Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Xususiy kapital (XK) = Aktivlar (A) – Majburiyatlar (M)



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 
Xususiy kapital (XK) = Aktivlar (A) – Majburiyatlar (M) 
Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar qiymatini va 
majburiyatlarni baholashga bog‗liqdir. 
Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‗shilgan, zaxira 
kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi. Zarur hollarda ustav, 
qo‗shilgan zaxira kapitali tahliliy jihatidan hisobga olinadi. 
Ustav fondi (ustav kapitali)
ta‘sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda 
ifodalangan holdagi) yig‗indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta‘sischilar 
(ishtirokchilar) o‗rtasidagi kelishuvga ko‗ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan 
hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak. 
Qo‘shilgan kapital
aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda 
dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek‚ ekvivalenti chet 
el valyutasida ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida 
yuzaga keladigan kurs farqini aks ettiradi. 
Zaxira kapitali
uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil bo‗ladigan 
inflyatsiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta‘sis hujjatlarida nazarda tutilgan 
miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek‚ tekinga olingan mol-mulkning 
qiymatini aks ettiradi. 
Taqsimlanmagan foyda
foydaning jamg‗arilayotganligini ifodalaydi va 
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‗shilishi 
mumkin
74
.
Mulkchilik shakllaridan qat‘iy nazar, korxonalarda ustav kapitali (fondi) 
miqdori mazkur korxona tashkil bo‗lganda tasdiqlangan ta‘sis hujjatlarida 
ko‗rsatilgan miqdorga teng bo‗ladi. Uning miqdori yil davomida o‗zgarmaydi.
Xususiy kapital tahlilining maqsadi xususiy kapitalni shakllantirishning 
asosiy manbalarini o‗rganish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish 
imokniyatlarini aniqlashdan iborat. 
Xususiy kapital tahlilining asosiy vazifalari: 
74
Ўзбекистон Республикасининг ―Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида‖ги қонун (янги таҳрир), 2016 
йил 13 апрель, 19-модда. Хусусий капитални ҳисобга олиш. 


499 
- tahlil uchun zarur bo‗lgan axborotlar bazasini (ustav kapitalini ko‗paytirish, 
undan foydalanish, tasarruf etish bilan bog‗liq bo‗lgan axborotlar to‗plamini) 
shakllantirish; 
- qonun hujjatlari va xo‗jalik yurituvchi subyektning ustavida belgilangan 
normalariga amal etilishini baholash; 
- xususiy kapital va uning tarkibiy, dinamik o‗zgarishlariga baho berish
- xususiy kapitaldan samarali foydalanish darajasini o‗rganish; 
- xususiy kapital samaradorligini oshirishning imkoniyatlarini aniqlash va 
yo‗lga qo‗yish.
Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbalariga ―Buxgalteriya 
balansi‖ va ―Xususiy kapital to‗g‗risida‖gi hisobot shakllari kiradi.
Buxgalteriya balansida xususiy kapital va uning tarkibiy birliklari haqidagi 
ma‘lumotlar hisobot davri boshiga va oxiriga haqiqiy, tan olingan qiymati bo‗yicha 
aks ettiriladi. 
Buxgalteriya balansida o‗z sarmoyasi va ularni oshkor qilish xo‗jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotlarni aks ettirishni 
tasniflaydi. Buxgalteriya balansida xususiy sarmoyani umumiy summasigina 
oshkor qilinishi kerak.
Xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari haqidagi axborotlarni tarkibiy 
qismi sifatida ochib berilishi 14 son BHMS bilan tarkiblanadi. Barcha xo‗jalik 
yurituvchi subyektlar (banklar va byudjet tashkilotlaridan tashqari) xususiy kapital 
to‗g‗risidagi axborotni tayyorlash va ochib berish jarayonida mazkur standart 
talablarini bajarishlari kerak.
O‗z sarmoyasi (xususiy kapital) to‗g‗risidagi hisobotda o‗z sarmoyasining 
harakati, zaxiralarni shakllantirish, to‗lash uchun hisoblangan dividendlar 
to‗g‗risidagi axborot taqdim etiladi. 
Xususiy kapital to‗g‗risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‗lib, xususiy 
kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‗lgan holati va hisobot davri 
mobaynida uning tarkibidagi o‗zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish 
hisoblanadi. 
Xususiy kapital to‗g‗risidagi hisobotga bo‗lgan tushuntirishda xo‗jalik 
yurituvchi subyekt xususiy kapital qatnashchisining chiqib ketishi, aksiyadorlik 
jamiyati tomonidan aksiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalarni 
bekor qilinishi, aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga 
ko‗ra kamayib ketganligi haqidagi ma‘lumotlar keltiriladi. 


500 
Hisobotning xususiy kapital to‗g‗risidagi qismiga oid tushuntirish xati ―Hisob 
siyosati va moliyaviy hisobotlar‖ Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son 
BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital to‗g‗risidagi tushuntirishda 
quyidagilar haqidagi axborotni keltiradilar:
a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aksiyalarning umumiy soni va 
nominal qiymati; 
b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan 
aksiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati; 
v) aksiyalarga obunaning borishi chog‗ida olingan mablag‗lar umumiy 
summasi; 
g) ayrim turlar va toifalar bo‗yicha ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar; 
d) imtiyozli aksiyalar bo‗yicha to‗lanmagan jamlangan dividendlar summasi; 
e) aksiyalar ko‗rinishida to‗lanadigan dividendlar, xususan, to‗lanadigan 
aksiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari 
to‗g‗risida; 
j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo‗shib yuborishlar va 
aksiyalarning maydalanishi yoki qo‗shib yuborilishigacha va undan keyingi 
aksiyalarning nominal qiymati to‗g‗risidagi. 
Aksiyalarga obunaning borishi chog‗ida olingan mablag‗lar umumiy summasi 
tushuntirishda quyidagilar bo‗yicha keltiriladi: 
a) aksiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan barcha pul mablag‗lari, 
aksiyalar soni ko‗rsatilgan holda; 
b) aksiyalar uchun to‗lov sifatida kirim qilingan mol-mulkning qiymat bahosi, 
aksiyalar soni ko‗rsatilgan holda; 
v) aksiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan chet el valyutasining umumiy 
summasi, aksiyalar soni va hisobda valyuta kirim qilingan kursi ko‗rsatilgan holda. 
Ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar haqidagi axborot tushuntirishda ayrim 
turlar va toifalar bo‗yicha keltiriladi: 
a) chiqarilgan aksiyalar soni, ustav kapitalining to‗lanmagan qismi 
ko‗rsatilgan holda; 
b) aksiyaning nominal qiymati; 
v) muomalada bo‗lgan aksiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi 
o‗zgartirishlar; 
g) aksiyalar bilan bog‗liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan 
dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi bo‗yicha 
cheklashlar; 


501 
d) jamiyatning o‗ziga, uning sho‗ba va uyushgan korxonalariga tegishli 
aksiyalar; 
e) ular egalik qilayotgan muassislar ro‗yxati va aksiyalar soni; 
j) ijroiya organi a‘zolarining mulki bo‗lgan aksiyalar soni; 
z) opsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun zaxiralashtirilgan 
aksiyalar, ularning muddatlari va summalari ko‗rsatilgan holda; 
i) konvertatsiyalanadigan (aksiyalar yoki obligatsiyalarga) aksiyalarning soni 
va nominal qiymati hamda ushbu aksiyalarning qarzga oid qimmatli qog‗ozlarga 
konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan majburiyatlar. 
Boshqa barcha xo‗jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarga oid 
izohlarda quyidagilar to‗g‗risidagi axborotni keltiradilar: 
a) egalik qiluvchilar o‗rtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi; 
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar; 
v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi o‗zgartirishlar. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin