369
Daromad (foyda) solig„ini to„lagunga qadar
foyda
1 088 734 205 564 672 426
Favquloddagi foyda
va zararlar
0
0
Daromad (foyda) solig‗i
30 730 577
16 304 363
Foydadan boshqa soliqlar va yig‗imlar
83 965 344
40 674 456
Hisobot davrining sof foydasi
974 038 284 507 693 607
11.3. Moliyaviy natija, foyda va rentabellik ko„rsatkichlarini baholash va
tahlil qilish yo„llari
Moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotni tahlili o‗qish,
vertikal, gorizontal,
trendli tahlil, moliyaviy koeffitsiyentlar
va qiyosiy tahlil, omilli tahlil usullaridan
foydalangan holda olib boriladi.
Moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotni o‗qishda uning satrlar bo‗yicha
ko‗rsatkichlar tarkiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni
xarakterlovchi umumiy
qatorlarning qiymat ifodasiga, hisobot davri va o‗tgan yilning shu davri bo‗yicha
ma‘lumotlarga umumiy izoh beriladi.
Vertikal tahlilda moliyaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli va ko‗p
qatorli usullarida o‗zaro farqlanishlariga va nisbiy o‗zgarishlariga baho beriladi.
Bunda asosiy jihat yakuniy ya‘ni jamlangan moliyaviy natijalar qatorida tarkib
bo‗yicha foyda va zararlarning salmog‗iga baho beriladi.
Gorizontal tahlilda esa moliyaviy natijalarning
shakllanish qatorlari,
ko‗rsatkichlari bo‗yicha davriy o‗zgarishlariga mutlaq va nisbiy ifodalarda baho
beriladi.
Asosli yoki trend tahlilida moliyaviy natijalar
va ular tarkibining yillar
bo‗yicha o‗zgarishlariga va dinamik o‗zgarishlariga baho beriladi. Eng muhim
jihat asos yiliga nisbatan o‗zgarishlariga baho berishga qaratiladi.
Moliyaviy natijalar tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan olib boriladi.
Ichki subyektlar tomonidan olib boriladigan tahlil ichki
moliyaviy tahlil qatoriga
kiritilib, faqat shu korxonaning xodimlari tomonidan olib boriladi.
11.4-jadval
Dostları ilə paylaş: