Sotish xarajatlari tarkibi t/r Xarajatlar tarkibi 1.
Tovarlarni temir yo‗l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-
ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda
transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‗langan jarimalar
kiritiladi
2.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo‗yicha xarajatlari,
shu jumladan:
2.1. mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‗liq mehnatga haq to‗lash
xarajatlari
2.2. ijtimoiy sug‗urtaga xarajatlar.
2.3. savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va
xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari
2.4. inventarlar va xo‗jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish
xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun
yaroqli holatda saqlash (ta‘mirlash, yuvish, tuzatish, dezinfeksiya qilish
va h. k.) bilan bog‗liq boshqa xarajatlar
2.5. gaz, yoqilg‗i, elektr energiyasi xarajatlari
2.6. tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish
xarajatlari
2.7. savdo reklamasi xarajatlari
2.8. tashish, saqlash va sotish chog‗ida tovarlarning yo‗qotilishi
2.9. o‗rash-joylash materiallari xarajatlari
2.10. mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‗urta qilish xarajatlari
2.11. mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari
2.12. ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini
o‗rnatish va saqlash, tuynuklar, o‗yiqlar va boshqalarning atrofini o‗rash
bo‗yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar
2.13. umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‗rikdan o‗tkazilganligi
uchun tibbiyot muassasalariga haq to‗lash
2.14. kassa xo‗jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari
3.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‗oz salfetkalar, qog‗oz
dasturxonlar, qog‗oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan
anjomlar qiymati
4.
Yuqorida sanab o‗tilmagan sotish bo‗yicha boshqa xarajatlar
275
Ma‘muriy xarajatlarga korxonalar boshqaruvi bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlar
kiradi va ularning birlik qatorlariga quyidagilar kiradi:
9.27-jadval