Takrorlasb uchun savollar Moliyaviy investitsiyalar auditining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Moliyaviy investitsiyalar auditorlik tekshiriuvini o‘tkazishda qanday ma'Iumot manbalaridan foydalaniladi?
Moliyaviy investitsiyalar audiiida qanday me'yoriy hufjatlardan foydalaniladi?
Qimmatli qog'ozlami inventarizatsiya qilish qanday xususiyatlaiga ega?
Moliyaviy inveslitsiyalar audilining tartibi qanday amalga oshiriladi?
Subyekt aktivlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kirilish qanday tekshiriladi?
Moliyaviy investitsiyalar hisobiga doir dastlabki hujiatlar harakati qanday tekshiriladi?
Moliyaviy investitsiyalar auditining xususiyatlari nimalar- dan iborat?
Qimmatli qog'ozlami baholashning to'g'riligi qanday tekshiriladi?
Moliyaviy investitsiyalar auditida eng ko'p uchraydigan xatolar qanday?
V mavzu. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI
BILAN BOG‘LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY
MUAMMOLARI Tovar-moddiy zaxiralari auditining maqsadi, vazifalari,
ma'lumot manbalari va tekshiruv o‘tkazish tartibi
Subyektlar ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun ma'lum miqdorda tovar-moddiy zaxiralariga ega bo'lishi кегак. Tovar-moddiy zaxiralari xojalik yurituvchi subyektlaming ishlab chiqarish faoliyatini normal davom etishini ta'minlaydi. Ularning tarkibiga materiallar, xomashyo, ehtiyot qismlar va h.k lar kiradi. Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi-ulaming saqlanishi. tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat Shuningdek, hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog'liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish usluhining O‘zbekiston Respublikasida amal qila- yotgan qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini. ham- da nazorat tuzilmasi va buxgalteriya hisohi tizimini tekshiruvdan o'tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zaxiralami tek- shirish, ular hajmi katta bo‘lgan subyektlarda auditnmg asosiy qismi deb qaraladi. Tovar-moddiy zaxiralar bo'yicha hisobot ko'rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda boshqa audit obyektlaridagi kabi, dastawal, balansning «Ishlab chiqarish zaxiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160-satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh daftar, jumal- orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur (5.1-jadval).