Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


  9.29-jadval  Davr xarajatlarining tahlili



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 


278 
9.29-jadval 
Davr xarajatlarining tahlili 
t/r 
Davr xarajatlari 
tarkibi 
O„tgan yil 
Hisobot yili 
farqi 
O„sish 
darajasi 
summasi 
salmog„

summasi 
salmog„

summasi 
salmog„


Sotish xarajatlari 
254 260 
58,29 389 452 65,20 135 192 +6,91 
153,2 

Ma‘muriy xaratlar 
56 423 
12,93 
65 241 
10,92 
8 818.0 
-2,01 
115,,6 

Boshqa operatsion 
xarajatlar 
125 463 
28,76 142 560 23,86 17 097.0 -4,09 
113,6 

Jami 
436 146 
100 
597 253 
100 
161 107 

136,9 
Korxonada davr xarajatlari o‗tgan yilga nisbatan 161 107 ming so‗mga 
ortgan. Bu bevosita sotish xarajatlarining 135 192 ming so‗mga, ma‘muriy 
xarajatlar 8 818 ming so‗mga, boshqa operatsion xarajatlarining 17 097 ming 
so‗mga o‗sishi hisobiga ro‗y bergan. Davr xarajatlari tarkibida eng yuqori ulushni 
sotish va boshqa operatsion xarajatlar tashkil etgan. Jami davr xarajatlarining 
o‗tgan yilga nisbatan o‗sishi 136,9 foizni tashkil etgan. 
 
9.8. Xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorlikni oshirish yo„llari 
Ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirishning eng muhim tadbirlariga 
ishlab chiqarish quvvatlaridan to‗liq foydalangan holda ishlab chiqarish hajmini 
o‗stirish, mehnat unumdorligini oshirish, resurslardan samarali va tejamli 
foydalanish, ishlab chiqarishda brak mahsulotlarga yo‗l qo‗ymaslik hisobiga ishlab 
chiqarish xarajatlarini keskin qisqartirish tadbirlari kiradi. Ularni tarkib bo‗yicha 
ikkita guruhga ajratish mumkin. 
1. Mahsulot hajmini o‗stirish imkoniyatlari; 
2. Xarajatlarni pasaytirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirish 
imkoniyatlari. 
Korxona daromadliligini ta‘minlash va uni o‗stirishning eng muhim omili bu 
ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va ularni minimallashtirish bilan 
bog‗lanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bahosini o‗sishi hisobiga erishilgan 
ijobiy natijani doimo ham ta‘minlab bo‗lmaydi. Chunki baho o‗zgarishlari 


279 
korxonani foydaga ishlashini kafolatlay olmaydi. Negaki, mahsulotlarning bahosi 
bozor qonun qoidalari asosida tashqi omil sifatida doimo o‗zgarib turadi.
Xarajatlarni iqtisod qilish korxona rentabelligini o‗stirishning ham zaruriy 
sharti hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisod qilish uning tarkib elementlari 
va xarajat moddalari bo‗yicha chuqur va keng qamrovli tahlil o‗tkazish talab 
etiladi. 
Xarajatlarni iqtisod qilish har bir xarajat elementi, uning o‗zgarishlari, 
o‗zgarish sabablarini tizimli modellar asosida tadqiq etishni talab etadi. 
Shu bilan birga korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish 
yuzasidan quyidagi yo‗nalishlarini belgilab o‗tish lozim: 
- mehnat predmetlari va ulardan foydalanish bilan bog‗liq imkoniyatlar; 
- mehnatning o‗zi bilan bog‗liq imkoniyatlar; 
- mehnat vositalari bilan bog‗liq imkoniyatlar; 
- ishlab chiqarishni, mehnatni va boshqaruvni tashkil etish bilan bog‗liq 
imkoniyatlar.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisod qilish, xarajatlarni kamaytirishning eng 
maqbul yechimiga ishlab chiqarishni texnik rivojlantirish orqaligina erishiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisod qilishning umumiy hajmini quyidagi 
bog‗lanish orqali topish mumkin. 
I
i
= ( Zi
b
– Zi
o
) * Vi
o
Bu yerda: I
i
– ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodi; 
Zi
b
– xarajatlarni iqtisod qilishga choralar ko‗rilgunga qadar mahsulot 
birligiga xarajatlar summasi;
Zi
o
– xarajatlarni iqtisod qilish yuzasidan ko‗rilgan choralardan keyingi 
mahsulot birligiga xarajatlar summasi; 
Vi
o
– xarajatlarni iqtisod qilishga ko‗rilgan choralar boshlangan davrdan 
hisobot davri oxiriga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish rezervi ishlab chiqarish dasturi 
bajarilishini tahlil etish orqali aniqlanadi. Mahsulot hajmini ortishi tufayli 


280 
xarajatlarni o‗zgaruvchan qismi (ishchilarning ish haqi, material xarajatlari va 
boshqa xarajatlar) ortgan holda, xarajatlarni o‗zgarmas qismi turg‗un holatda 
saqlanadi. 
9.30-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin