Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


  9.28-jadval  Boshqa operatsion xarajatlar tarkibi



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 


276 
9.28-jadval 
Boshqa operatsion xarajatlar tarkibi 
t/r 
Xarajatlar tarkibi 
a)
Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil 
etilayotgan xo‗jalik yurituvchi subyektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va 
qayta tayyorlash bundan mustasno 
b)
Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini 
qoplash, shuningdek‚ obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish 
chog‗idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya 
nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni 
qismlarga ajratish) va shunga o‗xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va 
ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur 
xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‗rish uchun javobgar 
bo‗lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‗jalik yurituvchi subyektlar hisobiga 
undirilishi mumkin bo‗lmagan darajada amalga oshiriladi 
c)
Maslahat va axborot xizmatlariga haq to‗lash 
d)
Auditorlik xizmatlariga haq to‗lash, o‗tkaziladigan auditorlik xizmatlariga 
haq to‗lash 
e)
O‗zining xizmat ko‗rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‗jaliklarni saqlashdan 
ko‗rilgan zararlar 
f)
Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida 
bevosita qatnashuvi bilan bog‗liq bo‗lmagan dam olishlarni tashkil etish 
tadbirlari 
g)
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan 
bog‗liq 
bo‗lmagan 
ishlar 
(xizmatlar)ni 
(shahar 
va 
shaharchalarni 
obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‗jaligiga yordam berish va boshqa xil 
ishlarni) bajarish xarajatlari 
h)
Kompensatsiya va rag‗batlantirish tusidagi to‗lovlar 
i)
Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‗lovlar va xarajatlar 
j)
Sog‗liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar 
maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‗lomlashtirish lagerlari, madaniyat va 
sport obyektlari, xalq ta‘limi muassasalari, shuningdek‚ uy-joy fondi 
obyektlari ta‘minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta‘mirlash ishlarini 
o‗tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo‗shgan holda) 
xarajatlar 
k)
Vaqtincha to‗xtatib qo‗yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini 
saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan 
tashqari) 
l)
Bankning, Qimmatli qog‗ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli 
qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilarning xizmatlariga haq to‗lash 
m)
Ekologiya, sog‗lomlashtirish va boshqa xayriya jamg‗armalariga, madaniyat, 
xalq ta‘limi, sog‗liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, jismoniy tarbiya va sport 
korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar 
n)
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xo‗jalik 


277 
yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan byudjetga majburiy to‗lovlar, 
soliqlar, yig‗imlar, davlat maqsadli jamg‗armalariga ajratmalar, shuningdek‚ 
hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga a‘zolik badallarini to‗lash 
o)
Zararlar, jarimalar, peniyalar 
p)
Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo‗jaliklar tomonidan xo‗jalik 
yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab 
chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo‗yicha narx tafovutlari 
q)
Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish 
bilan bog‗liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lmagan 
mol-mulk bo‗yicha, belgilangan tartibda 
r)
Yangi 
texnologiyalar 
yaratish 
va 
qo‗llanilayotgan 
texnologiyalarni 
takomillashtirish, shuningdek‚ ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari 
olib borish, xomashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab 
chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‗liq mahsulotlar sifatini oshirish 
xarajatlari 
s)
Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba ishlari olib 
borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‗yicha modellar va 
namunalarni tayyorlash va sinash, ko‗rgazmalar va ko‗riklar, tanlovlarni, 
sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‗yicha boshqa 
tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to‗lash xarajatlari va boshqa 
xarajatlar 
t)
Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta‘minlash xarajatlari 
u)
Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan 
boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‗ish 
nafaqalari to‗lash bilan bog‗liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibga muvofiq 
v)
Yangi ishlab chiqarishlarni, sexlar, agregatlarni, shuningdek‚ seriyali va 
ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va texnologik 
jarayonlarni o‗zlashtirish xarajatlari 
w)
Ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab ko‗rish hamda 
foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning barcha turlarini‚ ularni 
montaj qilish sifatini tekshirib ko‗rish maqsadida kompleks (mahsulot 
chiqarmasdan) ishlatib ko‗rish 
x)
Yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi kuchlarini jalb 
qilish va kadrlar tayyorlash bilan bog‗liq xarajatlar 
y)
Foydalanishdagi to‗liq eskirgan uskuna uchun to‗lov 
z)
Ishlab chiqarish jarayonini to‗xtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari 
va obyektlarini saqlash hamda ularga xizmat ko‗rsatish xarajatlari 
Boshqa xarajatlar 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin