Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Takrorlash uchun savnllar



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə22/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Takrorlash uchun savnllar

  1. Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Nomoddiy aktivlami tekshirishda qanday reja tuzish zarur?

  3. Nomoddiy aktivlar auditida qanday ma'lumot man- balaridan foydalaniladi?

  4. Nomoddiy aktivlaming mayjudligi va saqlanishi holati qanday tekshiriladi?

  5. Nomoddiy aktivlar analitik hisobining tashkil etilishi qanday tekshiriladi?

  6. Nomoddiy aktivlar auditida eng ko‘p uchraydigan xatolar qanday?

  7. Nomoddiy aktivlar harakatini tekshirishda auditor nima- larga alohida e'tibor qaratishi lozim?

  8. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini rasmiylashtirish, schyotlarda aks ettirish qanday tekshiriladi?

IV mavzu. MOLIYAVIY INVESTTTSIYALAR AUDITI

    1. Moliyaviy investitsiyalar auditining xususiyatlari, maqsadi,
      vazifalari va ma’lumot manbalari


Subyektlar dividendlar yoki foizlar ko'rinishida qo'shimcha daromad olish maqsadida, o'zlarini erkin mablag'larini moliya- viy qo‘yilmalar sifatida boshqa subyektlarga berishlari mumkin, boshqacha qilib aytganda mohyaviy investitsiya hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida subyekt tomonidan uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalami iqtisodiy samarador- ligiga katta e’tibor qaratish lozim.
Hozirgi rivojlanayotgan bozor sharoitida ushbu masala nazariy jihatdan ishlab chiqilmagan, biroq, amaliyotda uning ba’zi bir jihatlari sekin-asta o‘z ifodasini topmoqda, chunonchi, boshqa subyektlar ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, subyektlardan qimmatli qog'ozlami sotib olish, ularga qarz berish va investor-subyektlar bergan qarzlari bo'yicha foizlar va kiritgan investitsiyalari bo‘yicha dividendlar ko'rinishida daromad olishlari haqiqiy ifodasini topdi.
Investitsiyalar samaradorligi masalasini ko‘rib chiqishni, boshqa subyektlar ustav kapitaliga aniq investitsiyalar kiritish, subyektlardan qimmatli qog'ozlami sotib olish va ularga qarz berishni amalga oshirishga doir subyekt qaroriga ta'sir qiluvchi mezonlami o'rganishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Bizning fikrimizcha, bunday qaror qabul qilinishiga ta'sir etuvchi asosiy holat, birinchidan, ustav kapitaliga kiritiladigan investitsiya subyekt zarar ko‘rmasligiga va inqirozga uchramas- ligiga; ikkinchidan, boshqa subyektlar faoliyatiga yoki qimmatli qog'ozlar va qarz shaklida mablag1 qo‘ya turib, subyekt o‘sha mablag'ni o‘z ehtiyojlariga yo‘naltirganda olinadigan iqtisodiy samaradorlikdan katta ho'lgan summani dividend va foizlar shaklida olishiga ishonch hosil qilishi lozim.
Bu holat, zarar keltiradigan ishlah chiqarishga mablag‘ qo'ymaslik va qo'yilgan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalami yo'qotmaslik yoki ushbu qo'yilmalardan tegishli iqtisodiy samara olish uchun investitsiya kiritilayotgan subyektning moliyaviy— xojalik faoliyati va moliyaviy ahvoli yaxshi o‘rganilishi kerakligini keltirib chiqaradi.
Moliyaviy investitsiyalar bilan hog‘liq muomalalami auditida uchraydigan asosiy atamalarni «qimmatli qog'ozlar va fond biijalari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga asoslanib aniqlab olamiz.
Aksiya — amal qilish vaqti belgilanmagan qimmatli qog'oz bo'lib, yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ma'lum ulushni aksioner jamiyatini nizom jamg'armasiga kiritilishini, uning cgasini mazkur jamiyatga cgalik qilishda qatnashishini va dividend olish, shuningdek, jamiyatni boshqarish huquqiga ega bo‘lishini tasdiqlaydi. Daromad olish ketma-ketligi bo‘yicha aksiyalar oddiy va imtiyozlilarga bo'linadi.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin