Vb+Vk=Vch+Vo
Bu yerda:
Vb – valyuta mablag‗lari davr boshiga;
Vk – valyuta mablag‗lari kirimi (mahsulot, tovar, ish va xizmatlarni
sotishdan va boshqa tushumlardan);
Vch – valyuta malbag‗lari chiqimi (mahsulot, tovar, ish va xizmatlarni sotib
olishdan va boshqa chiqimlar);
Vo – valyuta mablag‗larining davr oxiriga qoldig‗i.
Valyuta mablag‗lari bo‗yicha o‗z-o‗zini moliyalashtirish masalasi xo‗jalik
subyektlarining oldidagi eng muhim masala hisoblanadi. Negaki, ba‘zan import
tovarlari yuzasidan valyuta mablag‗lariga bo‗lgan extiyoj turli qiyinchiliklar tufayli
doimo ham hal etilmasligining sababi ham shundan kelib chiqadi. Shu sababli ham
eksport-import operatsiyalaridagi ijobiy qoldiqqa chiqish talab etiladi.
Valyuta mablag‗lari bilan moliyalashtirish samaradorligini baholash
moliyaviy koeffitsiyentlar orqali baholanadi. Ushbu koeffitsiyent quyidagi formula
asosida aniqlanadi.
Kvm=F+A/K+V
Bu yerda:
Kvm – valyuta mablag‗lari bilan moliyalashtirish koeffitsiyenti;
F
– valyuta mablag‗larida ishlab chiqarishni moliyalashtirishga
yo‗naltirilgan foyda summasi;
494
A – valyuta mablag‗lari hisobiga olib kelingan asosiy vositalarning
amortizatsiyasi;
K – valyuta krediti;
V – banklardan va birjadan sotib olingan valyuta.
Koeffitsiyent qancha yuqori bo‗lsa, o‗z-o‗zini moliyalashtirish darajasi
shuncha yuqori bo‗ladi.
Valyuta mablag‗lari bilan qoplanish koeffitsiyenti (Kqk) quyidagi formula
asosida topiladi.
Kqk=Vb+Vk/Vch
Vb – valyuta mablag‗lari davr boshiga qoldig‗i;
Vk – hisobot davrida valyuta mablag‗lari kirimi;
Vch – hisobot davrida valyuta mablag‗lari chiqimi.
Kqk>1,0 dan yuqori bo‗lishi o‗z-o‗zini moliyalashtirish shartlarining
bajarilganligini bildiradi.
2017-yilning sentyabr oyidan boshlab valyuta kursi shakllanishining bozor
mexanizmlariga o‗tilishi va ichki valyuta bozori faoliyatining erkinlashtirilishi
nafaqat pul-kredit sohasida, balki butun iqtisodiyotda ijobiy tomonga tub
o‗zgarishlarni amalga oshirish uchun muhim zamin yaratdi.
O‗z navbatida, valyuta kursining bozor mexanizmlariga o‗tilishi ya‘ni, joriy
talab va taklif asosida shakllanishi iqtisodiyotdagi valyuta resurslarining samarali
taqsimlash mexanizmi yaratilishiga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida
amalga oshirilishini inobatga olib, so‗mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan
almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo‗ljal sifatida so‗mning AQSh
dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanilmoqda.
495
13.18-jadval
Dostları ilə paylaş: |