364
bir ko‗rsatkichning aniqlanish yo‗llarini, moliyaviy natijalarning umumlashgan
ko‗rsatkichlari tahlilini yoritishdan iborat.
Tahlil jarayonida ushbu bog‗liqlikning murakkab tizimi o‗rganiladi. Bu uning
vazifasini to‗g‗ri belgilab olishni taqozo qiladi. Korxonaning
moliyaviy natijalarini
ifodalovchi ko„rsatkichlarni tahlil qilish vazifalari
quyidagilardan iborat:
-
moliyaviy natijalarni ifodalovchi barcha ko‗rsatkichlarning to‗g‗ri
aniqlanganligini tekshirish;
-
moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‗rsatkichlarning hisobot davridagi
o‗zgarishiga baho berish;
-
moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‗rsatkichlarning har biriga ta‘sir
qiluvchi omillarni belgilash va ularni ta‘sirini baholash;
-
moliyaviy
natijalarni
ifodalovchi
ko‗rsatkichlarning
bir-biriga
bog‗liqligini, aloqadorligini, ularni sof foyda o‗zgarishiga ta‘sirini baholash;
-
moliyaviy natijaviylik ko‗rsatkichlarini mulkiy holat va samaradorlik
bilan bog‗liq jihatlarini baholash;
-
rentabellik ko‗rsatkichlariga baho berish va uning o‗zgarishiga ta‘sir
qiluvchi omillarni tahlil etish;
-
foyda va rentabellikni oshirishning ichki imkoniyatlarini axtarib topish va
chora-tadbirlarini belgilash.
«Moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobot» (OKUD bo‗yicha 2-shakl)
tahlilning asosiy axborot manbasi hisoblanadi. Shu bilan birga, tahlil jarayonida
korxonaning «Buxgalteriya balansi» (1-shakl), «Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot»
(4-shakl), «Xususiy kapital to‗g‗risidagi hisobot» (5-shakl), «Moliyaviy-iqtisodiy
holat bo‗yicha ma‘lumotnoma» (2b shaklga 1 ilova) kabi hisobotlari, ma‘lumotlari
va hisob-kitoblari qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: