoblanadi. O‗z navbatida ish haqi xarajatlari uchinchi 
muhim xarajat elementi ish haqidan ajratmalar uchun ham asos bo‗ladi. Ish 
haqidan ajratmalarning kichik va yirik biznes vakillariga nisbatan 15 va 25 foizlik 
normalari belgilangan. Ish haqidan ajratmalarning mahsulot ishlab chiqarish 
tannarxida sig‗imlilik darajasi ish haqiga birlashtirilgan holda o‗rganiladi. Eng 
muhim ko‗rsatkichlar sifatida tahlil etishda quyidagi ko‗rsatkichlar tarkiblanadi: 
ish haqi fondi, bitta xodimga to‗g‗ri keladigan o‗rtacha oylik ish haqi, bir ishchiga 
to‗g‗ri keladigan ish o‗rtacha oylik ish haqi, bir kunlik o‗rtacha ish haqi, bir soatlik 
o‗rtacha ish haqi. 
9.15-jadval 
Korxonada ish haqi fondining tahlili 
Ko„rsatkichlar 
Sanoat ishlab 
chiqarish xodimlari 
Ishchilar 
Ish haqi fondi, mln 
so„m 
O‗tgan yil 
17 706,9 
17 116,5 
Haqiqatda 
26 025,6 
19 767,0 
Farqi (+,-) 
+8 318,7 
+2 650,5 
Xodimlarning 
o„rtacha ro„yxat 
bo„yicha soni, kishi 
O‗tgan yil 
1 065 
844 
Haqiqatda 
962 
769 
Farqi (+,-) 
-103 
-75 
Xodimlarning 


261 
o„rtacha ish haqi, ming 
so„m 
O‗tgan yil 
16 626,2 
20 280,9 
Hisobot yili 
27 053,6. 
25 704,4 
Farqi (+,-) 
+10 427,4 
+5 426,6 
Ish haqi fondining 
jami o„zgarishi, ming 
so„m 
+8 318,7 
+2 650,5 
Shu jumladan: 
Xodimlar soni 
o‗zgarishi hisobiga, ming 
so‗m 
-1 712,5 
-1 521,0 
O‗rtacha ish haqi 
o‗zgarishi hisobiga, ming 
so‗m 
+10 031,1 
+4 171,5 
Korxonada ish haqi fondining o‗tgan yilga nisbatan o‗zgarishi sanoat ishlab 
chiqarish xodimlari bo‗yicha 8 318,7 mln so‗mni, ishchilar bo‗yicha 2650,5 mln 
so‗mni tashkil qilgan. 
Xodimlarning o‗rtacha ro‗yxatdagi soni o‗tgan yilga nisbatan sanoat ishlab 
chiqarish xodimlari bo‗yicha 103 kishiga, ishchilarning o‗rtacha ro‗yxatdagi soni 
75 kishiga kam bo‗lgan.
Xodimlarning o‗rtacha ish haqi o‗tgan yilga nisbatan sanoat ishlab chiqarish 
xodimlari bo‗yicha +8 318,7 ming so‗mga, ishchilar bo‗yicha 2 650,5 ming so‗mga 
o‗sganligini ko‗rish mumkin. 
Ish haqi fondining o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillar sifatida xodimlar 
sonining o‗zgarishi va o‗rtacha bir xodimga to‗g‗ri keladigan ish haqining 
o‗zgarishi hisob-kitob qilinadi. Korxonada ushbu omillar hisobiga mehnat haqi 
fondining o‗zgarishi sanoat ishlab chiqarish xodimlariga nisbatan +10 031 ming 
so‗m (bir xodimga o‗rtacha ish haqining o‗zgarishi (10 427,4)) va -1 712,5 ming 
so‗mni (sanoat ishlab chiqarish xodimlari sonining o‗zgarishi hisobiga (-103)) 
tashkil etgan. 
Ishchilarning mehnat haqi fondining o‗tgan yilga nisbatan o‗zgarishiga ta‘sir 
etuvchi omillari hisob-kitobi mos ravishda +4 171,5 ming so‗m va -1 521,0 ming 
so‗mga teng bo‗lgan. 


262 
Bitta xodimga yoki bitta ishchiga to‗g‗ri keladigan ish haqi o‗zgarishlariga 
ta‘sir etuvchi omillarni quyidagi jadval ma‘lumotlari asosida hisob-kitob qilish 
mumkin. 
9.16-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin