Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


-jadval  Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo„lgan nomoddiy



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

9.4-jadval 
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo„lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi bo„yicha xarajatlar 
a)
Asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) 
bo‗yicha olingan, buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq 
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi 
b)
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‗lgan nomoddiy aktivlar (Gudvill 
(firmaning narxi)dan tashqari), buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi. Foydali 
foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo‗lmagan nomoddiy aktivlar (Gudvill 
(firmaning narxi)dan tashqari) bo‗yicha eskirish normasi besh yil hisobiga 
belgilanadi, biroq xo‗jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas 
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. Ular tarkibiga yuqoridagi 
tarkiblarga kirmaydigan, ishlab chiqarish bilan bevosita va bilvosita bog‗liq 
bo‗lgan boshqa xarajatlar kiradi. 
9.5-jadval 
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar 
a)
Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‗rsatish xarajatlari 
b)
Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‗lgan 
xizmat safarlariga yuborish bo‗yicha xarajatlar 
c)
Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va 
ixtiyoriy sug‗urta qilish xarajatlari 
d)
Brak tufayli kelib chiqadigan yo‗qotishlar 
e)
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‗ra bekor turishlar tufayli 
yo‗qotishlar 
f)
Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga 
kafolatli xizmat ko‗rsatish xarajatlari 
g)
Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari 
h)
Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‗qolishi munosabati 


247 
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz 
to‗lanadigan nafaqalar 
i)
Umumiy foydalaniladigan yo‗lovchilar transporti xizmat ko‗rsatmaydigan 
yo‗nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‗liq 
xarajatlar 
j)
Obyektlarni davlat kapital qo‗yilmalari hisobiga qurishda qurilish 
tavakkalchiliklarini sug‗urta qilish bilan bog‗liq xarajatlar 
k)
Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish 
bilan bog‗liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bo‗lmagan mol-mulk 
yuzasidan belgilangan tartibda 
Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo‗yicha xarajatlar, agar ular 
kapital xarajatlarga tegishli bo‗lmasa (ya‘ni asosiy vositalar sifatida 
kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar «Kelgusi davrlar xarajatlari» sifatida 
qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda 
ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va 
miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar 
xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xo‗jalik yurituvchi 
subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak 
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik, homiladorlik va tug‗ish nafaqalari to‗lash bilan bog‗liq 
xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq to‗lanishi kerak 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin