241
9-BOB. Mahsulot ishlab chiqarish va davr xarajatlari tahlili
9.1. Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari
9.2. O„zgaruvchan va o„zgarmas xarajatlar tahlili
9.3. Xarajatlarni umumiy hajmi va ularni asosiy elementlari bo„yicha
baholash, tahlil qilish
9.4. Xarajatlarni faoliyat turlari, javobgarlik markazlari kalkulyatsiya
moddalari bo„yicha tahlili
9.5. Moddiy, mehnat haqi, asosiy vositalarni saqlash va ishlatish
xarajatlari tahlili
9.6. Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tahlili
9.7. Mahsulot (ish, xizmat)larning xarajat sig„imini tahlili
9.8. Xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorlikni oshirish yo„llari
9.1. Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari
Korxona faoliyatining muhim va unga baho beradigan mezon
ko‗rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaga ta‘sir etuvchi omil bu
tannarxdir.
Tannarx tahlili orqali har bir xo‗jalik yurituvchi
subyektni ishlab chiqarish,
ish bajarish, xizmat ko‗rsatish yuzasidan qilingan xarajatlarini maqsadga
muvofiqligi, samaradorligi va natijaviyligi baholanadi.
Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning
ko‗payishidir
28
.
Xarajatlar – muayyan davr oralig‗ida sarflangan resurslarning pul
o‗lchovidagi qiymatidir.
Xarajat – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki
ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‗rtasida
kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
29
28
Ўзбекистон Республикаси Бухгалтерия ҳисобининг миллий стандарти ―Молиявий ҳисоботни
тайѐрлаш ва тақдим этиш учун концептуал асос‖(А
В 09.09.2016 й. 475-1-сон билан рўйхатга
олинган)
242
Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan
tabiiy
resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‗i, energiya, asosiy vositalar
(amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‗liq
xarajatlarning qiymat ko‗rinishini ifodasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi xarajatlarini hisobga olish va nazorat
qilish, mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini
aniqlash, korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo‗yicha
qarorlarni
qabul qilish, resurslardan foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy
etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan
ko‗rilgan samaradorlikni ifodalaydi.
Moliya-xo‗jalik faoliyati bilan bog‗liq xarajatlar tarkibi xo‗jalik yurituvchi
subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‗jalik
yurituvchi subyektda paydo bo‗ladigan barcha xarajatlar to‗g‗risida to‗liq va aniq
axborot shakllantirilishi, soliq solinadigan bazani to‗g‗ri aniqlash maqsadida
belgilanadi.
Moliya-xo‗jalik faoliyati bilan bog‗liq barcha
xarajatlar quyidagilarga
guruhlanadi:
1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan
ishlab chiqarish
xususiyatiga ega bo‗lgan ustama xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan
olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr
xarajatlariga kiritiladigan
xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma‘muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
29
Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартлари
243
3. Xo‗jalik yurituvchi subyektning umumxo‗jalik faoliyatidan olingan foyda
yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‗jalik yurituvchi
subyektning moliyaviy faoliyati bo‗yicha xarajatlari:
a) foizlar bo‗yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‗yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog‗ozlarga qo‗yilgan mablag‗larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bo‗yicha boshqa xarajatlar.
4. Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‗langunga qadar foyda
yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot
(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan, ishlab chiqarish
texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga
quyidagilar tegishli bo‗ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va
bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‗ra quyidagi elementlar bilan
guruhlarga ajratiladi:
1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati
chiqarib tashlangan holda);
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan mehnatga haq to‗lash
xarajatlari;
3. Ishlab chiqarishga tegishli bo‗lgan ijtimoiy sug‗urtaga
ajratmalar;
4. Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‗lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi;
5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‗lgan boshqa xarajatlar.
1. Moddiy xarajatlar xarajatlarning eng muhim va asosiy qatori hisoblanadi.
Ularning jami xarajatlar tarkibidagi salmog‗i ishlab chiqarish, faoliyat
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Sanoat bo‗g‗inida moddiy xarajatlar salmog‗i 60-70
foizgacha tashkil etadi.
244
Ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan moddiy xarajatlar tarkibiga quyidagi
xarajatlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: