Buxgalteriya balansini “o„qish”
Korxonalarning moliyaviy hisobotlarini o‗qish undagi pul munosabatlariga,
moliyaviy holatiga baho berish uchun muhimdir.
Moliyaviy hisobot va moliyaviy hisobotlarni ―o‗qish‖ga olimlar tomonidan
turlicha tavsiflar beriladi.
Moliyaviy hisobotlarni ―o‗qish‖ so‗zi juda keng ma‘noli tushuncha.
Balansni qanday ―o‗qish‖ mumkin? Uni ―o‗qish‖ orqali nimalar o‗rganiladi?
―O‗qish‖ tahlil usulimi yoki tahlil o‗qishning usulimi? Bu kabi savollarga javob
topish yuzasidan uning lug‗aviy ma‘nosini tushunib olish lozim.
―O‗qish‖ga matnni tushunishga qaratilgan murakkab kodlash jarayoni deb
qaraladi. Lekin moliyaviy hisobotlarda matnlar yo‗q, unda faqat ko‗rsatkichlar,
qatorlar va ularga tegishli raqamlar mavjud.
―O‗qish‖ – til, muloqot, axborot va g‗oyalarni almashish vositasidir.
―O‗qish‖ ijodiy yondashuvni va tanqidiy tahlilni talab etadi.
―O‗qish‖ga qonunlar yo‗q, o‗qish paytida hech narsa cheklanmadi.
311
―O‗qish‖ moliyaviy hisobotlar, moliyaviy tahlilning muhim va dastlabki
usuli hisoblanadi.
O‗qish deganda adabiy tilda matnni o‗qish va tovushlarda ifoda etish
tushuniladi. Moliyaviy hisobotda esa yondashuv biroz murakkablashadi.
―O‗qish‖ so‗zi moliyaviy hisobotlar va ularning shakllariga nisbatan
ishlatishning mohiyati shundaki, ushbu hisobotlar faqat raqamlar ifodasidagi
ko‗rsatkichlarni tartibli joylashtirishdan iborat matnga o‗xshaydi. Matndagi
raqamlar nimani ifoda etishini bilgan holdagina, matnni o‗qish mumkin. Sodda
qilib aytganda, moliyaviy hisobotlarni o‗qish deganda korxona moliyaviy ahvolini,
moliyaviy natijalarini, pul mablag‗lari va xususiy kapitalini moliyaviy hisobot
shakllarida raqamlarda yashiringan so‗zlar orqali bilish, tushunish, anglash
tushuniladi.
Moliyaviy hisobotni ―o‗qish‖ni mazmunini nima tashkil etadi. Bizningcha,
moliyaviy hisobotni o‗qish deganda ko‗rsatkichlarni arifmetik hisob-kitoblarsiz uni
mantiqiy tavsiflash tushuniladi.
―O‗qish‖ uchun alifbo asoslarini bilish lozim. Moliyaviy hisobotlarni
o‗qishda bunday asos bo‗lib, moliyaviy hisobot qatorlarida aks etgan tushunchalar
hisoblanadi. Ularning bir qismi barcha uchun tushunarli bo‗lishi mumkin, lekin
ayrim qatorlarini faqat maxsus bilimga va kasb malakasiga ega bo‗lganlar
tomonidangina tushuniladi. Bunda tushunchalar sifatida moliyaviy hisobotning,
balansning istalgan qatorini keltirish mumkin. Masalan: moliyaviy qo‗yilmalar,
investitsiyalar, majburiyatlar, kapital, pul ekvivalentlari, zaxiralar va h.k. Shu
sababli, balansni o‗qishdan oldin uning barcha moddalarini tushunib olish talab
etiladi. Nafaqat ularni tushunish balki, baholanishi, faoliyatdagi rolini, boshqa
tushunchalar bilan aloqasini, iqtisod va moliyaviy jihatdan uning o‗zgarishlarini
ahamiyatini ham anglash talab etiladi.
Buxgalteriya balansini o‗qish orqali:
- korxona to‗g‗risida muhim ma‘lumotlarni olish;
- aylanma mablag‗larni ta‘minlanish darajasini baholash;
- o‗z aylanma mablag‗lari bilan ta‘minlanganligini bilish;
312
- korxonaning moliyaviy holatini dastlabki baholash imkoni tug‗i-
ladi.
Buxgalteriya balansini dastlabki o‗qishda moliyaviy jihatdan quyidagilar
o‗rganiladi:
- aktivlarning umumiy summasi va uning yil davomida o‗zgarishi;
- xususiy sarmoya va majburiyatlarning summasi, ularning yil davomida
o‗zgarishi;
- uzoq muddatli va joriy aktivlarni moliyalashtirish holati va ularning
o‗zgarishi;
- debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibi, holati va o‗zgarishi;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning tarkibi, holati va o‗zgarishi;
- joriy aktivlarning tarkibiy tuzilishi va o‗zgarishi.
Buxgalteriya balansi asosida moliyaviy holat baholanadi. Shu sababli
moliyaviy holat tahlili deganda ko‗pincha buxgalteriya balansi tahlili tushuniladi.
Uning muhim yo‗nalishlariga quyidagilar kiradi:
1.
Qisqa muddatga moliyaviy holat tahlili;
2.
Uzoq muddatga moliyaviy holat tahlili;
3.
Korxona ish aktivligi tahlili.
Moliyaviy hisobotni tahlil etish
deganda – korxonaning muayyan sanaga
bo‗lgan moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‗zgarishlar haqidagi
axborotlarni analitik qayta ishlash jarayonlari tizimi tushuniladi.
Moliyaviy hisobotni o‗qishda, bir xil holatning har xil jihatlarini aks
ettiruvchi hisobot shakllaridagi ma‘lumotlarning o‗zaro mosligiga ham ahamiyat
qaratiladi. Masalan, buxgalteriya balansida ayrim qatorlar boshqa moliyaviy
hisobot shaklining tegishli qatorlari bilan mos kelishi lozim.
Buxgalteriya balansini o‗qish va tahlil etish orqali korxona moliyaviy
holatiga baho berishda o‗rganiladigan masalalar kengligi sababli ularni bir tizimga
solib olish talab qilinadi.
Bu holatni quyidagi o‗rganiladigan mavzular bo‗yicha tuzib chiqish
mumkin.
313
10.12-jadval
Dostları ilə paylaş: |