491
qilish,
mahalliy
ishlab
chiqaruvchilarning
tashqi
va
ichki
bozordagi
raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash, valyuta bozorini yanada liberallashtirishga muhim ahamiyat qaratilgan
va uning asosiy yo‗nalishlari belgilab berilgan.
O‗zbekiston Respublikasining ―Valyutani tartibga solish to‗g‗risida‖gi
qonunining 3-moddasiga muvofiq ―Valyuta boyliklari‖ qatoriga quyidagilar kiradi:
- chet el valyutasi;
- qimmatli qog‗ozlar – chet el valyutasidagi fond boyliklari (aksiyalar,
obligatsiyalar va boshqalar);
- chet el valyutasidagi to‗lov hujjatlari (cheklar,
veksellar, akkreditivlar va
boshqalar);
- qimmatbaho metallar – har qanday ko‗rinish va holatdagi oltin, kumush,
platina hamda platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy),
metallar shunday metallardan ishlangan zargarlik buyumlari va boshqa ro‗zg‗or
buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno;
- tabiiy qimmatbaho toshlar – sayqal berilgan va sayqal berilmagan
shakldagi olmos, la‘l, zumrad, yoqut, aleksandrit, shuningdek‚ marvarid, shunday
toshlardan ishlangan zargarlik va boshqa ro‗zg‗or buyumlari hamda ularning
parchalari bundan mustasno.
Chet el valyutasiga tegishli ajnabiy davlatda muomalada bo‗lgan va qonuniy
to‗lov vositasi hisoblangan banknot ko‗rinishdagi chet el pul belgilari, shuningdek‚
muomaladan chiqarilgan
yoki chiqarilayotgan, ammo O‗zbekiston Respublikasi
pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‗lgan chet el pul belgilari, schyotlarda va
omonatlarda bo‗lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob
birliklaridagi mablag‗lar kiradi.
Chet el valyutasidagi qimmatli qog‗ozlar – O‗zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‗ozlar
jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan hujjatlaridir
72
.
72
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни ―Валютани тартибга солиш тўғрисида‖ Тошкент
ш.,1993 йил 7 май, 841-XII-сон
492
Globallashgan
iqtisodiyot,
shuningdek‚
dunyo
iqtisodiyotining
yagonalashuvi bilan davlatlar o‗rtasidagi savdo iqtisodiy
munosabatlar tobora
kengayib bormoqda. Bu esa o‗z navbatida har bitta xo‗jalik yurituvchi subyektni
eksport-import operatsiyalariga undamoqda. Eksport-import operatsiyalarida ijobiy
farqlanishga erishish albatta korxonalar oldiga ham bir qadar murakkab vazifalarni
hal etishni va uning mustahkam zaminini yo‗lga qo‗yishni talab etadi.
Bir mamlakat doirasida ko‗p turdagi raqobatbardosh tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarish imkoniyati cheklangan. Tashqi bozor mahalliy ishlab
chiqaruvchilarning o‗zlari uchun ustun bo‗lgan faoliyat turlari bilan keng doirada
shug‗ullanishlariga
imkon beradi, ularning faoliyat doirasini kengaytiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat nafaqat ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini
oshiradi, balki erkin xo‗jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy va moliyaviy
salohiyatini, shuningdek‚ aholining turmush farovonligini oshirishning ham zaruriy
sharti hisoblanadi.
Pul oqimi to‗g‗risidagi hisobot shakliga ilova sifatida xorijiy valyutada pul
mablag‗larining harakati to‗g‗risida ma‘lumotnoma tuziladi. Unda hisobot davrida
xorijiy valyutada pul mablag‗larining to‗liq harakati ko‗rsatiladi.
Valyuta mablag‗lari operatsiyalarni amalga oshirish paytida O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi milliy
valyutasida, valyuta mablag‗lari qoldig‗i esa – hisobot
davrining oxirgi sanasida
aks ettiriladi.
Ushbu ma‘lumotnomaga asosan korxonaning valyuta mablag‗larini harakati
tahlil qilinadi.
Korxona tomonidan kirimga olingan valyuta mablag‗lari qatorida: korxona
tomonidan hisobot davrida olingan valyuta tushumi summasi; sotib olingan xorijiy
valyuta summasi; moliyaviy faoliyatdan olingan valyuta mablag‗lari summasi;
korxonaning valyuta hisobvaraqlari va kassasiga boshqa valyuta tushumlari
summasi aks etadi.
Korxona tomonidan turli maqsadlarga sarflangan valyuta mablag‗larining
qatoriga: mol-mulkni olishga, bajarilgan ishlarga va ko‗rsatilgan xizmatlarga
493
sarflangan valyuta mablag‗lari summasi; moliyaviy faoliyat bo‗yicha
sarflangan
valyuta mablag‗lari summasi; boshqa maqsadlarga sarflangan valyuta summasi aks
etadi.
Chet el valyutasidagi pul mablag‗larini qayta baholashdan yuzaga kelgan
musbat yoki manfiy kurs farqlari, hisobot yili boshiga va oxiriga korxonaning
valyuta hisobvaraqlari va kassasida bo‗lgan valyuta mablag‗lari alohida qatorlar
bo‗yicha aks ettiriladi.
Tahlil etishda valyuta mablag‗lari balansiga muhim ahamiyat qaratiladi.
Valyuta balansi quyidagi birliklar ifodasini jamlashni xarakterlaydi.
Dostları ilə paylaş: