Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me‟yoriy



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 
10.5. Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me‟yoriy 
barqarorlik, nobarqaror va inqirozli holatlar 
Korxona barqarorligini eng muhim ko‗rsatkichlaridan biri bu moliyaviy 
barqarorlik ko‗rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan 
bo‗lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi mumkin bo‗ladi. Agar korxona 
mablag‗larni erkin tasarruf eta olsa, ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab 
chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta‘minlansa, bunday 
korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin. 
Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin. 
Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‗lovga qodirligiga uzoq muddatli 
o‗rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‗proq ahamiyat qaratiladi. 
Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning 
bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‗ladi. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni 
makro va mikro ko‗lamda tadqiq etish doimo iqtisodchilarning doimiy e‘tiborida 
bo‗lib kelgan. 
Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda, 
firma va kompaniyalarda o‗rganishga, qisqa, o‗rta va uzoq davriylikda baholash 
amaliyotini yo‗lga qo‗yishga, uni o‗stirishning aniq chora-tadbirlarini belgilashga 
ahamiyat qaratiladi. 
Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‗rsatkichlar tizimidan 
foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin. 
- firma va kompaniyalarning to‗lov qobiliyati; 
- korxona o‗z mablag‗larining qaramlik koeffitsiyenti; 


323 
- aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti; 
- foizlarni qoplash koeffitsiyenti. 
Korxonada moliyaviy resurslarni to‗g‗ri shakllantirish, ularning 
taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta‘minlashning 
muhim omillari hisoblanadi. Ya‘ni, moliyaviy barqarorlik korxona moliyaviy 
resurslarni qay darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi. 
Moliyaviy barqarorlikni ta‘minlash yuzasidan quyidagi muhim ahamiyat 
qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab chiqarishni tashkil 
etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy natijaviylikka, aylanma mablag‗lar 
bilan ta‘minlanganligiga, moliyalashtirishda avtonomlik darajasiga, ish va 
bozordagi aktivligining himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga. 
Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‗rsatkichlarda baholanadi. 
Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‗rsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish 
zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini 
ifoda etadi. 
Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish 
manbalariga albatta birinchi navbatda o‗z mablag‗lari manbasi (ustav kapitali, 
rezerv kapitali, qo‗shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlardan 
iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi. 
Aktivlarni moliyalashtirishda ko‗proq uzoq muddatli kreditlar va qarzlar 
ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‗plash va moliyalashtirishda qisqa 
muddatli kreditlar va qarzlardan keng foydalaniladi. 
Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‗rsatkichlarini aniqlashda, aktivlar va 
zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‗rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: 
- aktivlar (uzoq muddatli); 
- ishlab chiqarish zaxiralari; 
- o‗z mablag‗lari manbasi; 
- uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar); 
- qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar). 


324 
Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni sog‗lomlashtirishning aniq 
chora-tadbirlarini ko‗rish aslida makro ko‗lamdagi barqarorlikni ta‘minlashning 
ham muhim omili hisoblanadi. Shu sababli‚ yuzaga kelgan holatda e‘tiborni, 
birinchi navbatda korxonalarni moliyaviy sog‗lomlashtirishga va ularning 
kelgusida barqaror o‗sishini ta‘minlashga qaratmoq lozim. 
Korxonaning moliyaviy holati xo‗jalik subyektining moliyaviy resurslar 
bilan ta‘minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi va samarali 
foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‗ladigan 
moliyaviy munosabatlarni, to‗lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini 
tavsiflashni xarakterlaydi. 
Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va 
zaxiralarni moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va qaramlikning, o‗z va 
qarz mablag‗larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi. 
Korxona moliyaviy barqarorligini ta‘minlashning eng muhim omili bu 
uning faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin qoidasiga 
asoslangan tartibining saqlanishidir. 
Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‗lanishlarda berib o‗tish 
mumkin: 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin