Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Moliyaviy investitsiyalar bo yicha moliyaviy natijalarni tekshirish



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə27/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Moliyaviy investitsiyalar bo yicha moliyaviy
natijalarni tekshirish


Subyektning moliyaviy investitsiyalardan oladigan daromad- lari 9520-«Dividend ko'rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko‘rinishidagi daromadlar» va 9560 - «Qimmatli qog'ozlami qayta baholashdan olinadigan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga kiritiladi.
«Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi... to‘g‘risidagi Nizom» da «Sarllangan (qimmatli qog'ozlarga, sho‘ba subyektlarga va h.k.larga) mablag'lami qayta baholashdan olingan daromadlar»9 ni qayta baholashdan ko'rilgan zararlar qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar va shu'ba sub- yektlarga berilgan mablag'lami har chorakda (yilda) qayta baholash, ya'ni ularni balansda bozor bahosi bo‘yicha aks etti- rish tavsiya etiladi. Ammo, bunday hisob yuritish siyosatiga qimmatli qog'ozlar bozori keng rivojlanganda erishilib, bozor qiymati haqida muntazam axborotlar mavjud sharoitda bo‘lishi mumkin.
Auditor sotib olingan qimmatli qog'ozlardan tashqari sub- yektning o‘zida chiqarilgan qimmatli qog'ozlar saqlanishi ham mumkinligini bilishi zarur. Bunday qimmatli qog'ozlar o‘z jamoasi a'zolariga sotilguncha yoki biijaga berilgunga qadar 006- «qat'iy hisobot blankalari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Qo‘shimcha daromad olish maqsadida ikkilamchi sotish uchun birjada sotib olingan yoki jismoniy shaxslardan (masalan, subyekt xodimi ishdan bo'shab ketayotganida) sotib oiingan subyekt aksiyalari quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi, qimmatli qog‘ozlaming xarid qiymatiga:
Debet 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli»,
Kredit 5000 - «Kassadagi pul mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar».
Subyekt aksiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi, ikkilamchi sotish qiymatiga:
Debet 5000 - «Kassadagi pul mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5100 - «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5200 - «Chet el valutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Kredit 9220 - «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi».

  • qimmatli qog‘ozlaming xarid bahosiga:

Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»,
Kredit 5610 - «Pul ekvivalentlari» (turlari bo'yicha).

  • ikkilamchi sotish qiymatining xarid bahosidan oshgan qis- miga:

Debet 9220 - «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi»,
Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari».
Agar harid qiymati ikkilamchi sotish qiymatidan yuqori bo‘lsa, u holda:
Debet 9690 - «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajat- lar»,
Kredit 9220 - «Boshqa aktivlaming chiqib ketishi».
Auditor bunday holiarda samarasiz moliyaviy muomalalar amalga oshirilganligining obyektiv (balki subyektiv) sabablarini aniqlashi, oqilona ish yuritilganda yo‘1 qo'yilmasligi mumkin yo'qotishlar ko‘lamini aniqlashi va bu haqda direktorlar kenga- shida yoki aksiyadorlar majlisida bildirishi zarur.
Boshqa subyektlaming ustav kapitaliga hissa qo'shish ko'rinishidagi qilingan moliyaviy investitsiyalar auditi ushbu subyektlar ustavlarini tahlil qilib, daromad olish shartlarini hamda bunday investitsiyalar samaradorligining to‘g‘riligi va hi- sobda to'liq aks ettirilganligini aniqlashdan iborat.
Moliyaviy investitsiyalar hoshqa subyektlar faoliyatida hissa qo'shib ishtirok etish, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligat- siyalar bo‘yicha daromadlar olish maqsadida amalga oshirilib, hisobda quyidagicha aks ettiriladi, olingan dividendlar (foizlar) summasiga:
Debet 5100 - *Hisob-kitob schyotidagi pul mablag'larini hi- sobga oluvchi schyotlar»,
Dehet 5200 - «Chet el valutasidagi schyotlami hisobga olu- vchi schyotlar»,
Kredit 9520 - «Dividendlar ko'rinishidagi daromadlar» yoki, Kredit 9530 - «Foizlar ko'rinishidagi daromadlar».
Daromadlarning to‘liq aks ettirilganligini tekshirishda, ularning miqdori buxgalteriyada hisobga olish maqsadida quyi- dagi shart-sharoitlar mavjud bo'lganda tan olinadi:

  • subyekt ushbu daromadlarni olish huquqiga ega;

  • daromadlar summasi aniqlangan ho'lishi mumkin;

  • muayyan muomala natijasida subyekt iqtisodiy manfaa- tining ko'payishiga ishonch bo'lganida.

Subyektning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqqa tortish maqsadida ikkita guruhga ho'linadi:

  • umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida soliqqa tortiladigan daromadlar (hamkor- liqdagi faoliyatdan olingan daromadlar);

  • maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar. Bularga aksiyador - subyektga tegishli va bu qimmatli qog'ozlar egasining emitent - subyekt foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aksiyalar bo'yicha olingan daromadlar;

O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari va ma- halliy organlar qimmalli qog'ozlari;
0‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa subyektlar ustav kapitalida hissa qo‘shib ishtirok etishdan olin- gan daromadlar. Bunday daromadlar beigilangan foiz stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi va daromadlami to‘lash manbalaridan to‘lanadi.
Qimmatli qog'ozlar bozori rivojlangan davlatlarda dividend daromadining 15-25 % bo'lishi normal holat bo'lib hisoblanadi. Inflatsiya kuzatilayotgan sharoitda esa bu ko‘rsatkich birdan katta (ya'ni 100 % va undan yuqori) bo'lishi mumkin.
Aksiyalar bozor bahosining ular nominal qiymatiga nisbatan yildan yilga o‘sib borishi ham subyekt rahbariyatining oqilona ish yuritayotganligidan dalolat beradi
Qimmatli qog'ozlarga daromad hisoblanganda (olinadigan daromad miqdorida) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks et- tiriladi:

  1. Obligatsiyalar uchun olinadigan foizlar:

Debet 4830 - «Olinadigan foizlar»,
Kredit 9530 - «Foiz ko‘rinishidagi daromadlar».

  1. Aksiyalar uchun olinadigan dividendlar:

Debet 4840 - «Olinadigan dividendlar»,
Kredit 9520 - «Dividend ko'rinishidagi daromadlar».
Qimmatli qog'ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moli- yaviy hisobotlar standartiga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:

  1. Qiymat usuli. Ushbu usul qo‘llanganda, investor o‘z mab- lag'ini boshqa subyeklga dastlabki qiymati bo'yicha qo'yadi. Uning asosiy tamoyillari shundan iboratki. investitsiyalar qiy- mati sho‘ba tuzilmalaming moliyaviy ahvolidan qat'iy nazar o‘zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daro- madi sifatida hisobga olinadi.

Bu usulni quyidagi hollarda qo'llash tavsiya etiladi:

  • sho‘ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va uni nazorat qilish ham vaqtinchalik bo‘lganda;

  • sho‘ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag' o‘tkazish qobiliyatini jiddiy darajada kamaytiradigan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar doirasida faoliyat yuritganda. Ma- salan, sho‘ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan qo'yiladigan dividendlami to'lashda cheklashlar mavjud bo'lishi mumkin.

  1. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat to- monidan sho'ba jamiyatga sezilarli darajada ta'sir 0‘tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash tavsiya qilinadi, u quyidagilar- dan iborat:

  • investitsiyalaming joriy qiymati sho'ba jamiyatning xojalik faoliyati natijalariga bog'liqlikda o'zgaradi: u foyda olganda in- vestitsiyalar qiymati oshadi. zarar esa kamayadi;

  • bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga mu- tanosib ravishda aks ettiriladi: uning sho'ha jamiyatidagi ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, bosh jamiyat balansida investitsiyalar qiy- mati shuncha ko‘p summaga oshiriladi;

  • olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi. halki in- vestitsiyalar qiymatini kamaytirish tarzida ifodalanadi.

Misol. «Bosh jamiyat sho‘ba jamiyatning aksiyalarini 60 %ni 28000 ming so‘m nominal qiymati bo'yicha sotib oldi va bux- galteriya hisobida quyidagicha yozuvlami amalga oshirdi:
Debet 0620 - «Sho'ba xojalik jamiyatlariga inveslitsiyalar* - 28000,
Kredit 5110 - «Hisob-kitob raqami» - 28000.
Hisobot yili tugagach. sho*’ba jamiyati 4400 ming so‘m sof foyda oladi va u bosh jamiyat nazoratida bo'lganligi bois inves- titsiyalar qiymatining oshganligini hamda daromad summasini egalik ulushiga mutanosib ravishda, (4400 x 60 %) 2640 ming so‘mni buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
Debet 0620 - «Sho‘ba xojalik jamiyatlariga investitsiyalar» - 2640,
Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar» - 2640.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin