Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Amortizatsiya va eskirish xarajatlari tahlili



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Amortizatsiya va eskirish xarajatlari tahlili. 
Amortizatsiya va eskirish 
xarajatlari asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga xos tushunchalar hisoblanadi. 
Ularning iqtisodiy mazmunini bilish uchun albatta quyidagi tushunchalarning 
tasnifini bilish lozim. 
Aktivning balans qiymati – har qanday jamg‗arilgan eskirish va yig‗ilgan 
qadrsizlanish bo‗yicha zararlar chegirib tashlanganidan so‗ng, aktivning tan 
olinadigan summasi bu uning balans qiymatidir.
Aktivning tannarxi – bu aktivni uning haridi yoki qurilishi paytida sotib 
olish uchun to‗langan pul mablag‗i yoki pul mablag‗i ekvivalentidagi qiymat yoki 
boshqa turdagi uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki ushbu 
aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Aktivning eskirish hisoblanadigan qiymati – bu aktivning tugatish qiymati 
chegirilgandagi tannarxi yoki tannarx o‗rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir. 
Aktivning eskirishi – bu aktivning eskirishi hisoblanadigan aktiv qiymatini 
uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib 
borishdir.
Asosiy vositalar – quyidagilar uchun mo‗ljallangan moddiy aktivlardir: 
(a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni 
ko‗rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma‘muriy maqsadlarda 
foydalanish uchun mo‗ljallangan; va 
(b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan. 


264 
Aktivning qoplanadigan qiymati – bu aktivning quyidagi qiymatlaridan 
yuqorirog‗i: sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va uning 
foydalanishdagi qiymati. 
Aktivning tugatish qiymati – bu aktivning chiqib ketishi bo‗yicha 
baholangan xarajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik subyekti ayni paytda xuddi 
aktiv foydali xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo‗lganidek 
aktivning chiqib ketishidan oladigan baholangan qiymatidir. 
Aktivning foydali xizmat muddati bu: 
(a) aktivning tadbirkorlik subyekti tomonidan foydalanishi uchun yaroqli 
bo‗lishi kutilgan davr; yoki 
(b) tadbirkorlik subyekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab 
chiqarish hajmi (miqdori) yoki shunga o‗xshash birliklar soni. 
Tahlil qilishda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning ishlab chiqarishda 
xizmat qiladigan tarkibi bo‗yicha amortizatsiya ajratmalarini tahliliga
amortizatsiya ajratmalarining o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillariga muhim 
ahamiyat 
beriladi. 
Amortizatsiya 
ajratmalari 
va 
eskirish 
xarajatlari 
amortizatsiyalanadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qiymatini 
o‗zgarishi va amortizatsiya normalarining o‗zgarishi hisobiga o‗zgaradi. 
Mahsulotning ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi sig‗imi quyidagi model asosida hisoblanadi: 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin