317
4. Turli tashkilotlarning moliyaviy ko‗rsatkichlarini qiyosiy taqqoslash.
Moliyaviy hisobotni gorizontal tahlili
deganda – moliyaviy hisobot
elementlari va moddalarini mutlaq va nisbiy ifodalarda, hisobot davri boshiga yoki
o‗tgan yilga nisbatan qiyosiy o‗rganishga aytiladi.
Gorizontal tahlilda ikki va undan ortiq davrlarga tegishli moliyaviy
ko‗rsatkichlar o‗zgarishiga (mutlaq va nisbiy ifodada) baho beriladi. Davr
oralig‗ini tanlashda interval oraliqlar kengligi bir xilda olinadi. Masalan‚ hisobot
yilining chorak, yarim yillik va yillik ko‗rsatkichlari mos ravishda o‗tgan yilning
chorak, yarim yillik va yillik ko‗rsatkichlari bilan qiyoslanadi.
Gorizontal va vertikal tahlil turlarini bir-biridan ajratgan holda tasavvur
qilish qiyin. Negaki‚ ulardan birgalikda foydalangandagina mazmun kasb etadi.
Shu sababli‚ gorizontal va vertikal tahlil turlari doimo bir butunlikda olib boriladi.
Korxonada aktivlarning yil boshiga nisbatan o‗zgarishi 11 078 788 407 ming
so‗mni tashkil etgan. Nisbiy o‗zgarishi, ya‘ni o‗sish darajasi 1,84 ni yoki 184
foizni tashkil etgan. Joriy aktivlarda uzoq muddatli aktivlarning o‗sishi mutlaq
ifodada 2 373 468 015 ming so‗mni, o‗sish darajasi 123,3 foizni tashkil qilgan.
Joriy aktivlarning davr boshiga nisbatan o‗zgarishi 8 705 320 392 ming so‗mni,
o‗sish darajasi 3,9 baravarga ortgan.
10.15-jadval
Dostları ilə paylaş: