Moliyaviy investitsiyalami inveDtarizaisiyadan
o‘tkazish tartibi
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog'liq muomalalami auditor- lik muolajalaridan biri. inventarizatsiya O‘zbekiston Respublikasi 19-son «Yo'qlama qilishni tashkil etish va o'tkazish» nomli BHMS ga muvofiq to‘g‘ri o'tkazilganligini tekshirishdir. Agar, qimmatli qogozlar subyekt kassasida saqlansa, ulaming inventa- rizatsiyasi har oyda pui mablag'larining tekshiruvi bilan bir- galikda o'tkazilishi lozim. Наг bir qimmatli qog'ozning rekvizit- lari subyekt buxgalteriyasida saqlanadigan ro'yxatnomalar (ге- estrlar, daftarlar) ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Maxsuslash- tirilgan idoralarga saqlash uchun berilgan qimmatli qog'ozlaming inventarizatsiyasi tegishli hisob schyotlarida hi- sobga olingan summalar qoldig'ini mazkur maxsuslashtirilgan idoralardan olingan ko'chirma ma'lumotlari bilan solishtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Zarur bo'lsa, auditor moliyaviy investitsiyalar bo'yicha yop- pasiga inventarizatsiyani o‘tkazishi mumkin. Moliyaviy investitsiyalami inventarizatsiyadan o'tkazishning xususiyati nafaqat qimmatli qog'ozlaming haqiqatda mavjudligi, balki ulami qiymatini shakllantirish va baholash bo‘yicha haqiqiy xarajatlami aniqlashdan iboratdir. Shuni ta'kidlash joizki, moliyaviy investitsiyalami auditorlik tekshiruvidan o'tkazish uslubiyoti hali respublikamizda to‘liq ishlab chiqilmagan. Moliyaviy hisobotlar investitsiya faoliyatining miqyoslari, yo'nalishlari va tavsifini, uning subyekl moliyaviy faoliyati, is- tiqboliga ta'sirini ochib berish uchun xizmat qiladi Ulardan za- rur axborotlami olish tashqi foydalanuvchilarda va tahlilchilarda subyektning mulkiy va moliyaviy faoliyati haqida to‘liq va aniq ma'lumot shakllanishiga yordamlashadi. Bunday axborotlarga quyidagilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiradi:
sotib olingan qimmatli qog‘ozlaming umumiy qiymati;
qimmatli qog'ozlardan olingan daromad (dividendlar va foizlar);
qimmatli qog'ozlarni ayrim toifalarga taqsimlash;
kotirovkasi muttasil e'lon qilinmaydigan qimmatli qog‘ozlaming taxmin qilinayotgan bozor qiymati (u holda baho- lash metodlari va usullari subyekt hisob siyosatidan kelib chiqqan holda bayon qilingan boshqaruv xodimlarining baho- lashi bo‘lishi mumkin);
aksiya qiymatining o‘zgarishlari;
qimmatli qog‘ozlami sotish natijasida vujudga kelgan, ko'zda tutilmagan daromadlar va zararlar (agar ular sezilarli da- rajada bo‘lsa);
subyekt investitsiyasida salmoqli o‘rin egallovchi qimmatli qog‘ozlaiga qilingan investitsiyalar.
Bulardan tashqari, qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsi- yalar to‘g‘risidagi ma'lumotlami tavsiflashda foydalanilgan usul- lar mohiyati maxsus ochib berilishi lozim. Bu ma'iumotlar moliyaviy hisobotning qiymat ko‘rsatkich- larini baholash uchun zarur. Qimmatli qog‘ozlar auditi qimmatli qog'ozlarga taalluqli moliyaviy hisobot ma’lumotlarining haqqoniyligini tekshirishdan boshlanadi. Bunday tekshiruv subyektning naqd pullarini tekshirishdagi kabi yo'qlama o‘tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. «Moliyaviy investitsiyalar yo'qlama qilinganda qimmatli qog'ozlarga va boshqa tashkilotlaming ustav kapitallariga qilin- gan haqiqiy xarajatlar, shuningdek, boshqa tashkilotlarga beril- gan qarzlar tekshiriladi va quyidagilar aniqlanadi:
qimmatli qog'ozlami to'g'ri rasmiylashtirilgani;
qimmatli qog‘ozlaming butligi (haqiqatda mayjudligini buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan taqqoslash orqali);
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan daromadlaming bux- galteriya hisobida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi.
qimmatli qog'ozlami yo'qlama qilish, alohida emitentlar bo‘yicha o'tkazilib, dalolatnomada nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymaii, uzish muddatlari va umumiy sum- masi ko'rsatiladi»5.
«Yo'qlama (inventarizatsiya) qilish quyidagi vaziialarni hal etadi:
ularning haqiqatda mayjudligini aniqlash;
haqiqatda mavjud qoldiqlarini buxgalteriya hisohi ma'lumotlari bilan taqqoslash orqali ularning saqlanishi ustidan nazorat o'rnatish;
immatli qog'ozlardan olinadigan daromadlarning to'liqligi va o‘z vaqtidaligini tekshirish;
ulaming saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratil- ganligini tekshirish (subyektda saqlanganida);
qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq daromadlar va yo'qotishlami hisobda aks ettirishning haqqoniyligini aniqlash»6.
Aktivlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilishini
to‘g‘riligini tekshirish
Aktivlarni moliyaviy investitsiyalar qatoriga qo‘shish tartibi va ulaming turlari 12-son «Moliyaviy investitsiyalar hisobi», 8- son «Konsolidatsiyalashtirilgan (umumlashtirilgan) moliyaviy hisobotlar va avlod xojalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi» O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy stan- dartlari (BHMS) orqali tartibga solinadi. Qimmatli qog‘ozlar va berilgan qarzlar investor uchun moliyaviy investitsiyalar obyekti bo'lib hisoblanadi. 0‘zbekiston Respublikasi «qimmadi qog'ozlar bozori va fond birjasi 1o‘g‘ri- sida»gi qonunga muvofiq qimmatli qog'ozlar muikiy huquqlami yoki ularni chiqargan shaxslar va egalari o'rtasidagi qarz muno- sabatlarini tasdiqlaydigan. dividendlar yoki foizlar ko‘rinishida daromad to'lanishini va ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlami o'lkazib berish imkoniyatlarini nazarada tutuvchi pul hujjatlaridir. Mablag'larni qimmatli qog'ozlar qaloriga to'g'ri olib boril- ganligini tekshirish mobaynida subyektning qimmatli qog‘ozlar uchun huquqi borligi va qimmatli qog'ozlar bo‘yicha huquqni berish qoidalariga rioya qilinishini aniqlash zarur. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va «qimmatli qog‘oz!ar bozori va fond biijasi to‘g‘risida» gi qonunga muvofiq qimmatli qog'ozlami turkurrdash yuridik ahamiyatga ega. Ushbu qonunda qimmatli qog'ozlar hozorida investor sifatida qat- nashadigan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari aniq belgilangan. Qimmatli qog‘ozlar qandaydir mulk yoki pul sum- masiga egalik huquqini tasdiqlovchi va mulkiy munosabatlami ifodalovchi hujjat bo‘lib, ular tegishli hujjat taqdim qilinmasdan sotilishi yoki boshqa bir shaxsga berilishi mumkin emas. Qimmatli qog‘ozlarning asosiy xususiyati o‘z egalariga muttasil yoki bir martalik daromad keltirishidir. Qimmatli qog'ozlar ikki guruhga ho'linadi: Mulkka egalik qilish munosabatlarini ifodalovchi — aksiyalar va paylar. Kredit munosabatlarini ifodalovchi - obligatsiyalar, oddiy va o'tkazma veksellar, depozit va jamg‘arma sertifikatlar, ipoteka va boshqalar. Qimmatli qog'ozlarni harid qilish qiymatini shakllantirish katta ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki harid qilish qiymatiga kiritiladigan xarajatlar tarkibiga nisbatan ulaming hisob qiymati va nihoyat moliyaviy natija ham aniqlanadi. Bunday xarajatlar faqat qimmatli qog'ozlarni harid qilish bilan bog'liq muomalalar bo'yicha xarajatlami o‘z ichiga olishi kerak. Bu xarajatlaming asosiy qismi sotuvchiga to'lanadigan qimmatli qog'ozning qiymati hisoblanadi. Bularga mazkur muomalani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan, ya’ni qimmatli qog'ozlarni harid qilish bilan hog'liq ho‘lgan muomalalarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlami kiritish кегак. Mavjud bo‘lgan me'yoriy asos qimmatli qog'ozlami harid qilish qiymatiga ta'sir ko'rsa- tadigan xarajatlar tarkibini Yetarli darajada aniq belgilab beradi. Investor bunday xarajatlami aniqlab, haridining haqiqiy qiymatini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keyingi hosqich qimmatli qog‘ozlaming nominal qiymatini haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslashdan iborat. Qimmatli qog'ozlami buxgalteriya hisobining schyotlariga kirim qilishda savol tug'iladi: qimmatli qog‘ozlami hisobga qanday bahoda qabul qilish kerak? Bu yerda qimmatli qog'ozlami hisobda ifodalashni xalqaro standartlarini o‘z ichiga olgan xalqaro amaliyotni ham. milliy qonunchilikni ham ko‘rib chiqish zarur. Natijada qimmatli qog‘ozlami hisobda ifodalashga imkoniyat yaratadigan yagona uslubiy asosni yaratmoq darkor. Investorlaming bozordagi faoliyati va maqsadlari bo‘yicha farq qiladigan turli ko'rinishdagi qimmatli qog'ozlami hisobda aks ettirish uslubiyotining biriashuvi investitsion portfelni tahlil qilishga yagona yondashish va foydalanuvchilami o‘z vaqtida va obyektiv ma'lumot bilan ta'minlash imkoniyatini yaratadi. «Audit jarayonida subyekt tomonidan sotib olingan boshqa qimmatli qog'ozlar moliyaviy investitsiyalar tarkibiga to'g'ri kiritilganligini aniqlash lozim. Moliyaviy investitsiyalarning juda zarur tavsiflaridan bin uni qo‘yish muddati hisoblanadi. Investitsiyalami qo‘yish muddati - qo‘yilgan pul yoki aktiv uning egasiga qaytish muddati deb e'tirof etiladi. Ba'zi-bir qo‘yilmalar bo‘yicha ushbu muddat aniq belgilangan, ba'zilariga esa - yo‘q. Bunday vaziyatda subyekt ushbu investitsiyalar bo'yicha qaysi muddatgacha egalik qilishini o‘zi belgilaydi. Shuning uchun investitsiyalarni qisqa va yoki uzoq mud- datliligiga ishonch hosil qilish maqsadida, subyektning tegishli lavozimidagi mas’ul shaxslar (iqtisodchi, moliyachi va buxgaher) subyekt tomonidan chiqarilgan moliyaviy investitsiyalar mustah- kamligi ta'minlanishining va ushbu masala yuzasidan shartnoma yoki boshqa majburiyatlarga muvofiq boshqa subyekllar tomonidan qo‘yilgan aktivlariga to‘g‘ri keluvchi foyda taqsimlanishidagi kutilayotgan miqdorini barcha masalalarini ishlab chiqishlari lozim. Auditor investitsiyalarni baholashda qaysi usuldan foydala- nilayotganini va subyektning hisob siyosatini hisobga olgan holda tanlangan variantga mos kelishini tekshirishi lozim. Investitsiyalami amalga oshirishga doir xarajatlar hujjatlar bilan tasdiqlanishi va tahliliy hisobda aks ettirilishi lozim. Ayrim moliyaviy investitsiyalar qiymati yo'lxat va muJk egaligini tasdiqlovchi boshqa huijatlar bilan tasdiqlanishi mumJcin»78. Invcstor qimmatli qog'ozlarga qilingan invcstitsiyalami buxgalteriya hisobini 21-sonli «Xojalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy-xojalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan ifodalaydi va qimmatli qog'ozlami qiymatini awalambor sotib olish qiymatida va sotish davrigacha ulami narxini nominal narxgacha yetkazadi. Shuningdek, schyotlardagi qimmatli qog'ozlar qiymatini o'zgarish mezonlarini aniqlab olish zarur bo'ladi. Ammo. 12-sonli «Moliyaviy investitsiyalarni hisobi» nomli buxgalteriya hisobining milliy standarti va 39-sonli «Moliyaviy instrumentlar» nomli xalqaro moliyaviy hisobot standartida asosiy mezonlardan biri ehtiyotkorlik tamoyili bo'lih, u qimmatli qog'ozlarni mavjud baholardan «eng kami»2 va «xaqiqiy bozor qiymati» bo'yicha hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu standartlardan kelib chiqqan masala qimmatli qo- g'ozlarni kamida ikkita bahoda hisobda aks ettirish zaruriyatidan iborat: aksiyalar uchun — bu harid qilishning xaqiqiy qiymati va joriy bozor hahosi Aksiyalar uchun haqiqiy xarid bahosi nominal hahoga nisbatan muhimroq ko'rsatkich hisoblanadi, chunki aksiya odatda muddatsiz qimmatli qog‘oz bo'ladi va uning nominal qiymati-bu faqat oldindan avanslangan kapital miqdoridir. Ta'kidlash joizki, aksiyalarning bozor qiymati ularning emissiyasidan keyingi emitentning nizom kapitali bilan juda ham bog'liq emas. Obligatsiyalar uchun esa bu - nominal qiymat va joriy bozor bahosi. Obligatsiyalarni muomalada ho'lishi ularning nominal qiymati hilan bog'liq. negaki ularning qoplanish muddati yaqinlashgani sari (boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda, masalan, emitentning barqarorligi va hokazo) uning hozor qiymati nominalga yaqinlashib boradi. Aksiya va ohligatsiyalar uchun ikki baho bo'lishining muhimligi tahlil qilish va boshqarish masalalari bilan bog'liq — ular orasidagi farq ma'lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad miqdorining mohiyatidan ihorat. Shunday qilib, tadqiqot natijasida qimmatli qog‘ozlar qiymatini uch xil bahoda ifodalash asoslangan: xaqiqiy, nominal va bozor qiymatlarida. Xalqaro amaliyot qimmatli qog‘ozlar hisobi uchun ikki xil bahom qokllashni belgilab beradi: eng pastki xaqiqiy tannarx yoki bozor qiymati bo'yicha. Eng past qiymat bo'yicha baholash usuli hisobotda harid qiiishning xaqiqiy qiymati yoki joriy bozor narxlarini qay biri kichik bo'lsa, ana shunisi orqali aks ettirishni ko'zda tutadi. Mazkur baholash usuli ham harid qilingan qarzli qimmatli qog'ozlami nominal qiymatini aniqlashga imkon bermaydi va aksiyalaming investorga tegishli bo'lgan qismida emitent— kompaniyani xususiy kapitali miqdorini aniqlab hera olmaydi. Aksiyalar muomalasini mantiqiy yakuni bu ulami sotilishi yoki qoplanishidir (so‘ndirilishi). Bu yerda qimmatli qog'ozning egasi yana bir bor ulami sotish bilan bog'liq xarajatlami aniqlash muammosiga duch keladi. Bundan tashqari. qimmatli qog'ozlar bozori ulami doimiy muomalasini nazarda tutadi. Demak, investor bir emitentni bir xil qog'ozlarini har xil vaqt oralig'ida harid qilishi mumkin, bu o‘z navbatida bir xil qog'ozni har xil bozor qiymatiga ega ho'lishiga olib keladi, shuningdek, uning haqiqiy qiymatiga ta'sir etuvchi xarajatlar turlicha bo'ladi. Demak, qimmatli qog‘ozlami sotishda balansdan qaysi qiymatni chiqarish kerak degan savol tug'iladi? Moliyaviy investitsiyalar harakati bilan bog'liq muomala larni hiqjatlarda rasmiylashtirilishini tekshirish
Moliyaviy investitsiyalami hisobga olishda qo‘llaniladigan dastlabki hujjatlaming rasmiylashitirilishini tekshirishda shuni hisobga olish zarurki. qimmatli qog'ozning o‘zi - qafiy shakldagi hujjat bo'lib, uning shakli va majburiy rekvizitlari qimmatli qog'ozlarning ma'lum turlari uchun qonunchilik bilan belgilangan talablarga mos kelishi lozim. Qimmatli qog'ozlarda majburiy rekvizitlaming yo'qligi yoki qimmatli qog'ozning belgilangan shaklga mos kelmasligi uning yaroqsizligidan dalolat beradi. Shuning uchun auditor qimmatli qog'ozlar blankalarini shaklan tekshirish bilan birga, mohiyatan ham tekshiruvdan o'tkazadi. Shuningdek, qimmatli qog‘ozlar qiymat ko'rsatkichlari arifmetik tekshiruvdan ham olkazilishi zarur. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda qo'llanilgan dastlabki hujjatlami tekshirish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular qimmatli qog‘ozlarga doir mulkiy huquqning bir subyektdan ikkinchisiga o'tishida maxsus tartibni belgilaydi. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga qahul qilish uchun asos bo‘luvchi huijatlarda muayyan qimmatli qog'ozni sotib olish maqsadi va undan foydalanish muddati ko‘ rsatilishi shart. Aksiyalar, obligatsiyalar va shunga o'xshash qimmatli qog'ozlar 0610 «qimmatli qog'ozlar» schyotining debeti bo'yicha sotib olingan qiymatida hisobga olinadi va qimmatli qog‘ozlar hisobga olingan awalgi schyotlari kreditida ularning hisobiga berilgan qiymatliklar aks ettiriladi Subyekt tomonidan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun mablag‘lar o‘tkazilsa, lekin hisobot davrida subyektga ularga egalik huquqini beruvchi tegishli huijatlar (aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa subyektlarga o'tkazilgan qo'yilmalar summasiga guvohnomalar va boshqalar) olinmasa. bular 0610 - «Qimmatli qog‘ozlar» schyotida alohida ko‘rsatiladi. Agarda, subyektlar tomonidan sotib olingan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa shunga o'xshash qimmatli qog'ozlar to‘liq qiymati nominal qiymatidan yuqori bo'lsa, u holda har safar ularga to'g'ri keladigan daromad hisoblanganda xarid qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqi quyidagicha buxgalteriya yozuvlari orqali hisobdan chiqariladi: Debet 9690 - «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajat- lar», Kredit 0610 - «Qimmatli qog'ozlar». Agarda, subyekt tomonidan harid qilingan obligatsiyalar va boshqa shunga o‘xshash qimmatli qog‘ozlarning harid qiymati ularning nominal qiymatidan past bo‘lsa, u holda har safar ularga daromad hisoblanganda xarid qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqning bir qismi qayta hisoblanadi (to‘ldiriladi) va quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: Debet 0610 - «Qimmatli qog‘ozlar», Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daro- madlar». Moliyaviy investitsiyalarni baholash va qayta baholashning umumiy qoidalari O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g'risida»gi qonunda va 12-sonli «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli BHMS da belgilangan. Oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha qimmatli qog‘ozlar sotib olinganida qilingan moliyaviy investitsiyalar investor uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasida buxgalteriya hisobiga qabul qilinadi. Auditor qimmatli qog'ozlami baholashni tekshiruvi mobay- nida 12-sonli «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli BHMS ning 9-19 bandlaridagi qoidalarga asoslanadi. Qimmatli qo- g'ozlami sotib olish bo'yicha haqiqiy xarajatlar quyidagilami o‘z ichiga oladi: shartnomaga muvofiq sotuvchiga to'lanadigan summalar; qimmatli qog‘ozlami sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlar uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki shaxslarga to‘lanadigan summalar; qimmatli qog'ozlarni sotib olishda ishtirok qilgan vositachi tashkilotlarga to‘lanadigan to'lovlar; qimmatli qog'ozlar sotib olish uchun, ulami buxgal- teriya hisobiga qabul qilgunga qadar ishlatilgan qarz mablag'lar bo‘yicha foizlar to‘lash uchun qilingan sarflar; qimmatli qog'oz- larni sotib olish bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa sarflar. Bundan tashqari, auditor, moliyaviy investitsiyalaming amaldagi xarajatlar miqdorida buxgalteriya hisobida to'g'ri aks ettirilganligiga o‘z e’tiborini qaratishi darkor. Qimmatli qog'ozlar sotib olingan narxida, shu jumladan, bevosita sotib olish bilan bog'liq xarajatlar, ya'ni brokerlik mukofotlari va bank xizmatlari uchun to‘lovlar kabi xarajatlar bilan birgalikda 0610 - «Qimmatli qog'ozlar» schyotiga kirim qilinadi. Agarda sotib olingan obligatsiya va shu kabi boshqa qimmatli qog‘ozlaming sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan katta bo‘lsa, bu holda har safar ularga daromad hisobiashda sotib olish bilan nominal qiymat o'rtasidagi farq hisobdan chiqariladi, narx past bo'lganida esa foyda hisoblab yoziladi. Har ikki holatda ham:
qimmatli qog'ozlar bo‘yicha foyda hisoblab yozishda hisobdan chiqarib tashlanadigan sotib olish va nominal qiymat o'rtasidagi farq summasi umumiy farq summasi hamda qimmatli qog'ozlar bo'yicha o‘matilgan foyda to'lash davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
qimmatli qog'ozlarni so'ndirish (ularni qayta sotib olish) paytiga kelib, ularning 0610 - «Qimmatli qog'ozlar» schyotda hisobga olinadigan bahosi nominal qiymatga mos kelishi shart.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar vaqti-vaqti bilan qayta baholanib turishi lozimligi bois, auditor unga oid mate- riallar bilan tanishishi va buxgalteriya hisobida amalga oshirilgan qayta baholash natijalarining to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirishi lozim. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor qisqa va uzoq muddatli aktivlar sifatida tasniflangan investitsiyalar buxgalteriya balansida qiymatlari bo'yicha to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirishi кегак. Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymati bo'yicha hamda harid qiymati va bozor qiymati kabi ikki qiymatning eng kami bo'yicha hisobga olinishi kerak. Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar, harid va bozor qiymatlaridan eng kami bo'yicha hisobga olinadigan bo‘lsa, uning halansdagi qiymati, umuman barcha investitsiyalar qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari bo'yicha yoxud alohida investitsiyalar asosida aniqlanadi. Auditor bundan tashqari, qisqa muddatli investitsiyalar balans qiymatining kamayishi va ko‘payishi qay tarzda aks ettirilganiga e'tiborini jalb qilishi lozim. Qisqa muddatli investitsiyalarni bozor qiymati ho'yicha hisobga oluvchi xojalik yurituvchi subyekt, hisob siyosatida investitsiyalar balans qiymatining kamayish yoki ko'payishini daromad yoki xarajat sifatida aks ettiradi Uzoq muddatli investitsiyalar harid qiymati bo'yicha, qayta baholangan qiymati bo‘yicha hamda xarid va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli bo'yicha aniqlangan, eng kam bahosi bo'yicha hisobga olinadi. Auditorlik tekshiruvi jarayonida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalami qayta baholash uchun qayta baholashning amal- ga oshirish davriyligini, shu jumladan, uzoq muddatli investit- siyalar toifalarini aniqlash zarur. Balans qiymatining vaqtincha pasayishi istisno etgan holda, investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda, barcha uzoq muddatli investitsiyalaming balans qiymati kamaytiriladi. Bunda kamaytirish har bir moliyaviy investitsiya bo‘yicha aniqlanadi va tayyorlanadi. Auditor, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalami qayta baholash natijasida paydo bo'ladigan qo'shimcha miqdor xususiy kapitalga qayta baholashdan kelgan daromad sifatida qo'shilishi kerakligini e'liboridan chetda qoldirmasligi lozim. Moliyaviy investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda, kamayish miqdori xususiy kapitalda aks ettirilgan o'sha investitsiyalami oldingi baholash qiymati hisobidan amalga oshiriladi. Agar, moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamayishi miqdori, ilgarigi qayta baholashdan olingan daromad miqdoridan kam bo‘lsa, bu tafovut xarajat sifatida hisobga olinishi lozim. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo‘shimcha baholash miqdori, mazkur investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan so'ng, xususiy kapital ko‘payishiga kiritiladi.