Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

SF
1
/ SF
0
 >ST
1
/ ST
0
> XK
1
/XK
0
> A
1
/A
0
>1 yoki 
SF
1
/ SF
0
*100 >ST
1
/ ST
0
*100> XK
1
/XK
0
*100> A
1
/A
0
*100>100 
Bu yerda:SF
1
/ SF
0
- sof foydaning o‗sishi; 
ST
1
/ ST
0
- sotishdan tushumning o‗sishi; 
XK
1
/XK
0
- xususiy kapitalning o‗sishi; 
A
1
/A
0
- aktivlarning o‗sishi. 
Samaradorlik, natijaviylik va daromadlikning barcha ko‗rsatkichlari ham 
moliyaviy barqarorlikni doimo ham ta‘minlay olmaydi‚ agar ular orasidagi 
yuqoridagi nisbatlar saqlanmasa. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni mutlaq
ifodalarini o‗rganishda bazan korxonaning foyda bilan chiqish hollarida ham 


325 
nobarqarorlik holatlari kuzatiladi. Bu bevosita birinchidan foydaning sifatliligi va 
uning o‗tgan yillarga nisbatan o‗sishi bilan izohlanadi. Yoki, aktivlar va zaxiralarni 
ortiqcha ushlab turishlar tufayli yuzaga keladi.
Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi sof foydaning yillar bo‗yicha 
jamlangan qismi balansning taqsimlanmagan foyda qatorida aks etadi. Ushbu 
qatorning realligini ta‘minlash yuzasidan ko‗pincha debitorlik majburiyatlarining 
qisqa muddatlikda oqlanishiga ahamiyat qaratish lozim bo‗ladi. Bu jarayon faqat 
ularning pullik ko‗rinishda aktivda to‗planishini emas‚ balki aktivlarning barcha 
turlari bo‗yicha to‗planishi mumkinligini ham xarakterlaydi. Shu sababli‚ 
ko‗pincha passiv tomonda aks etuvchi foyda summasining sifatliligi 
ta‘minlanmaydi. 
Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko‗payib ketishi ham 
firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta‘sir etadi. Negaki, uning holati 
ishlab chiqarish jarayoniga va uning boshqa tashkilotlar bilan bo‗ladigan oldi-sotdi 
munosabatlariga ta‘sir etadi. Natijada korxonalarga ishonchsizlik tug‗iladi. 
Ishonchsizlik yuz bergan joyda albatta ishning unumi va natijaviyligiga ham putur 
yetadi. 
Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga balki uning 
moliyaviy holatiga ham bog‗liq ravishda o‗zgaradi. Passivlarni joylashtirishdagi 
eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani jami sarmoya tarkibidagi ulushining 
yuqoriligi bilan xususiy sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo‗lmasligi shartlari 
bilan belgilanadi. Ya‘ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega 
bo‗lmog‗i, uning to‗g‗ri nisbatini saqlashi lozim. 
Moliyaviy 
barqarorlikning 
muhim 
sharti 
zaxira 
va 
xarajatlarni 
moliyalashtirish yuzasidan o‗z va qarz mablag‗lari yetarliligi yoki yetishmasligi 
ko‗rsatkichlarini hisob-kitob qilishda ham xuddi shu bog‗liqlikni ko‗rish mumkin. 
Xususiy sarmoya yetarli bo‗lmagan hollarda uzoq va qisqa muddatli 
majburiyatlarni jalb etish biznesning, tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti 
hisoblanadi. Shu sababli‚ aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan 


326 
foydalanishda albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta‘minlashga 
muhim ahamiyat qaratish lozim. 
Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik 
koeffitsiyenti, o‗z va qarz mablag‗lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik 
koeffitsiyenti, 
o‗z 
sarmoyasining 
harakatchanlik 
koeffitsiyenti, 
qarz 
mablag‗larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o‗z mablag‗lari nisbati 
koeffitsiyentlari kiradi. 
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‗z 
majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini 
baholashga qaratilgan. 
Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari: 
Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining 
o‗zgarishlarini baholash; 
Moliyaviy barqarorlikka ta‘sir etuvchi omillarni o‗rganish; 
Moliyaviy barqarorlikni ta‘minlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va 
ulardan samarali foydalanishni yo‗lga qo‗yish; 
Moliyaviy barqarorlikni o‗stirish choralarini ko‗rish; 
Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi 
o‗zgarishlarga ta‘sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash. 
Moliyaviy barqarorlikka ta‘sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: 
Ichki omillar: aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni to‗g‗ri 
boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to‗g‗ri 
boshqarish; jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish. 
Tashqi omillarga: mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat); bozordagi raqobat 
va kurash; makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar (valyuta kurslari o‗zgarishi, soliq va 
kredit qiymatidagi o‗zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji); siyosiy holat 
(iqtisodning tartiblanishi, rag‗batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); 
inflyatsiya holati. 
Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta‘minotiga asosiy va 
qo‗shimcha manbalarni kiritish mumkin. Asosiy manbalariga: buxgalteriya 


327 
balansi, moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobot, xususiy kapital to‗g‗risidagi 
hisobot shakllari kiradi. 
Qo‗shimcha manbalarga: ta‘sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, 
statistik manbalar va boshqa manbalar kiradi. 
O‗zbekiston amaliyotida moliyaviy barqarorlikni baholash bo‗yicha 
ko‗rsatkichlar tizimini o‗rganish natijasida shuni alohida qayd etish lozimki, 
moliyaviy barqarorlikni ko‗rsatkichlar tizimi turli manbalarda turlicha keltiriladi. 
Ularning sonini aniq aytish qiyin. Lekin shunga qaramay ularni balansning tarkibiy 
qismlari va jamlangan qatorlariga nisbatan bir tizimga solish mumkin.
Moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‗rsatkichlar tizimi quyidagi ikkita 
tarkib bo‗yicha guruhlanishi ham mumkin:
1. Aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibiy tuzilishi bo‗yicha 
moliyaviy barqarorlik ko‗rsatkichlari. Ular qatoriga moliyaviy mustaqillik 
(avtonomiya), moliyaviy qaramlik, o‗z va qarz mablag‗lari nisbati, qoplash 
koeffitsiyenti va boshqa ko‗rsatkichlarni kiritish mumkin. Mazkur qator bo‗yicha 
moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‗rsatkichlar sifatida boshqa manbalarda 
uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, o‗z mablag‗lari manbasi va majburiyatlar 
bilan bog‗liq ko‗rsatkichlarini alohida tarkiblash tartibi belgilangan.
2. Aktivlarni moliyalashtirish bilan bog‗liq barqarorlik ko‗rsatkichlari. 
Mazkur ko‗rsatkichlarga o‗z aylanma mablag‗lari bilan ta‘minlanganlik, manevrlik 
koeffitsiyenti, 
tovar-moddiy 
zaxiralarning 
o‗z 
mablag‗lari 
hisobiga 
moliyalashtirilishi, sof aylanma aktivlar naqdligi ya‘ni, o‗z aylanma 
mablag‗larining turli aktivlar va kapitalga nisbati orqali hisob-kitob qilinuvchi 
koeffitsiyentlar kiradi. 
Moliyaviy barqarorlikning barcha ko‗rsatkichlari bo‗yicha O‗zbekiston va 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi mamlakatlari amaliyotida me‘yor darajalarini 
belgilashga amal etiladi. Lekin ushbu amaliyotdan xalqaro tajribada 
foydalanilmaydi.
Moliyaviy barqarorlikni baholashda yana bir muhim farqli jihat ularning 
mutlaq ifodada o‗rganilishi bilan ham xarakterlanadi. Mazkur tartib bo‗yicha 


328 
moliyaviy barqarorlikning uchta muhim ko‗rsatkichi baholanadi. Mazkur 
ko‗rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
1. O‗z aylanma mablag‗larining naqdligi (O‗AMN);

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin