14-BOB. XO„JALIK YURITUVCHI SUB‟EKTLAR XUSUSIY KAPITALI TAHLILI 14.1.Xususiy kapitalni tahlil etish mazmuni va vazifalari. 14.2.Xususiy kapitalning tarkibiy tuzilishi: ustav fondi (ustav kapitali), qo„shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foyda. 14.3.Xususiy kapital va uning o„zgarishini tahlili. 14.4.Xususiy kapitalning dinamik tahlili. 14.5.Sof aktivlar tahlili. Xususiy kapital daromadligi (rentabelligi)ning tahlili. 14.6.Moliyaviy leveridj ko„rsatkichlarini tahlili. 14.1. Xususiy kapitalni tahlil etish maqsadi, mazmuni, vazifalari va axborot manbalari Iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va
innovatsion rivojlantirish nafaqat iqtisodiy jihatdan‚ balki moliyaviy jihatdan ham
mustahkam tayanchni talab etadi. Shu sababli‚ xo‗jalik yurituvchi subyektlar
moliyaviy salohiyatini baholashda o‗z mablag‗larining qiymatiga, ularning jami
kapital tarkibidagi salmog‗iga, majburiyatlarga nisbati chegaralariga muhim
ahamiyat qaratiladi.
Xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim
ko‗rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Xususiy kapital tushunchalariga ta‘riflar O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlangan ―Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish
uchun konseptual asos‖da hamda ―Hisob siyosati va moliyaviy hisobot‖da
keltirilgan
73
.
Xususiy kapital (sarmoya) – subyektning majburiyatlarni chegirib
tashlagandan keyingi aktivlaridir. Subyekt majburiyatlari – subyekt (qarzdorning)
boshqa subyekt (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-
mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‗lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud
muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‗z
majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir.
Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish
maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
73
1998 йил 26 июлда 17-07/86-сон билан тасдиқланган ―Молиявий ҳисоботни тайѐрлаш ва
тақдим этиш учун концептуал асос‖ ҳамда ―Ҳисоб сиѐсати ва молиявий ҳисобот‖да Ўзбекистон
Республикаси Молия вазирлигида 1998 йил 26 июлда 17-07/85-сон билан тасдиқланган
Ўзбекистон Республикасининг Бухгалтерия ҳисоби миллий стандарти (1-сон БҲМС)
498
Demak yuqoridagi ta‘rif va tasniflashdan quyidagi bog‗lanishni berib o‗tish
mumkin: