Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


-jadval  Moddiy xarajatlar tarkibi



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

9.1-jadval 
Moddiy xarajatlar tarkibi 
a)
Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga 
kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar 
ko‗rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan 
xomashyo va materiallar. 
b)
Normal texnologiya jarayonini ta‘minlash va mahsulotlarni o‗rash uchun 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga 
sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar 
sinovini o‗tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) 
uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan 
materiallar, shuningdek‘ asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, 
inventarlarning, xo‗jalik buyumlarini va asosiy vositalarga kirmaydigan 
boshqa mehnat vositalarini qiymati 
c)
Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‗jalik yurituvchi subyektda montaj 
qilinadigan yoki qo‗shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim 
tayyor mahsulotlar 
d)
Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek‘ xo‗jalik yurituvchi 
subyektning ichki tarkibiy bo‗linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning 
asosiy turiga tegishli bo‗lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan 
ishlar va xizmatlar 
e)
Tabiiy xomashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik 
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga 
haq to‗lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‗lash, korxonalar 
tomonidan suv xo‗jaligi tizimlaridan beriladigan iste‘mol qilinadigan suv 
uchun haq to‗lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun — yog‗och, taxta 
materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga 
huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash 
xarajatlari 
f)
Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, 
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‗ining chetdan sotib olinadigan barcha 
turlari, xo‗jalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan 
ishlab chiqarishga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha transport ishlari 
g)
Xo‗jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab 
chiqarish va xo‗jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid 
qilinadigan energiya. (Xo‗jalik yurituvchi subyektning o‗zi tomonidan ishlab 
chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, 
shuningdek‘ xarid qilinadigan energiyani iste‘mol joyigacha transformatsiya 
qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi) 
h)
Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam 
chiqishi 


245 
i)
Xo‗jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy 
resurslarni yetkazish bilan bog‗liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham 
shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga 
kirishi kerak (mehnatga haq to‗lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, 
moddiy xarajatlar va boshqalar) 
j)
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib 
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi 
k)
Mahsulot 
tannarxiga 
kiritiladigan 
moddiy 
resurslar 
xarajatlaridan 
qaytariladigan chiqitlar qiymati‘ idish va o‗rash-joylash materiallari qiymati 
ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi 
bo‗yicha chiqarib tashlanadi 
l)
«Moddiy xarajatlar» elementi bo‗yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar 
qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‗shimcha 
narx (ustama)dan, ta‘minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan 
to‗lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari 
qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‗imlardan, 
soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo‗shilgan qiymat 
solig‗i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq 
to‗lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va 
yetkazib berishga haq to‗lashdan kelib chiqib shakllanadi 
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan mehnatga haq to‗lash xarajatlari. 
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‗lgan mehnatga haq to‗lash xarajatlari 
tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin