494
A – valyuta mablag‗lari hisobiga olib kelingan asosiy vositalarning
amortizatsiyasi;
K – valyuta krediti;
V – banklardan va birjadan sotib olingan valyuta.
Koeffitsiyent qancha yuqori bo‗lsa, o‗z-o‗zini
moliyalashtirish darajasi
shuncha yuqori bo‗ladi.
Valyuta mablag‗lari bilan qoplanish koeffitsiyenti (Kqk) quyidagi formula
asosida topiladi.
Kqk=Vb+Vk/Vch
Vb – valyuta mablag‗lari davr boshiga qoldig‗i;
Vk – hisobot davrida valyuta mablag‗lari kirimi;
Vch – hisobot davrida valyuta mablag‗lari chiqimi.
Kqk>1,0 dan yuqori bo‗lishi o‗z-o‗zini moliyalashtirish
shartlarining
bajarilganligini bildiradi.
2017-yilning sentyabr oyidan boshlab valyuta kursi shakllanishining bozor
mexanizmlariga o‗tilishi va ichki valyuta bozori faoliyatining
erkinlashtirilishi
nafaqat pul-kredit sohasida, balki butun iqtisodiyotda
ijobiy tomonga tub
o‗zgarishlarni amalga oshirish uchun muhim zamin yaratdi.
O‗z navbatida, valyuta kursining bozor mexanizmlariga o‗tilishi ya‘ni, joriy
talab va taklif asosida shakllanishi iqtisodiyotdagi valyuta resurslarining samarali
taqsimlash mexanizmi yaratilishiga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida
amalga
oshirilishini inobatga olib, so‗mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan
almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo‗ljal sifatida so‗mning AQSh
dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanilmoqda.