Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


“O„zbekiston temir yo„llari” AJ ning moliyaviy natijalar to„g„risidagi



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 “O„zbekiston temir yo„llari” AJ ning moliyaviy natijalar to„g„risidagi 
hisoboti (2016-2017 yy.) 
Ko„rsatkichlar nomi 
2017 yil 
2016 yil 
O„zgarishi 
(+;-) 
O„sishi, 

Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan 
sof tushum 
5 180 801 340 3 362 225 550 1 818 575 790 
154 
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning 
tannarxi 
3 191 287 162 2 474 622 038 716 665 124 
128.9 
Mahsulot 
(ish 
va 
xizmat)larni 
sotishning yalpi foydasi 
1 989 514 178 887 603 512 1 101 910 666 224.2 
Davr xarajatlari 
752 744 444 568 302 199 184 442 245 
132.3 
Boshqa operatsion xarajatlar 
178 630 359 135 306 333 43 324 026 
131.8 
Asosiy faoliyatning foydasi 
1 415 400 093 454 607 646 960 792 447 
311.6 
Moliyaviy faoliyat bo‗yicha xarajatlar 
833 455 050 159 047 300 674 407 750 
523.8 
Moliyaviy faoliyatning daromadlari 
506 789 162 269 112 080 237 677 082 
188.1 
Daromad (foyda) solig„ini to„lagunga 
qadar foyda 
1 088 734 205 564 672 426 524 061 779 
192.9 
Favquloddagi foyda va zararlar 




Daromad (foyda) solig‗i 
30 730 577 
16 304 363 
14 426 214 
187.5 
Foydadan boshqa soliqlar va yig‗imlar 
83 965 344 
40 674 456 
43 290 888 
207.5 
Hisobot davrining sof foydasi 
974 038 284 507 693 607 466 344 677 
192.1 
 
11.4. Xo„jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo„lmagan faoliyatidan 
olingan daromadlari tahlili 
 
Xo‗jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati turi keng qo‗llaniladigan va 
ahamiyatli ko‗rsatkichlardan biri hisoblanadi. Korxonalarga soliq solish tartiblari, 
ularning stavkalari, qator imtiyozlar va periferensiyalar ushbu faoliyat turidan kelib 
chiqqan holda belgilanadi. 
Amaldagi me‘yoriy huquqiy hujjatlar talabiga muvofiq asosiy faoliyat turini 
belgilash tartiblariga quyidagicha amal qilinadi: 
- Agar asosiy faoliyat turini belgilashda olingan tushumning yoki qo‗shilgan 
qiymat solig‗i summasining salmog‗iga bosh omil sifatida qaraladi. Eng yuqori 
tushum olib kelgan, yoki eng yuqori qo‗shilgan qiymat solig‗ini aniqlangan 
faoliyat turi deb belgilanadi.


373 
- Statistika organlari korxonalarning asosiy faoliyat turini belgilashda ular 
tomonidan topshiriladigan statistik hisobot manbalariga tayanadilar. Bunda ham 
asosiy faoliyat turi statistika organi tomonidan korxona ishtirokisiz, mustaqil
sotishdan olingan sof tushum hajmiga qarab belgilanadi. 
Ba‘zi hollarda bir yilda bir marta, boshqalarida esa uni har chorakda belgilash 
talab etiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida asosiy va birgalikdagi faoliyat 
turlariga quyidagicha ta‘rif beriladi: 
Asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‗yicha 
umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan 
faoliyatdir. 
Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot — birgalikdagi faoliyat natijasi 
bo‗lgan tovar (ish va xizmat)lardir.
41
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tahlilida joriy davrda mahsulot (ish va 
xizmat)larni sotishdan sof tushumning hajmi, sotilgan mahsulot (ish va 
xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, operatsion daromadlar va 
xarajatlarning tahlili amaldagi ―Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va 
sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to‗g‗risida‖gi nizom talablari bo‗yicha amalga oshiriladi. Shu sababli yuqoridagi 
tarkibdan bir muncha farq qiladi. 
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini aniqlashda asosiy va asosiy 
bo‗lmagan faoliyat turlarini tarkiblash bir mazmunda qaralmaydi. Asosiy faoliyat 
sifatida mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan eng yuqori tushumga ega qator 
tarkiblansa, qolgan barcha sotishlar asosiy bo‗lmagan faoliyat sifatida tarkiblanadi. 
Lekin ularning barchasi moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda asosiy faoliyat 
natijasi (hisobotning 100-satri) sifatida qayd etiladi. 
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni 
sotishning yalpi foydasi (zarari) (moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotning 030-
41
Солиқ Кодекси, 22-модда 


374 
satr), davr xarajatlari (040-satr), asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (090-
satr)dan iborat bo‗ladi. 
 
Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, asosiy faoliyat korxona faoliyatining 
(ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, ijara va h.k.) xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda faoliyatlar, soliqqa tortish, imtiyoz va periferensiyalardan kelib 
chiqib belgilanishi mumkin. 
Tushumni tan olishda realizatsiya qilishning mazmunini ham aniq tushunib 
olish lozim. 
Realizatsiya qilish deganda — sotish, ayirboshlash, beg‗araz berish 
maqsadida tovarlarni jo‗natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar 
ko‗rsatish, shuningdek, garovga qo‗yilgan tovarlarga bo‗lgan mulk huquqini 
garovga qo‗yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish nazarda tutiladi. 
Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‗rsatilganligi 
to‗g‗risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‗natilganligini (topshirilganligini), ishlar 
bajarilganligini, xizmatlar ko‗rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va 
boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi
42

11.8-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin