Nomoddiy aktiviarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirish
Nomoddiy aktivlar bo'yicha amortizatsiya hisoblash va amortizatsiya ajratmalarining mahsulot (ish, xizmat) lar tannar- xiga to‘g‘ri olib borilishini tekshirish mobaynida auditor nomod- diy aktivlaming ishJab chiqarish faoliyatida foydalanilayotganJigi va daromad keltirayotgardigi to'g'risida isbotga ega bo'lishj lozim. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari baho- lash miqdori bo'lib, taxmin qilinayotgan foydaJi xizmat qilish davriga asoslanib hisob-kitob qilinadi. Shuning uchun auditor o'matilgan foydali xizmat qilisli muddatlari va amortizatsiya ajratmalari normalarining xosligini 7-son BHMS 7-§ ga muvofiq tekshirib ko'rishi lozim. Bunday tekshiruvni amalga osliirish uchun 1-sonli NMA shakldagi kartochka va nomoddiy aktivlar obyektlarini hisobga qabul qilishda asos bo'lgan dastlabki hujiatlardan foydalaniladi. Audit jarayonida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati to‘g‘ri belgilanganligiga e'tibor berish кегак. 7-son BHMS ga muvofiq, nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini belgilashda quyidagi omillami e'tiborga olish lozim: nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati;
ishlab chiqarishni o'zgartirish va yaxshilash natijasida yoki mazkur aktiv tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) larga nisbatan bozor talablarining o‘zgarishi nati- jasida texnika jihatidan eskirish;
v) aktivdan foydalanishdagi yuridik va boshqa cheklovlar. (masalan, foydalanish muddati tugashi bilan bog'liq bo'lgan cheklovlar). Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati korxona to- monidan nomoddiy aktiv buxgalteriya hisobiga qilinish chog'ida belgilanadi. Nomoddiy aktivlaming foydali xizmat muddatini belgilash quyidagilardan kelib chiqqan holda amalga oshiriJadi: patent. guvohnomaning amal qilish muddati va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq nomoddiy aktivlardan foydaianish muddatining boshqa chekianishi;
ushbu obyektdan foydalanish ko'zda tutilayotgan muddat, ya'ni korxona iqtisodiy foyda (daromad) olishi mumkin bo‘lgan muddat.
Nomoddiy aktivlarning alohida guruhlari uchun foydali xizmat muddati ushbu nomoddiy aktivdan foydalanish natijasida olinishi kutilayotgan mahsulotlar miqdori yoki ishlar hajmining boshqa moddiy ko'rsatkichidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Foydali xizraat ko'rsatish muddatlarini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo'yicha besh yil hisohida (lekin bu muddat xojalik yurituvchi subyektning faoliyat ko'rsatish muddatidan oshmasligi lozim). Amortizatsiya hisoblanadigan nomoddiy aktivlar bo'yicha auditor quyidagilami tekshiradi:
qo'llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usullari subyekt hisob siyosatiga mos kelishi;
tanlangan amortizatsiya hisoblash usuli nomoddiy aktivlar obyektlari qiymatini qolgan foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqarish sarflarini hisobga oladigan schyotlarga to'g'ri o'tkazilishini.
7-son BHMS da nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullarini qo'llash nazarda tutilgan. Ular: amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hrsoblash.
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya teng maromda. nomoddiy aktivlarni foy- dali xizmat muddati mobaynida ulaming amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisohlanadi. bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsi- yani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli.
Amortizatsiya hisoblashrung ishJab chiqarish usuli har bir muayyan yilda nomoddiy aktivdan foydalanishdan olinadigan mahsulotlarni hisobga olishga asoslangan. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyati, subyekt moliyaviy holatiga ta'sirini bilish va shu asosda malakali auditorlik xulosasi shakllantirish maqsadga mu- vofiq. Teng maromli hisoblash usuliga ko'ra nomoddiy aktiv- laming amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan chiqari- ladi. Usul amortizatsiya me'yori foydali xizmat muddatining davom etish vaqtiga bog'liqligiga asoslangan. Ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ish. xizmat) lar hajmining natural ko'rsatkichidan hamda amortizatsiyalanadigan qiymatni nomoddiy aktivning butun foydali xizmat muddatida nazarda tutilayotgan mahsulot (ish, xizmat) lar hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Nomoddiy aktivlardan intensiv foydalanilganda, shuningdek, ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta'sirida nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtiril- gan amortizatsiya yo‘li bilan ilbdalanadi: ikki baravar amortizalsiya me'yori bilan qoldiqni kamay- tirish usuli;
yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
Auditor quyidagilarni bilishi kerak: Ikki baravar amortizatsiya me'yori bilan qoldiqni kamay- tirish usuliga ko‘ra amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot yili boshidagi nomoddiy aktivning qoldiq qiymatidan va mazkur nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me'yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ikki baravar amorti- zatsiya me'yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo'yicha amor- tizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati bosh- lang'ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
Yillar summasi usuliga (kumulyativ usul) ga ko'ra har yili amortizatsiya me'yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to'liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari yig'indisiga bo‘lish orqali aniqla- nadi.